Yagona vaqt tizimiga asoslangan vaqt belgilari mexanizmidan foydalanish.
Legal foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo‘lgan tasodifiy parollar
ro‘yxatidan va ularning ishonchli sinxronlash mexanizmidan foydalanish.
Foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo‘lgan bir xil dastlabki
qiymatli psevdotasodifiy sonlar generatoridan foydalanish.
Birinchi usulni amalga oshirish misoli sifatida SecurID autentifikatsiyalash
texnologiyasini ko‘rsatish mumkin. Bu texnologiya SecurityDynamics kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, qator kompaniyalarning, xususan CiscoSystems
kompaniyasining serverlarida amalga oshirilgan.
Vaqt sinxronizatsiyasidan foydalanib autentifikatsiyalash sxemasi tasodifiy
sonlarni vaqtning ma’lum oralig‘idan so‘ng generatsiyalash algoritmiga asoslangan.