Tahdidning uchta ko‘rinishi mavjud. 1.
Konfedensiallikning buzilishiga tahdid shuni anglatadiki, bunda
axborot unga ruxsati bo‘lmaganlarga ma’lum bo‘ladi. Bu holat
konfedensial
axborot
saqlanuvchi
tizimga
yoki
bir
tizimdan
ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalana olishlikni qo‘lga
kiritish orqali yuzaga keladi.
2. Butunlikni buzishga tahdid hisoblash tizimida yoki bir tizimdan
ikkinchisiga uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan o‘zgartirishni
o‘zida mujassamlaydi. Jinoyatchilar axborotni qasddan o‘zgartirganda, bu
axborot
butunligi
buzilganligini
bildiradi.
Shuningdek,
dastur va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli axborotga noqonuniy
o‘zgarishlar kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisoblanadi.
Axborot butunligi – axborotning buzilmagan holatda mavjudligidir.
3. Xizmatlarning izdan chiqish tahdidi hisoblash tizimi resurslarida
boshqa foydalanuvchilar yoki jinoyatchilar tomonidan ataylab qilingan
harakatlar natijasida foydalana olishlilikni blokirovka bo‘lib qolishi
natijasida yuzaga keladi. Axborotdan foydalana olishlilik – axborot
aylanuvchi, subektlarga ularni qiziqtiruvchi axborotlarga o‘z vaqtida
qarshiliklarsiz kirishini ta’minlab beruvchi hamda ixtiyoriy vaqtda
murojaat
etilganda
subektlarning
so‘rovlariga
javob
beruvchi
avtomatlashtirilgan xizmatlarga tayyor bo‘lgan tizimning xususiyatidir.
Axborot xavfsizligiga tahdidlarning toifalanishi . Axborot xavfsizligiga
tahdidlar
darajasiga
kora
quyidagicha
toifalanishi
mumkin:
a) shaxs uchun:
– axborotlarni qidirish, olish, uzatish, ishlab chiqish va tarqatish
bo‘yicha fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini
buzilishi;
– fuqarolarni shaxsiy hayot daxlsizligi huquqidan mahrum qilish;
– g‘ayriixtiyoriy zararli axborotlardan fuqarolarning o‘z sog‘liqlarini
himoya qilish huquqlari buzilishi;
– intellektul mulk obektlariga tahdid.
b) jamiyat uchun:
–axborotlashtirilgan jamiyatni qurishga to‘siqlar;
– jamiyatning ma’naviy yangilanish, uning ma’naviy boyliklarini
saqlash, fidoyilik va xolislik, mamlakatning ko‘p asrlik ma’naviy
an’analarini rivojlantirish, milliy, madaniy merosni targ‘ib qilish, axloq
meyorlari huquqlaridan mahrum qilish;
–
zamonaviy
telekommunikatsiya
texnologiyalarini
taraqqiy
etishi, mamlakat ilmiy va ishlab chiqarish potensialini rivojlantirish
va saqlab qolishga qarshilik qiluvchi muhitni yaratish.
v) davlat uchun:
– shaxs va jamiyat manfaatlari himoyasiga qarshi harakatlar;
–huquqiy davlat qurishga qarshilik;
– davlat boshqaruv organlari ustidan jamoat nazorati institutlarini
shakllantirishga qarshi harakatlar;
– shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ta’minlovchi davlat boshqaruv
organlari tomonidan qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va tatbiq etish
tizimini shakllantirishga qarshilik;
– davlat axborot tizimlari va davlat axborot resurslari himoyasiga
to‘siqlar;
– mamlakat yagona axborot muhiti himoyasiga qarshi harakatlar.