1.
Elektron biznes
–faoliyat samaradorligini ko‘tarish maqsadida kompaniya asosiy
biznes jarayonlarini Internet texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirishdir.
Boshqacha aytganda elektron biznes – kompaniyaning ichki va tashqi aloqalarini
amalga oshirish uchun global axborot tarmoqlaridan foydalanuvchi xizmat faoliyatidir.
2.
Elektron tijorat elektron biznesning muhim tarkibiy qismidir
. Elektron tijorat
biznes-faoliyatining turli shakllarni – chakana va ulgurji savdo, marketing, korxonalar
orasidagi bitim, ilovalarni arendaga berdi, xizmatlarni taqdim etdi shu va hokozolar
qamrab oladi. Bu barcha xizmat amallari elektron shaklda kompyuter tarmoqlari
yordamida amalgam oshiriladi.
Yangi bozor zamonaviy axborot texnologiyalarining qo‘llanishiga asoslangan va
istemolchi bilan operativ aloqa qilinishiga mo‘ljallangan. Yaqin orada elektron savdo
amallari har qanday biznesning asosiy qismi bo‘lib, qoladi.
Web-vitrinalar amalgam oshirilishida nisbatan arzon va yetarlicha oddiy saytlar
hisoblanadi. Texnika nuqtai nazaridan Web-vitrina-katalog, navigasiya tizimi va
buyurtmani rasmiylashtirish majmuidir. Boshqacha aytganda Web-vitrinalar
yordamida buyurtma savdo tashkil etiladi. Bunday saytlarda ma’lum kompaniyaning
Tovar ro‘yxati onlayn katalog ko‘rinishida qo‘yiladi. Ta’kidlash lozimki, Web-
vitrinaning rentabelligi oddiy savdo yuritish rentabelligidan unchalik farq qilmaydi.
Elektron biznesni ko‘pincha uchinchi ming yilning texnologiyasi deb atashadi.
Internetda elektron biznesning rivoji 1995 – yildan, tarmoqni xususiy foydalanuvchilar
tomonidan o‘zlashtira boshlashlaridan boshlangan. Xuddi shu yili birinchilardan
bo‘lgan Amazon-Internet magazini ochilgan.