|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablariningBog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
62
Yangi mavzuni mustahkamlash. (5 daqiqa)
Amaliy mashg‘ulot mavzusiga oid qisqa savoljavob bahsmuno
zara ko‘rinishida tashkil qilinadi va o‘quvchilarning bajar gan ishlari
tahlil qilinib baholanadi.
Uyga vazifa berish. (5 daqiqa)
Yumshoq simlarga ishlov berish va halqa hosil qilish ishlarini
o‘zlashtirish uy-ro‘zg‘orda qanday ishlarni bajarishda qo‘l kelishini
o‘rganib kelish.
35–36-dars. METALL VA YUPQA SIMLARDAN
HAR XIL BUYUMLAR YASASH
8-amaliy mashg‘ulot.
METALL VA YUPQA SIMLARDAN XOMUT
VA PRUJINA YASASH. (2 soat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: metall va yupqa simlardan xomut va prujina yasash
haqidagi bilimlarni o‘rgatish.
Tarbiyaviy: metall va yupqa simlardan xomut va prujina ya sashda
ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qilish madaniyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: metall va yupqa simlardan foydalanib xomut
va prujina yasashning eng samarali usullaridan foydalanish ko‘nik
malarini rivojlantirish.
Kasbga yo‘naltiruvchi maqsad: metallga ishlov berish (chilan gar
lik, tokarlik kabi) sohasiga oid kasblarga yo‘llash.
Darsning texnologik xaritasi
I. Tashkiliy qism
(5 daqiqa)
Salomlashish, davomatni aniqlash,
navbatchini tayinlash, o‘quvchilarning darsga
tayyorgarlik darajasini nazorat qilish, uy
vazifasini tekshirish
Darsning shakli
amaliy
O‘qitishning usul
va texnologiyalari
“MyART”, “Kim chaqqon?” usullari
O‘qitish shakllari
individual, frontal, jamoa bilan ishlash
AKT va interfaol
vositalar
o kompyuter
o elektron doska
o smart doska
o proyektor
o televizor
o kolonkalar
|
| |