Mavzu:Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari
Reja:
1.Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari.
2.Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi.
3.
Axborot xavfsizligiga tahdidlarning toifalanishi
Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari.
Umuman olganda
axborotni muhofaza qilishning maqsadini
quyidagicha
ifodalash mumkin:
–
axborotni tarqab ketishi, o‘g‘irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini
oldini olish;
– shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga
tahdidni oldini olish;
– axborotni yo‘q qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish,
blokirovka
qilish
kabi
noqonuniy
harakatlarning
oldini
olish;
– axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta’sir
qilishning
boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk
obekti sifatida huquqiy rejimni ta’minlash;
– axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning
maxfiyligini
va
konfedensialligini
saqlash
orqali
fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquqlarini
himoyalash;
– davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan
axborotlar konfedensialligini ta’minlash;
– axborot jarayonlarida
hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va
ularni ta’minlash vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‘llashda
subektlarning huquqlarini ta’minlash.
Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o‘z
vaqtidaligi,
faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini
kompleks tarzda o‘tkazish axborotni tarqab ketishi mumkin bo‘lgan xavfli
kanallarni yo‘q qilishni ta’minlaydi. Ma’lumki, birgina ochiq qolgan
axborotni tarqab ketish kanali butun himoya
tizimining samaradorligini
keskin kamaytirib yuboradi.