• Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, muhofaza qilishning to‘liq shakllangan konsepsiyasi va
  • Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi.
  • O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/322
    Sana02.07.2024
    Hajmi13,98 Mb.
    #266404
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   322
    Bog'liq
    13.Axborot xavfsizligi OA

    Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni 
    ko‘rsatadiki, muhofaza qilishning to‘liq shakllangan konsepsiyasi va 
    tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi: 
    – sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‘ta 
    takomillashgan texnik vositalari; 
    – axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan 
    tashkilotlarning mavjudligi; 
    – ushbu muammoga oid yetarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi; 
    – yetarlicha amaliy tajriba va boshqalar. 


    Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko‘ra ma’lumotlarga nisbatan jinoiy 
    harakatlar 
    kamayib 
    borayotgani 
    yo‘q, 
    aksincha 
    barqaror 
    o‘sish 
    tendensiyasiga ega bo‘lib bormoqda. 
    Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi.
     
    Umumiy 
    yo‘nalishga 
    ko‘ra 
    axborot 
    xavfsizligiga 
    tahdidlar 
    quyidagilarga bo‘linadi: 
    – O‘zbekistonning ma’naviy ravnaqi sohalarida, ma’naviy hayot va 
    axborot 
    faoliyatida 
    fuqarolarning 
    konstitutsiyaviy 
    huquqlari 
    va 
    erkinliklariga tahdidlar; 
    – mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa 
    vositalari 
    industriyasini 
    rivojlanishiga, 
    ichki 
    bozor 
    talablarini 
    qondirishga, 
    uning 
    mahsulotlarini 
    jahon 
    bozoriga 
    chiqishiga, 
    shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‘ish, saqlash va samarali 
    foydalanishni ta’minlashga nisbatan tahdidlar; 
    – Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot 
    va telekommunikatsiya tizimlarining meyorida ishlashiga, axborot 
    resurslari xavfsizligiga tahdidlar. 


    Axborot 
    hisoblash 
    tizimlarida 
    axborot 
    xavfsizligini 
    ta’minlash 
    nuqtai nazaridan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta tashkil etuvchini ko‘rib 
    chiqish maqsadga muvofiq: 
    1)axborot; 
    2)texnik va dasturiy vositalar; 
    3)xizmat ko‘rsatuvchi personal va foydalanuvchilar. 
    Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil etishdan maqsad 
    foydalanuvchilarning talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan 
    ta’minlash hamda ularning konfedensialligini saqlash hisoblanadi. 
    Bunda axborot bilan ta’minlash vazifasi tashqi va ichki ruxsat 
    etilmagan 
    ta’sirlardan 
    himoyalash 
    asosida 
    hal 
    etilishi 
    zarur. 
    Axborot tarqab ketishiga konfedensial ma’lumotning ushbu axborot 
    ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki shaxslar doirasidan nazoratsiz 
    yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida qaraladi. 

    Download 13,98 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   322




    Download 13,98 Mb.
    Pdf ko'rish