|
KVANTO-MEXANIK HISOBLASHLAR YORDAMIDA Pdf ko'rish
|
bet | 120/167 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #140538 |
KVANTO-MEXANIK HISOBLASHLAR YORDAMIDA
MOLEKULALARO O’ZARO TA’SIR KUCHLARINI O’RGANISH
Nurmatov Kamol Djurakulovich
1
, Qurbonov Shohrux Zikiryo og’li
2
1
A.Qodiriy omidagi JDPI, Fizika o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi
2
Fizika o’qitish metodikasi yo’nalishi talabasi, O’zbekiston
e-mail:mrkamol1986@gmail.com
Annotasiya: Ushbu maqolada kvanto-mexanik hisoblashlari yordamida molekulalarning
geometrik strukturalari, atomlar orasidagi masofalari, energiyalari, dipol momenti, zaryad
taqsimoti, tebranishlar chastotalari va boshqa parametrlarini hisoblash imkoniyatlari
yoritilgan.
Kalit so’zlar: kvanto-mexanik, noempirik usul, dipol momenti, zaryad taqsimoti.
***
Aннотация: этой статье описываются возможности расчета геометрической
структуры молекул, расстояний между атомами, энергий, дипольного момента,
распределения заряда, частот колебаний и других параметров с использованием
квантово-механических расчетов.
Ключевые слова: квантово-механический, неэмпирический метод, дипольный
момент, распределение заряда.
***
Annotation: This article describes the possibilities of calculating the geometric structure
of molecules, distances between atoms, energies, dipole moment, charge distribution, vibration
frequencies, and other parameters using quantum mechanical calculations.
Key words: quantum mechanical, non-empirical method, dipole moment, charge
distribution.
Bugungi kunda kompyuter texnologiyalar rivojlanishi bilan fizika va
kimyoda qo‘llaniladigan hisoblash usullari hamda majmualari sifat va miqdor
jihatdan jadal rivojlanmoqda. Kvanto-mexanik hisoblash usullari yordamida
molekulalarning geometrik strukturalari, atomlar orasidagi masofalari,
energiyalari, dipol momenti, zaryad taqsimoti, tebranishlar chastotalari va
boshqa parametrlarini hisoblash imkoniyatlari mavjud.
Noempirik usul – tajriba natijalaridan foydalanmagan holda atom va
molekulalarning energetik sathlari va to’lqin funksiyasini aniqlashga imkon
beruvchi Shredinger tenglamasini biror yaqinlashishda yechish usullari orqali
amalga oshiriladi. Bu usullar yordamida berilgan elektronlar soniga asoslanib,
sistemaning kvant-mexanik holati aniqlanadi.
|
| |