• Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bo‘linadi
  • Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi texnologiyalar mavjud
  • O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet280/322
    Sana02.07.2024
    Hajmi13,98 Mb.
    #266404
    1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   322
    Bog'liq
    13.Axborot xavfsizligi OA

    Tarmoq xavfsizligiga 
    tahdidlarning ko‘p turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bo‘linadi: 

    axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish 
    (Eavesdropping); 

    xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service)

    portlarni tekshirish (Port scanning). 
    Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va o‘zgartirish hujumi bilan telefon aloqa 
    liniyalari, internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks 
    jo‘natmalari orqali amalga oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga 
    sezdirmagan holatda axborotlarni tinglash, o‘zgartirish hamda to‘sib qo‘yish mumkin. 
    Bir qancha tarmoqni tahlillovchi protokollar orqali bu hujumni amalga oshirish 
    mumkin. Hujumni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotlar orqali CODEC (video yoki 
    ovozli analog signalni raqamli signalga aylantirib berish va aksincha) standartidagi 
    raqamli tovushni osonlik bilan yuqori sifatli, ammo katta hajmni egallaydigan ovozli 
    fayllar (WAV)ga aylantirib beradi. Odatda bu hujumning amalga oshirilish jarayoni 
    foydalanuvchiga umuman sezilmaydi. Tizim ortiqcha zo‘riqishlarsiz va shovqinsiz 
    belgilangan amallarni bajaraveradi. Axborotning o‘g‘irlanishi haqida mutlaqo shubha 
    tug‘ilmaydi. Faqatgina oldindan ushbu tahdid haqida ma’lumotga ega bo‘lgan va 
    yuborilayotgan axborotning o‘z qiymatini saqlab qolishini xohlovchilar maxsus 
    tarmoq xafvsizlik choralarini qo‘llash natijasida himoyalangan tarmoq orqali ma’lumot 
    almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
    Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni 
    eshitish va o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi 
    texnologiyalar mavjud: 

    IPSec (Internet protocol security) protokoli



    VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq; 

    IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi. 

    Download 13,98 Mb.
    1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   322




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish