Qator bo‘yicha 4 tadan bloklarga bo‘lib, simvollar ketma-ketligidagi shifrlangan
matnni olamiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, agar qatorda ketma-ket ikkita bir xil harf
kelsa, chap tarafdan kelayotgan harf birinchi raqamlanadi, keyin esa ikkinchisi
raqamlanadi va shifrlangan matn hosil qilinadi. Natijada quyidagi shifrlangan matn
hosil bo‘ladi:
VAIK RTXU ISNI IEIC NHGN DAVN DUAO ATAR
Shifrni ochishda teskari jarayon
amalga oshiriladi.
Shifrlangan matnning ochilishini yanada murakkablashtirish uchun u
qaytadan shifrlanishi mumkin. Bu usul
ikki tomonlama o‘rin almashtirish
shifri
deyiladi. Bu usulda kalit sifatida ustun va qatordagi harflar tartibidagi sonlardan
foydalaniladi. Avvalam bor kalit simvollariga qarab jadval tuziladi va ochiq matn
joylashtirilib chiqiladi. so‘ngra raqamlar navbatma-navbat tartiblanib, avval ustun,
keyin qatorlar o‘rni almashtiriladi va jadvaldagi ma’lumot qator bo‘yicha o‘qilib,
shifrlangan matnga ega bo‘linadi.