|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Pdf ko'rish
|
bet | 109/161 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 4,99 Mb. | | #123284 |
Bog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
maydaroqlari joylanadi, bunda yondosh andazalar chetlari birbiriga
tegib turishi lozim. Materialning qiymati tayyor kiyim tannarxining
80–90 % ni tashkil etadi; shunga kо‘ra kiyim bichishda materialni
tejashning katta ahamiyati bor. Material ustiga andazalarni joylashdagi
tejamkorlik qiyqim chiqishiga qarab belgilanadi. Shu narsa ma’lumki,
kiyimning asosiy detallari birinketin bо‘yiga joylashtirilsa, qiya zixlari
bо‘yicha juftlashtirilsa andazalar oralig‘idan juda oz qiyqim chiqadi.
Berilgan matnlar о‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil
о‘rganiladi.
Nazariy bilimlarni amaliyotda qо‘llash uchun amaliy mashg‘ulot
о‘tkaziladi.
IV. Amaliy mashg‘ulot. (35 daqiqa)
Har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matndan kelib chiqqan
holda amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ishlari boshlanadi.
Darslikning 170–171sahifalaridagi 11amaliy mashg‘ulot baja ri ladi.
Amaliy mashg‘ulot.
Kerakli jihozlar: paxta yoki zig‘ir tolali gazlama, qaychi, chizg‘ich,
uchburchak chizg‘ich, tikuvchilik bо‘ri, tikuvchilik tо‘g‘nog‘ichlari.
Amaliy mashg‘ulotda erishilgan natijalar asosida guruhlarni tо‘p
lagan umumiy ballari aniqlanadi.
Guruhlar tо‘plagan ballari guruh a’zolari о‘rtasida teng taqsimla nadi.
Mashg‘ulot yakunlanadi.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash va yakunlash. (15 daqiqa)
Topshiriq
“yarim harflar”.
Harflarni tо‘ldiring. Hosil bо‘lgan sо‘z nimani anglatadi? Izohlang.
1. Masshtab chizg‘ichi.
2. Tikuvchilik bо‘ri.
3. Tо‘g‘nog‘ich.
4. Qalam.
5. Chok haqi.
6. Buklov.
Uyga vazifa: Detallarni birlashtirish uchun kerakli asbob-uskuna-
larni olib kelish.
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
124
|
| |