O’bekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Download 3,86 Mb.
bet2/8
Sana14.05.2024
Hajmi3,86 Mb.
#231805
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mirzajonova Sabohat kursrrrr 2024

I. BOB ASOSIY QISM
I.1 Molekulyar spektroskopiya usullarining sinflanishi
Tekshiriladigan modda eritmasidan oʻtgan elektromagnit nurlar intensivligining oʻzgarishini oʻlchashga asoslangan usullarga molekulyar absorbsion usullar kiradi. Molekulalar elektromagnit nurlami yutib, past energetik holatdan yuqori energetik holatga oʻtadi. Molekula yutgan ortiqcha energiya uning tebranish, aylanish yoki ilgarilama energiyalarini oshirishga sarflanadi. Ba’zan ikkilamchi nurlar hosil boʻladi yoki fotokimyoviy jarayon sodir bo'ladi. Modda yutadigan nurning turiga va yutilgan ortiqcha energiyani oʻzgartirish usuliga koʻra molekulyar absorbsion usullar quyidagilarga boʻlinadi.
1. Fotometrik analiz tekshiriladigan moddaning yutilish egri chizigʻi maksimumiga toʻgʻri keladigan qat’iy toʻlqin uzunligi sohasidagi yutilish spektrlari yoki nurning yutilishini oʻlchashga asoslangan.
2. Nefelometriya va turbidimetriya usuilari tekshiriladigan modda eritmasidagi muallaq zarrachalar tomonidan sochilgan va yutilgan nurni oʻlchashga asoslangan. Nefelometrik va turbidimetrik analiz usullarini amalga oshirish uchun tekshiriladigan modda muallaq holdagi kam eriydigan birikmaga aylantiriladi. Muallaq zarrachalardan sochilgan nur intensivligini o‘lchashga asoslangan usul nefelometriya, muallaq zarrachalardan o‘tgan nur dastasi intensivligining kamayishini oʻlchashga asoslangan usul turbidimetriya deb yuritiladi. Bu usullarda nur dastasining intensivligi oʻzgarib, uning spektral xususiyatlari oʻzgarishsiz qoladi. Ular faqat kam eriydigan muallaq zarrachalar (choʻkma emas) hosil bo'lgandagina qoʻllaniladi.
3. Lyuminesentsiya (flurometrik) analiz tekshiriladigan modda yutgan ortiqcha energiyani ajratish vaqtida chiqayotgan nurlanish intensivligini oʻlchashga asoslangan. Moddalar, atomlar, molekulalar yoki ionlarning turli xil
qo'zg'atuvchi omillar ta’sirida shu’lalanish xossasi lyuminesentsiya deyiladi. Bunday shu’lalanish 10-10 sek va undan ziyod bo'lishi kerak. Lyuminesentsiyaning ikki turi: diskret (ayrim) zarrachalarning shu’lalanishi va rekom binatsion shu’lalanish mavjud. Diskret zarrachalarning shu’lalanishida nurlanish markazini tashkil etadigan faqat bitta zarracha qatnashadi. Shu zarracha energiya yutuvchi va shu’lalanuvchi vazifasini bajaradi. Rekombinasion shu’lalanishda nuryutuvchi zarrachalar shu’lalanmasdan boshqa zarrachalar shu’lalanadi.


Download 3,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 3,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’bekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Download 3,86 Mb.