|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Pdf ko'rish
|
bet | 153/161 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 4,99 Mb. | | #123284 |
Bog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
Landshaft (nemischa “land” — “yer”, “schaft” — “manzara”) — man
zarali joy.
LEGO (Leggodt — “yaxshi o‘ynang”) — turli xil obyektlarni yig‘ish
va modellash uchun har xil o‘lchamdagi detallar to‘plami.
Loyiha ishi — mustaqil bajariladigan ijodiy ish.
Maneken — tikilayotgan va tayyor kiyimlarning to‘g‘riligini
tekshirish uchun ishlatiladigan moslama.
Matritsa — kompozit materialning bir butunligini ta’minlovchi
komponent (aralashma) tashkil etuvchiga bog‘lovchi material.
Mexatronika (“mexan”, MEXANIKA va “tronik”, ELEKTRONI KA) —
yangi imkoniyatlarga ega bo‘lgan aqlli va harakatlanuvchi mashina va
mexanizmlarni loyihalash va ishlab chiqarish sohasi.
Model — namuna, andaza, qolip, nusxa.
Modellashtirish — yangi model yaratishning ijodiy jarayoni.
Metall qotishma — bitta metall bilan metall xususiyatlariga ega
bo‘lgan ikki yoki undan ortiq mahsulot qorishmasi.
Pazandalik san’ati — o‘simlik va hayvonot masalliqlaridan in
son a’zolari uchun zarur bo‘lgan mehnat va yashash qobiliyatini
orttiradigan, turli xil lazzatli, to‘yimli va pokiza taomlarni tayyorlash
hamda did bilan dasturxonga tuzashning muayyan usullari yig‘indisi.
Polimer pistolet — polimer loyi asosida turli shakllarni hosil
qilishda ishlatiladigan asbob.
Robot (chex tilida robot atamasi — ixtiyorsiz mehnat yoki rob —
qul) — ma’lum dastur asosida boshqariladigan aqlli avtomatik qu ril ma.
Ruda — tarkibida metall yoki metallar guruhining ajratib olinishi
iqtisodiy jihatdan samarali miqdori mavjud bo‘lgan tog‘ jinsi.
Sanitariya — atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan ama liy
tadbirlar majmuyi.
Tikuv mashina — tikuvchilik buyumlarni tayyorlashda ishlatila
digan asosiy texnologik jihoz.
Texnika — insonning aqliy va jismoniy mehnat faoliyatida
qo‘llaydigan, uning ish faoliyatini osonlashtirishga xizmat qiladigan
asbobuskuna, mexanizm va mashinalar turkumi.
Texnologiya — energiya va xomashyoni shaxsiy yoki ijti moiy
ahamiyatga ega bo‘lgan yakuniy mahsulotga aylantirish operat siyalari
hamda usullari ketmaketligi.
|
| |