13
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning kuchli davlatdan
kuchli fuqarolik jamiyatiga
o’tish kontseptsiyasi; psixologik himoya va fuqarolarning o’z-o’zini muhofaza etishi;
milliy istiqlol g’oyasi, mafkura va mafkuraviy tahdidlar, mafkuraviy
immunitet;
psixologik immunitet; kompleks psixologik himoya metodlari, vositalari va usullari,
g’oyaviy bo’shliq, manipulyatsiya, axborot quroli, zamonaviy
avtomatlashgan axborot
texnologiyalari va boshq.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, butun kurs davomida tushuncha va atamalarga
ta’rif keltirilib, ma’nosi kengroq ko’lamda ochib beriladi. Shunday bo’lsa-da, fan
talablaridan kelib chiqib, dastlabki ayrim tushunchalarni quyidagicha izohlash mumkin.
“Axborot:
1. Taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa
va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar.
2. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob’ektlar
haqidagi bilim
(ma’lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar.
3. Ma’lum xos matnida aniq ma’noga ega bo’lgan tushunchalarni ichiga oluvchi
dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob’ektlar haqidagi bilim
(ma’lumotlar).
4. Qiziqish uyg’otishi mumkin bo’lgan va saqlanishi va qayta ishlanishi lozim
bo’lgan jami dalil va ma’lumotlar... Axborot nur, tovush va radio to’lqinlari,
elektr
toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog’ozdagi belgilar shaklida
yaratilishi va tashilishi mumkin”
1
.
Jami axborot oqimlari tabiiy (tabiat tomonidan) va suniy (inson tomonidan)
yaratilgan turlarga bo’linadi.
“
Ommaviy axborot:
1. Cheklanmagan shaxslar doirasi uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot,
bosma, audio, audiovizual va boshqa xabar va materiallar.
2. Ommaviy axborot vositalari orqali ommaviy tarqatiladigan bosma, audio,
audiovizal va boshqa xabar va materiallar.
3. Bir paytning o’zida maxsus vositalar – mass-media yordamida shaxslar guruhiga
axbootni uzatish jarayoni”
1
.