|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического Pdf ko'rish
|
bet | 117/167 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #140538 |
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
121
koinot (Quyosh) dan kelayotgan zarralar uchun qafas rolini oʻtashi mumkinligini
XX asr boshlarida Norvegiyalik olimlar Birkelind va Shtermer bashorat qilishgan.
Maʼlumki, magnit maydoniga kirgan zarrachaga Lorens kuchi zarra tezligiga
perpendikulyar yoʻnalishida taʼsir qiladi. Bu kuch taʼsirida zarra magnit kuch
chiziklari atrofida magnit maydoni induksiya vektoriga tik tekislik bilan aylana
boshlaydi. Siklotron aylanish (Larmor) radiusi g zarra massasi va tezligiga toʻgʻri
proporsional boʻlib, uning zaryadi hamda magnit maydoni induksiya vektori (B) ga
teskari proporsional boʻladi. Binobarin, maydon kuchlanganligi qancha katta
boʻlsa, Larmor radiusi shuncha kichik, zarraning energiyasi (yaʼni tezligi) qancha
katta boʻlsa, aylana shuncha katta boʻladi. Agar Yerning magnit "qafasi"ga tushgan
zarraning Larmor radiusi Yer radiusidan ancha kichik boʻlsa, zarra Yer sirtigacha
yetib bormaydi va geomagnit maydonida tutilib qoladi.
Yer magnit maydoni tutib qolingan zarrachalar sohalarini oʻrganishga doir
dastlabki tadqiqotlar natijasida geomagnit ekvator atrofida Yerni oʻrovchi va aniq
chegaralari boʻlgan 2 ta ulkan halqa koʻrinishdagi, asosan elektrondan tashkil
topgan radiatsion belbogʻlar mavjudligi aniqlandi. Ular ichki va tashqi radiatsion
belbogʻlar deb ataladi. Tashqi elektron belbogʻ ekvator qismida Yer markazidan
uning 4-6 Yer radiusiga teng masofaga choʻzilgan sohani oʻz ichiga olib,
energiyasi oʻnlab KeV dan MeV gacha boʻlgan proton va elektronlardan tashkil
topgan.
Ichki elektron belbogʻ radiatsiyaning quyi chegarasi yaqinida joylashib,
energiyasi bir necha KeV dan yuzlab KeV gacha boʻlgan elektronlar zarralarning
asosiy qismini tashkil etadi. Bu sohani 1958-1962 yillarda amerikalik olimlar
atmosferada oʻrganishgan yadro portlashlardan ajralgan elektronlar bilan toʻldirdi.
Tashqi va ichki elektron belbogʻlar orasida elektronlar oqimi Yer markazidan 3-4
Yer radiusi masofasida minimumga tushadi.
Radiatsion belbogʻlar sohasida Yerga kelayotgan protonlarning energiyasi
radiatsion belbogʻlar tashqi chegarasidan quyi chegarasigacha 100 KeV dan oʻnlab
MeV gacha ortadi. Bunda protonlarning umumiy oqimi ham 3,5 Yer radiusi
masofasigacha ortib, soʻngra kamaya boradi. Elektronlar oqimining minimumi
kuzatilgan joyda (Yer markazidan 3,5 radius masofada) protonlar belbogʻi hosil
boʻladi. Protonlardan tashkil topgan radiatsion belbogʻlar Yerning magnit
maydoniga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.
Yerning radiatsion belbogʻlar kosmik parvozlarda kosmonavtlar hayoti
uchun katta xavf tugʻdiradi. Shuning uchun Oyga, sayyoralarga parvozlarda uchish
trayektoriyalari, Radiatsion belbogʻlar bilan kesishmaydigan qilib tanlanadi.
|
| |