takomillashtirilmoqda, imkoniyatlari esa kengaymoqda. Xozirda “Internet Help” deb
nomlangan umuman yangi qidiruv tizimi yuzaga kelgan. Bu tizimning yangiligi
shundaki, foydalanuvchi kerakli surovlarni oddiy tilda (yoki shevada) beradi. Bu
surovnomalarni qabul qilgan operator shu surovnomaga taaluqli WEB-manzillarni
yuboradi. Bugungi kunda Internet jadal tarzda nafaqat kompyuter texnikasi, balki
boshqa texnologik jixatdan murakkab bo‘lgan tovarlarni (telvizorlar,telefonlar) ishlab
chiqaradigan korxonalarga ham kirib bormoqda. Bunday korxonalarning maqsadi –
uy-jixoz bozori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish. Shu sababdan kompyuter va
mobil telefon texnologiyalaridan keng foydalaniladi, hamda virtual reallikga kirib
borish vositalarini narxi tushiriladi, bu esa ma’lumotlarga Internet orqali etishishni
iqtisodiy imkoniyatini oshiradi. Natijada alternativ qurilmalarni afzalliklarini yo‘qqa
chiqishiga olib keladi. Misol tariqasida, Microsoft kompaniyasi muxandislari oldiga
qo‘yilgan masalalarni olishimiz mumkin: kompyuterni inson ovozi yordamida
boshqarish, kompyuterlarda tasvir sifatini oshirish v.b. Elektron to‘lov texnologiyasi
Sotib oluvchi sotuvchi bilan pul o‘tkazish yo‘li bilan xisoblashishi jarayonida nakd pul
ishtirok etmaydi, faqatgina sotib oluvchi xisob raqamidan sotuvchining xisob raqamiga
pul ko‘chiriladi. Pul o‘tkazish yordamida xisob kitob qilishni bir necha usuli mavjud
(bankdan pul o‘tkazish, bank kartasi erdamida xisob- kitob qilish, cheklar va shunga
o‘xshash usullar). Istagan maqsadda bankdan po‘l o‘tkazish operatsiyasi tranzaktsiya
deb nom olgan (lotinchadan transaction- kelishuv, shartnoma ma’nosini anglatadi).
Tranzaktsiya – bu bank kartaning egasi tomonidan ruxsat berilganda, bank kartaning
egasiga xizmat ko‘rsatish uchun tizim katnashchisidan katnashchiga uzatiladigan,
tizim qatnashchilari tomonidan yaratiladigan ma’lumotlar ketmaketligidir.