3 .1 0 . KON MASSASINI QAZIB OLISHDA VA YUKLASHDA YORDAMCHI
ISHLARNI
MEXANIZATSIYALASH
Kon massasini qazib olishda va yuklashda eng murakkab yordamchi ishlar
quyidagilar:
•
kon massasining yopishib va muzlab qolishida ekskavatoming cho’mich va
harakat qismini tozalash;
•
foydali qazilma tepaligini to ’kilma va qoplovchi tog’ jinslari qoldiqlaridan
tozalash;
•
yuklashda to’kilgan kon massasini olish;
•
ekskavator zaboylarida tepaliklaming buzulishi
va pog’onalaming
balandligini yo’qotish;
•
ekskavator zaboylarida changni bosish;
•
ekskavator yo’llarini rejalashtirish va kon massasini yuklagandan keyin
pog’ona ostini tekislash;
•
harakatlanadigan ekskavator orqasidan ta ’minot kabelini ko’chirish;
•
kichik tuzatish ishlari va uskunalami moylash.
Bir cho’michli ekskavatorlardan foydalanishda eng ko’p kuch talab
qiladigan ish bu qo’shimcha ishlardir. Uning qiyinligi qazish-yuklash ishlarining
20-30%
murakkabligini
tashkil
qiladi.
Yordamchi
ishlami
bajarishda
ekskavatoming turib qolishlari 10- 12% va undan ko’pni taslikil qiladi (misol
uchun, qishda nam gilsimon tog’ jinslarini qazib olishda).
Cho’michlami tozalash
asosan maxsus qirgichlar, urgichlar, bolg’a va
boshqalar bilan mexanik usulda amalga oshiriladi. Qirgichlar ba’zida buldozerga
o ’matiladi. Gil tog’ jinslarini yopishib qolishini oldini olish maqsadida rotor
ekskavatorlarining cho’michi pastki qismi zanjirli pastki qismga almashtiriladi.
Tog’ jinslarini buzlab qolishini oldini olish maqsadida cho’michlami olovli
yoki eletr qizdirish bilan qizdiriladi. Ochiq olov bilan qizdirish maxsus qizdirish
rejimiga amal qilishni talab qiladi. Cho’michni tez qizdirish va birdan sovutish
uning ishdan chiqishiga olib keladi, ubnda cho’mich
devorlarida yoriqlar paydo
123
bo ladi. Elektr qizdirishda cho mich hajmi 4-8
m
3
b o ’lgan ekskavatorlar uchun
sutkali elektr sarfi 20-50 kVt/soatni tashkil qiladi. Qizdirish elementlarining
talab qiladigan quvvati 8-10 kVt ni tashkil qiladi. Nam gilsimon tog’ jinslarini
qazib olishda qizdirish ekskavator unumdorligini 5-7% ga oshiradi.
Q azilma yuqorisini tozalash buldozer, skreper, teskari mexanik kuraklar va 5
“ cho’mich hajmiga ega draglaynlar bilan amalga oshiriladi.
To’kilgan kon massasini y ig ’ib olish maxsus lemexli otval pluglari bilan,
greyfer cho’m ichi bilan ta ’minlangan ekskavator cho’michiga yoki yuklagichga
osiladigan uskunalar bilan am alga oshiriladi.
Tepaliklami y o ’qotish ekskavator zaboylarida 2.5m uzunlikdagi ekskavator
cho’michiga
osiladigan qirgichlar bilan, va traktorlarga osiladigan uskunalar
bilan am alga oshiriladi.
P og’ona ostini tekislash buldozerlar bilan amalga oshiriladi. Qattiq tog’
jinslarini qazib olishda buldozerlar faqatgina portlash oqibatida notekislik paydo
b o ’lgan joylarda q o ’llaniladi. Skvajinalami va shpurlami burg’ulash uchun bu
holatda engil burg’ulash stanoklari yoki kolonkali perforatorlar qo ’llaniladi.
O ’chirilgan kabelni katta masofaga tashish traktor orqali am alga oshiriladi.
Uncha katta bo’lmagan masofalarga ekskavator kabeli elastik qatlam lar yoki
maxsus izolyastiyalovchi kleylar qo ’llagan holda ekskavator cho’michi bilan
k o ’chiriladi. Rotor va zanjirli ekskavatorlarda ishlash vaqtida kabelni ko ’chirish
ekskavatorga o ’m atilgan baraban orqali bajariladi. Osma barabanlar shuningdek
kuchli bir cho’michli ekskavatorlarda ham qo’llaniladi.
Profilaktika, va b a ’zida
o ’rtacha tuzatish ishlari bevosita pog’onada bajariladi. Bu uchun kranlar,
k o ’chma m exanik ustahonalar, traktorlar va boshqalar qo'llaniladi. Kichik va
o ’rtacha ekskavatorlami tuzatish maydoniga etqazish turli usullarda am alga
oshiriladi. Qurilish ekskavatorlari platformalarda yoki tirkam a-treylerlarda
ko ’chiriladi.
300t gacha b o ’lgan karyer ekskavatorlari maxsus vagonlardan foydalanib
k o ’chirish mumkin. 300t dan yuqori b o ’lgan
kuchli ekskavatorlar maxsus
karyerdagi rem ont maydonlarida tuzatiladi.
124
3 .1 1 . KON MASSASINI QAZIB OLISH VA YUKLASHDA
MARKSHEYDERLIK ISHLARI
Karyerlarda samarali va xavfsiz kon ishlarini olib borish uchun proekt yoki
pasportda k o ’rsatilgan qazib olishning va kon lahimlarining o ’lchamlariga rioya
qilish kerak. Marksheyderlik xizmati bajarilgan qazish-yuklash ishlarini davriy
kuzatishi kerak, bu pog’onaning yuqori va pastki maydoni o ’lchamlarini,
transport va saqlash bermalari kengligini, ishchi va ishchi bo’lmagan qiyaliklar
burchagini kuzatish uchun,
ishchi maydonlar kengligini, transheya kengligini va
boshqalami kuzatish uchun kerak.
Kon lahimlarining o’lchamlari haqidagi aniq ma’lumotlar proektdagi
m a’lumotlar bilan mumkin bo’lgan o ’lchamlardan qochganligini aniqlash uchun
taqqoslanadi. Kon ishlarini tog’ jinslarini bevosita ag’darmaga tashish bilan
amalga oshirishda marksheyder tomonidan zaxodka kengligi, qazib olinadigan
pog’ona balandligi nazorat qilinadi va kerakli bo’lganda ekskavatoming o ’qi
naturaga tushuriladi. Ishlami bajarishdan keyin har bir zaxodkada yig’imlami
hisobga olish amalga oshiriladi (va ulaming qayta ekskavastiya qilishda).
Kon ishlarini buldozer va skreper bilan bajarishda marksheyderlik xizmatiga
bajarilgan kon ishlarining o ’lchamlarini hisoblash bilan tashishning o ’rtacha
masofasi ham hisoblanadi. Tashishning o ’rtacha masofasi oy oxirida kon ishlari
rejasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
U qazib olingan maydonning
markazidan,
o ’lchash davrida hosil bo’ladigan yuklash masofasigacha
hisoblanadi. Cho’zilgan kon massasining hajmi marksheyder tomonidan davriy
o ’lchamlar bilan hisoblanadi, ular asosida operativ hisobga olish ma’lumotlari
aniqlanadi. Marksheyder shuningdek omborxonadagi foydali qazilma qoldig’ini
ham hisoblaydi. Qazib olish rejasini ochish va qazib olish ishlarida hisobot
m a’lumotlarga ko ’ra bajarilishini aniqlash uchun karyerda yilda bir marta
hajmlar hisoblanadi.