• 2. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash muammolari va tarmoq hujumlarga qarshi samarali himoya yechimlari
  • O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet279/322
    Sana02.07.2024
    Hajmi13,98 Mb.
    #266404
    1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   322
    Bog'liq
    13.Axborot xavfsizligi OA

    2. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash muammolari va tarmoq hujumlarga 
    qarshi samarali himoya yechimlari 
    Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va 
    axborot texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet 
    xizmatlaridan 
    foydalanish 
    rivojlanmoqda 
    va 
    modernizatsiyalashmoqda. 
    Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot 


    texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi. 
    Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini 
    oshirmoqda. 
    Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish 
    imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va 
    uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning 
    mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi. 
    Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni 
    ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni 
    yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkor natijaga ega 
    bo‘linadi. 
    Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish, 
    yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish 
    faoliyatini tarmoq bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari 
    ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy 
    e’tibor qaratishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta 
    ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vositalar va 
    usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga 
    oshiriladi. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan vosita xavf-xatarni 
    tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak. 

    Download 13,98 Mb.
    1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   322




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish