beri amalda qo‘llanilmoqda.
DES
[data encryption standard] shifrlash standarti Amerika standart
shifrlash tizimi bo‘lib, simmetrik shifrtizimlarda foydalanish uchun
mo‘ljallangan.
DES
-algoritmi qo‘llashining asosiy sohalari:
1) kompyuterda ma’lumotlarni saqlash (parol va fayllarni shifrlash);
2) xabarlarni autentifikatsiyalash (xabar va nazorat guruhiga ega
bo‘lib, xabarni haqiqiyligiga ishonch hosil qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi);
3) elektron to‘lov tizimlarida (ko‘p sonli mijozlar va banklar
o‘rtasidagi operatsiyalarda);
4) tijorat xabarlarni elektron almashinuvida (xaridor, sotuvchi va bank
xodimi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvida o‘zgartirishlar kiritish va
ushlab qolishlardan himoyalangan).
GOST 28147-89
shifrlash standarti – Rossiya shifrlash standarti bo‘lib,
simmetrik shifrtizimlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Ko‘p sonli turli ochiq kalitli kriptotizimlar ichida keng tarqalgani
1977-yilda ixtiro qilingan va uning mualliflari Ron Rivest, Ada Shamir va
Leonard Eydelman nomiga qo‘yilgan
RSA
kriptotizimidir. Ular, katta tub
sonlarni aniqlash, hisoblash jihatdan oddiy ekanligidan hamda shunday
ikkita katta sonlarning ko‘paytmasi bo‘lgan sonni ko‘paytuvchilarga
ajratish judayam qiyin, amalda mumkin emasligidan foydalanishgan.
RSA
shifrini
ochish
shunday
ko‘paytuvchilarga
ajratishga
tengligi
isbotlangan(Rabin teoremasi).