voqelik
Axborot asri bevosita globallashuv bilan bog’liq bo’lganligi sababli, mazkur
atamaga izoh berish to’xtash maqsadga muvofiqdir. “Eng yangi sotsiologik lug’at”ning
mualliflari ushbu so’zga quyidagicha ta’rif bermoqdalar. Globallashuv – jamiyat hayoti
barcha qirralarining rivojlanishi umumjahon miqyosda o’zaro ta’sir etish va
ochiqlikning tamoyilidan kelib chiqadigan holatdir. R. Robertsonning fikricha
(“Globallashuv”, London, 1992), globallashuv jarayonida dunyo butun bir yaxlitlik
sifatida birlashadi. M. Uorters yozganidek (“Globallashuv”, London; Nyu-York, 1995),
globallashuv – bu jug’rofiyaning xalqlar ijtimoiy va madaniy hayotiga ta’siri yo’qolib
borishi namoyon bo’ladigan jarayondir.
“Globallashuv” so’zi amerikalik olim Tomas Levittning “Bozorlar globallashuvi”
(1983) nomli maqolasidan keyin ommalashib ketdi. Xalqaro iqtisodiy tizim –
globallashuvning etakchi yo’nalishidir. Globallashuv jarayoni rivojlanishining asosiy
sabablaridan ayrimlari – sayyora bo’ylab axborot-kommunikatsion texnologiyalar
rivojlanishi, turli mamlakatlarning iqtisodiy hayoti bir xil mezonlar asosida tashkil
etilishi hamda transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan tovarlar asosiy qismining
narhi arzon va sifati yaxshi ekanligi. Shu bilan bir qatorda globallashuv jarayonida turli
xalqlarning milliy o’zligi asta-sekin emirilib ketmoqda
2
.
Axborot asrini baholashdagi yondashuvlar, mezonlar. Mutaxassislar axborot
asrini va axborotlashgan jamiyatni turlicha yondashuvlar, mezonlar asosida baholashga
harakat qiladilar. Ularning ba’zilari axborotlashgan jamiyat axborotning buzilishi va
o’zgarishi natijasida vujudga keldi, deb hisoblaydilar. Boshqalari - ijtimoiy
2
Қаралсин: Новейший социологический словарь. Сост. А.А. Грицанов, В.Л. Абушенко, Г.М. Евелькин и др. – Мн.:
Книжный дом, 2010. – Б. 226-227.
19
rivojlanishning hozirgi davri vorisiylikka asoslangan va u o’tmish qa’ridan kelib
chiqqan, biroq aloqaning yangicha texnologiyalari sharoitida ilgarigi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar faol axborotlashuvga duchor etilgan, deyishadi. Uchinchi toifa
mutaxassislar axborotlashgan taraqqiyotga, elektron iqtisodiyotning vujudga kelishi va
axborotning ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishiga urg’u berishadi. Bir qator
mutaxassislar axborotlashgan jamiyat davlat bilan baravar paydo bo’lgan (Entoni
Giddens va boshq.), degan fikrni ilgari suradilar. Ular nazdida, davlat – murakkab,
jipslashgan ijtimoiy vujud bo’lib, o’z ichki va tashqi mexanizmlarining soz ishlashi
tufayli muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi.
Hozirgi davr ilgarigi davrlardan yangi aloqa vositalari, texnika va texnologiyalari
paydo bo’lganligi va kengayganligi hisobiga axborot hajmi keskin oshib ketganligi
bilan farq qiladi. Iqtisodiyotni xilma-xillashtirish yuz berdi, uning yangi sohalari,
xizmat turlari hosil bo’ldi, ishlab chiqarish jabhasida yangi texnik uskunalar uni qayta
qurollantirishga va ishlab chiqarish kuchlarini qayta taqsimlashga olib keldi. Shu bilan
birga ilmiy yondashuv zamonaviy milliy davlatlar manufaktura ishlab chiqarishi bo’y
ko’rsatayotgan va sanoat rivojlanayotgan davrda vujudga kelayotganligini aniqlab
bermoqda. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, dunyo taraqqiyoti agrar, sanoatlashgan va
sanoatlashuvdan keyingi davrlarga bo’linadi. Keyingi davr axborotlashgan jamiyatning
rivojlanish davri (Deniel Bell), modernizmdan keyingi (Jan Bodriyar), tez
moslashuvchan (Maykl Payor), axboriy taraqqiyot uslubi (Manuel Kastels) davri
sifatida ta’riflanadi.
Axborotlashgan jamiyatga doir nazariyalar. D.Bell fikricha, axborot asriga
asosan yangi aloqa vositalarining rivoj topishi va ulardan iqtisodiyot, madaniyat va
ijtimoiy hayotda faol ravishda foydalanilishi xosdir. “Sanoatlashuvdan keyingi
jamiyatning vujudga kelishi” (ruschasi: “Stanovlenie postindustiralnogo obhestva”),
“Kapitalizmning madaniy ziddiyatlari” (“Kulturno’e protivorechiya kapitalizma”),
“Ikkinchi jahon urushidan keyin ijtimoiy fanlar” (“Obhestvenno’e nauki posle vtoroy
mirovoy voyno’”) uning asosiy asarlaridir.
Axborot ta’sirining o’sib borishi “axborot” tushunchasining o’ziga hamda uning
ta’sirida yuz berayotgan jarayonlarga bag’ishlangan ko’plab tadqiqotlar, nazariyalar va
taxminlar vujudga kelishini taqozo etdi. Mutaxassislar yuz berayotgan ijtimoiy
o’zgarishlarni tahlil etishga, ularning xarakterini aniqlashga va jamiyatlar istiqbolini
taxmin qilishga intildilar. Yangi axborotlashgan jamiyatning vujudga kelish g’oyasini
ishlab chiqqan va himoya qilgan olimlar orasida eng mashhuri Deniel Belldir.
Sanoatlashuvdan keyingi (postindustrial) jamiyat nazariyasini yaratgan bu olim axborot
asriga ayni shu (postindustrial jamiyat - PIJ) nomni nisbat beradi,
“postindustrializm”ga esa u ko’pincha axborotlashgan jamiyat sifatida qaraydi. Bu
istilohni Bell 1950- yillar oxirida muomalaga kiritdi, lekin 1980- yillar boshiga kelib uni
“axborot”, “bilim” so’zlari bilan almashtira boshladi. Hozirgi paytda
“postindustrializm” hamda “axborotlashgan jamiyat” atamalari sinonim sifatida - bir xil
ma’noda ishlatib kelinadi.
Bell va uning tarafdorlari sanoatlashgan jamiyatdan sanoatlashuvdan keyingi
jamiyat sari harakatni asosan bandlik sohasidagi o’zgarishlar, xizmat ko’rsatish
jamiyatiga o’tilishi va axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan izohlasalar, boshqa
tadqiqotchilar unga o’zgacha nisbat beradilar. Masalan, uni zamonaviy (modern)
jamiyatdan zamonaviylikni ortda qoldirgan (postmodern) jamiyatga o’tish, jipslashgan
jamiyatdan boshboshdoq kapitalizm sari harakatlanish, shuningdek kasod bo’lgan
20
jamoaviy tajriba ustidan bozor iqtisodiyotining to’liq g’alabasi tomon burilish sifatida
ta’riflaydilar.
“Boshqarish maktabi” (“Shkola regulirovaniya”) nazariyasini yoqlovchi bir qator
olimlar hozirgi taraqqiyotni fordcha jamiyatdan fordchilikni ortda qoldirgan jamiyatga
yoxud ommaviy ishlab chiqarish jamiyatidan epchil ixtisoslashuv jamiyatiga o’tish
nuqtai nazaridan tushuntiradilar. Bir guruh frantsuz tadqiqotchilari (Mishel Aletta, Alen
Lipits) shu nazariyaning asoschilari bo’ldilar. Ijtimoiy munosabatlarga tarixiy-bosqichli
(xolistik) qarashga ega ushbu maktab vakillari har bir tarixiy davrning umumiy
xarakterini aniqlashga harakat qilishadi. Ularni muayyan bir davrdagi jamg’arish tartibi,
ishlab chiqarishni boshqarib turish, daromadlarni taqsimlash va iste’mol usullari
qiziqtiradi. Boshqaruv ular uchun “me’yorlar, odatlar, huquqni, boshqarib turuvchi
tarmoqlarni”, ya’ni jamg’arish jarayoniga xizmat qiluvchi hamma narsani qamrab
oluvchi “o’yin qoidalari”ni o’ziga xos ravishda egallashdan iborat. Ular e’tiborni
nafaqat texnologiyalar va yangiliklarga, balki davlatning roliga, uning manfaatlari,
ijtimoiy tarkibi, korporativ mayllari, iste’mol modellari, gender munosabatlari, jamiyat
qadriyatlariga qaratadilar.
G’arblik olimlar 1945-1975 yillardagi davrni fordchilik-keynschilik asri sifatida
ta’riflashadi. Iqtisodchi bo’lgan Keyns o’z strategiyasida hukumatning iqtisodiyotdagi
roliga urg’u berdi. Ishlab chiqarish bilan iste’mol muvozanat holatida bo’lganligi bu
davrning o’ziga xos xususiyati edi. Iqtisodiyotda ishtirok etuvchi davlat esa bu
mutanosiblikni qo’llab-quvvatlab, ijtimoiy ta’minotga, barqarorlikka ta’sir ko’rsatardi.
O’sha davrda rejalashtirish ham dolzarblik kasb etib, uning yordamida “umumiy
farovonlik davlati”ni bunyod etish ko’zda tutilgandi. Rejalashtirish ham davlatning
iqtisodiyotga aralashuvini (ya’ni keynscha siyosat yuritilishini) oqlash uchun qulay asos
berardi.
Henri Ford o’z ishlab chiqarishiga 1920 yillarda asos solgan edi, “fordizm”
atamasi esa siyosiy va jamoat arbobi Antonio Gramshi tomonidan muomalaga kiritildi.
Ford tovarlarni iste’molchiga maqbul narxda ommaviy ravishda ishlab chiqarish
imkonini beradigan usul tashkilotchisi bo’ldiki, bu ommaviy iste’molni rag’batlantirar
edi. U birinchilardan bo’lib yuqori darajada ish haqi bera boshlarkan, bu ham ishlab
chiqarishni ko’paytirishga yordamlashdi. Shu boisdan butun iqtisodiyot va umuman
tadbirkorlik ishini olib borish uning nomi bilan ataladigan bo’ldi. Fordchilik rivojining
cho’qqisi Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrga to’g’ri keldi.
Ushbu jarayonning F.Uebster tomonidan amalga oshirilgan tahliliga ko’ra,
fordchilik-keynschilik davrida iqtisodiy faoliyat davlatlar ichida rivojlanib, turli
sohalarda yirik milliy korporatsiyalar (oligopoliyalar) guruhi hukmronlik qilardi.
Mahalliy kompaniyalar ichki bozorni o’z nazoratida saqlab turishardi. Sanoatning har
qanday tarmog’ida – elektronika, kiyim-kechak ishlab chiqarish, chakana savdo yoki
mashinasozlikda uch-to’rtta korporatsiya ustuvor edi. Masalan, 1963 yilda Angliyada
savdoning har qaysi sohasida savdo-sotiqning qariyb 60 % beshta etakchi kompaniya
hissasiga to’g’ri kelardi, peshdor 100 ta kompaniya 1960 yilda mamlakatdagi butun
sanoat mahsulotining uchdan bir qismini ishlab chiqarardi.
Biroq 1970- yillarning o’rtalarida retsessiya va neft narxining keskin ko’tarilishi
boshlanib, shok holatini va iqtisodiyotda o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Boshqarish
maktabi olimlari o’sha paytdan buyon doimiy bo’hron – retsessiya, ishsizlik, bankrotlik,
mehnat sohasida qoida buzilishlar davom qilib kelayotganini qayd etadilar. Shiddatli
o’zgarishlar – ishchi kuchining odatiy ma’nodagi juda katta ortiqchaligi, yangi kasb
21
turlarining paydo bo’lishi, texnologiyalar bosimi, valyuta kursidagi keskin tebranishlar
butunlay yangi zamon bo’y ko’rsatayotganligidan dalolat berardi. Amalda ishlab
chiqarish usulidan tortib shaxsni yangicha tushunishgacha barcha o’zgarishlar fordcha
asr bilan xayrlashuv payti kelganligini anglatardi. Ayrim tadqiqotchilar (Krishnan
Kumar) fordchilikdan keyingi davrni “sanoatlashuvdan keyingi jamiyat nazariyasining
versiyasi”
1
sifatida ko’rishdi. Natijada fordcha tartibni qo’llab-quvvatlashda davom
etishdan foyda yo’qligini e’tirof qilishga to’g’ri keldi; shu tariqa fordchilikdan keyingi
davr boshlandi va izlash hamda axborot bilan ishlashning tezkor usullari ana shu
o’zgarishlar markazida bo’lib qoldi.
1980-yillarda bo’hron holati jamg’arishning yangi tartibini o’rnatish, nazorat
qilishning boshqa mexanizmlarini joriy etish hisobiga engib o’tildi. Masalan, Buyuk
Britaniyada bu Margaret Tetcherning (mamlakatning 1979-1991 yillardagi bosh vaziri)
leyboristlarga nisbatan qat’iy harakatlari, maktab va oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim tizimi
kontseptsiyalari va o’quv rejalarini tubdan qayta ko’rib chiqish, ularni ishlab
chiqarishning zamonaviy talablariga yaqinlashtirish bilan nishonlandi. Globallashuv
fordchilik kuyoshining botishida eng muhim omil bo’lib xizmat qildi. 1970-yillardan
buyon globallashuv jarayoni ancha jadallashgan bo’lsa-da, hali poyoniga etganicha
yo’q.
|