1-bob. FANNING DOLZARBLIGI, MAQSAD HAMDA VAZIFALARI, ASOSIY
TUSHUNCHALARI
1. Fanning dolzarbligi va asosiy yo’nalishlari
Insoniyat yaralibdiki, uning axborot tizimlaridan tegishli ma’lumotlarni qabul
qilishi va shu asosda o’z ijtimoiy “men”ligini shakllantirishga bo’lgan ehtiyoji tobora
ortib kelgan va hozir ham shunday davom etmoqda. Bu esa har bir shaxsdagi
dunyoqarash, e’tiqod, hissiy holat va o’zgalarga bo’lgan munosabatlar tizimiga keng
darajada ta’sir ko’rsatadi. Xuddi ana shu ta’sir ko’lamini o’rganib, tahlil qilib va tegishli
muhim xulosalar chiqargan holda, ma’lum tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish
orqali insonni o’zgartirishga qodir bo’lgan ochiq axborotlardan psixologik
himoyalanish tamoyillarini yaratish mumkin.
Qolaversa, inson bugun turli xil axborotlar tazyiqidan psixologik himoyalanmas
ekan, uning borliqni ob’ektiv anglashga bo’lgan imkoniyatlariga putur etaveradi. U
qanchalik mukammal bilim va tajribaga ega bo’lmasin, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan
axborot tahdidlari uning hissiy kechinmalariga jiddiy darajada salbiy ta’sir etaveradi.
Shu boisdan hozirgi paytda inson ongini egallash va shu yo’l bilan turli xil siyosiy
maqsadlarni amalga oshirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Chunki bu yo’l juda
katta mablag’ talab qilmaydigan, kuchli armiya yoki qurol-yarog’ ishlatmasdan turib
muayyan maqsadli natijaga erishiladigan yo’l ekanligini barcha siyosiy oqimlar yaxshi
bilishadi. Shuning uchun dunyodagi barcha davlatlar bugun ma’lum kuchlar an’anaviy
qurollardan foydalanish bilan bir qatorda inson ongiga manipulyativ ta’sir
ko’rsatishlaridan ham tashvishga tushmoqda.
Bunday tashvish, albatta, bizning mamlakatimizni ham chetlab o’tayotgani yo’q.
Ayni paytda, ayrim yoshlarimiz bilib-bilmay turli xil oqimlar girdobiga tushib qolishlari
natijasida gohida yolg’on, bo’hton axborotlarni ob’ektiv voqelik haqiqatlaridan
ajratolmay qolayaptilar. Tabiiyki, bunday holat o’z vaqtida bartaraf etilmas ekan, katta
ijtimoiy zarar ko’rishimizni va buning og’ir oqibatlarini tugatish ancha mushkul
bo’lishini oldindan anglashimiz kerak bo’ladi.
Bugungi kunda axborot ko’proq ma’lumotlar, xabarlar shaklida namoyon
bo’lmoqda. Ma’lumotlar moddiy dunyo ob’ektlarining ifodasi o’laroq hosil bo’ladi.
Ochiq axborot tizimlarida “xabar” atamasi kishilar, ijtimoiy guruhlar, umuman,
jamiyatni qurshab turgan olamda mo’ljal topa bilishi ko’zlangan ijtimoiy ahamiyatga
ega ma’lumot ma’nosini ifodalaydi. Shuningdek, u muayyan jamiyatning ijtimoiy
tabiati belgilab beradigan ma’naviy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi.
XX asrning ikkinchi yarmi va, ayniqsa, XXI asr boshlanishida tezkor, keng
ko’lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy
rivojlanishning asosiy belgisi sifatida barcha jabhalarga kirib keldi. Shu boisdan ayni
paytda axborot makonining globallashuvi butun dunyo taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatgan
va ko’rsatayotgan omil sifatida e’tirof etiladi. E’tiborli jihati shundaki, mamlakat
ichkarisidagi va tashqi dunyodagi faol axborot almashuviga odamlarning ehtiyoji ham
jadal ortib bormoqda. Axborot sohasining bunday tezlik bilan rivojlanishi va undagi
keng ko’lamli imkoniyatlarning o’sishi, jamoatchilik va davlat hayotidagi turli
yo’nalishlarda keng tarzda ishlatilishi bugun kishilar ongiga, ijtimoiylashuv jarayoniga
bevosita ta’sir etmay qolmayapti.
Shuningdek, axborot resurslaridan davlatlararo muloqotlarda, tegishli geosiyosiy
maqsadlarga erishishda unumli, faol foydalanish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
8
Bunday intilish, ayniqsa, mazkur sohada sezilarli darajada manfaat keltiradigan
zamonaviy axborot texnologiyalariga ega bo’lgan rivojlangan davlatlarga xosdir.
Xozirgi davrda kundalik xalqaro munosabatlarda axborot oqimining keskin
oshishi, turli axborot manbalaridan uzatilgan ma’lumotlar dunyo bo’ylab xalqlarga
jiddiy ta’sir ko’rsatishi aholini axborot xurujidan himoyalash choralarini ko’rish
muhimligini ko’rsatmoqda. Bu ta’sir odamlar ongini, shuurini, dunyoqarashini,
qolaversa, mafkurasini axborot uzatuvchilar foydasiga shakllantirishga xizmat qilayotir.
Albatta, zarur axborotlarga ega bo’lishga intilish – davr talabi. Bugungi kunda har
bir mamlakatning axborot makoni ikki xil axborot bilan to’ldirilmoqda: birinchisi -
kuchli axborot texnologiyalariga ega mamlakatlar tomonidan ishlab chiqilgan va
ularning manfaatlariga xizmat qiladigan axborot bo’lsa, ikkinchisi - har bir davlat o’zi
haqida ishlab chiqqan va milliy manfaatlarini himoya qiladigan ma’lumotlardir. Demak,
ayni zamonda shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat o’zi haqida ishlab chiqqan
axborotlarni tarqatishi ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday ekan,
Internet tarmog’i imkoniyatlari kengayib borayotgan hozirgi davrda bu ne’matdan
mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan o’rnini mustahkamlashda keng
foydalanish zarurdir. Jahonga tanilish uchun nafaqat real dunyoda, balki axborot
dunyosi, jumladan, virtual dunyoda ham harakatlar olib borish darkor. Respublikamiz
Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “bu borada ishni to’g’ri tashkil etish uchun
Internet tizimidan samarali va oqilona foydalanish, uni o’zimizning ma’lumotlar bilan
to’ldirish kerak..., bizning zaif tomonimiz shundaki, Internetda O’zbekiston bilan
bog’liq ma’lumotlar juda kam. Nega deganda, bizda bu jarayonning texnikasi va
texnologiyasi talab darajasida emas. Milliy qadriyatlarimiz, tarix va merosimiz, bugungi
fan, san’at va adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini Internetga kiritish dasturi
ishlab chiqilmagan”
1
.
Bundan tashqari, yurtimiz hayotiga doir ayrim noxolis, tor doiradagi manfaatlardan
kelib chiqib tarqatilayotgan ma’lumotlarga javoban axborotlarni global miqyosda
targ’ib etish tashqi axborot xurujlariga qarshi o’ziga xos qalqon vazifasini bajaradi. Bu
esa turli geosiyosiy manfaatlarni ko’zlab amalga oshirilayotgan axborot xurujlarining
ta’sirini kamaytirish va milliy axborot makoni xavfsizligini ta’minlashning muhim
sharti hisoblanadi.
Buning uchun kishilarda axborot bobida iste’mol madaniyatini yuksak darajada
shakllantirishga erishish zarur. Shu yo’l bilan ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish va
ularni noto’g’ri talqin etishning oldi olinadi. Binobarin, axborot iste’moli madaniyatiga,
ushbu sohada ma’lum bir bilim va tajribaga ega inson jamiyat, xalq va millatga
qaratilgan o’ziga xos tarzdagi g’arazli manfaatlar va ma’lum geoaxborotlar ta’siriga
tushib qolmaydi.
Shuning uchun ayniqsa, ochiq axborot tizimi sharoitida shaxs, jamiyat hamda
davlatning axborot, axboriy-psixologik xavfsizligi bilan bog’liq muammolarni hal
qilishga qaratilgan strategik chora-tadbirlar jiddiy va tizimli tarzda ishlab chiqilishi talab
qilinadi. Ayni vaqtda axborot tizimi imkoniyatlarini milliy manfaatlar nuqtai nazaridan
himoyalash va rivojlantirish, shuningdek, butun dunyodagi global axborot makonida
O’zbekiston davlatining ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy manfaatlarini amalga
oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilishiga erishish muhim ahamiyatga ega.
1
Каримов И.А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. 13-жилд. – Т.: “Ўзбекистон” , 2005. – Б.
301-302.
9
Shu bilan birga mamlakatimizda axborot bilan ishlash sohasi mustaqil ilmiy,
ta’limiy, metodologik yo’nalishlar sifatida ham rivojlanishning boshlang’ich
bosqichida desak, xato qilmagan bo’lamiz. Tabiiyki, axborot-psixologik xavfsizlikni
ta’minlash masalalarini o’rganish, bu borada etuk mutaxassislarni tayyorlash ilm-fan
sohasi uchun deyarli yangi yo’nalish bo’lib, juda katta mas’uliyat va bilimni talab
qiladi.
Umuman olganda, axborot-psixologik xavf va undan himoyalanish, ya’ni
xavfsizlikni ta’minlash tushunchalari qanday paydo bo’ldi? Uning hayotiyligi, insoniyat
taqdiriga daxldorligi nimada? Ana shunday savol tug’ilishining o’zi muammoning
dolzarbligini va o’ta keskinligini ko’rsatadi.
Ushbu jarayon va uni aks ettiruvchi tushunchalar “sovuq urush” oqibati sifatida
paydo bo’ldi desak, xato qilmasak kerak. Chunki “sovuq urush” bir tomondagi
davlatlarning raqib mamlakatlar aholisiga uning ongini chalg’itadigan ma’lumotlarni
katta miqdorda etkazishni talab qildi. Natijada shunday ma’lumotlarni etkazish
texnologiyalari rivoj topa bordi. Ma’lum bir bosqichga kelganda, dunyo davlatlari ikki
qismga – kuchli axborot texnologiyalariga erishgan va bunday imkoniyatlarga ega
bo’lmagan davlatlarga bo’linib ketdi. Birinchi guruhdagi davlatlar ikkinchi guruh
mamlakatlariga jiddiy axborot ta’sirini ko’rsata boshladi.
Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasini quyidagi holatlar asosida talqin
qilish tavsiya etiladi:
|