|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablariningBog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
60
II. Motivatsiya
(5 daqiqa)
Sizningcha rejalash va o‘lchash ishlarini bir
biridan farqi bormi?
III. Yangi
tushunchalar
Rejalash, kesish, to‘g‘rilash, bukish
Qo‘llaniladigan resurslar
Tarqatma
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Internet-
resurs
31–32mavzu. pptx 31–32mavzu. avi http: //www.dr.rtm.uz
Amaliy mashg‘ulot. (70 daqiqa)
Metallga ishlov berish turlari (rejalash, kesish, to‘g‘rilash, bukish)
haqida ma’lumot beriladi.
Yupqa metallarni rejalash, kesish, to‘g‘rilash, bukishni o‘rganish
4 ta bosqichda amalga oshiriladi. Har bir bosqich bo‘yicha ishni
bajarish tartibi va xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtiriladi.
Sinfdagi o‘quvchilar 4 ta guruhga bo‘linadi. Guruhlarga 4 ta
bosqich bo‘yicha ishlarni ketmaketlik asosida bajarish topshiriladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash. (5 daqiqa)
Amaliy mashg‘ulot mavzusiga oid qisqa savoljavob bahsmuno
zara ko‘rinishida tashkil qilinadi va guruhlarning bajargan ishlari tahlil
qilinib baholanadi.
Uyga vazifa berish. (5 daqiqa)
Metallga ishlov berish turlari: rejalash, kesish, to‘g‘rilash, bukish
ishlarini bajarishni o‘rganish uy-ro‘zg‘orda qanday ishlarni bajarishda
foydalanish mumkinligini o‘rganib kelish.
33–34-dars. YUMSHOQ SIMLARGA ISHLOV BERISH
7-amaliy mashg‘ulot.
YUMSHOQ SIMLARDAN HALQA HOSIL QILISH. (2 soat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: yumshoq simlarga ishlov berish va halqa hosil qilish
haqidagi bilimlarni o‘rgatish.
Tarbiyaviy: yumshoq simlardan halqa hosil qilishda ish o‘rnini
to‘g‘ri tashkil qilish madaniyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: halqa hosil qilishda zamonaviy asbob
uskunalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
|
| |