Tarmoq jamiyati nazariyasining paydo bo’lishi




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/73
Sana18.11.2023
Hajmi1,7 Mb.
#100951
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

2. Tarmoq jamiyati nazariyasining paydo bo’lishi 
Manuel Kastels tarmoq jamiyati haqida. Texnologik-axborot muvozanatsizlik va 
yangi bozor mezonlari. M.Kastelsning 1996-1998 yillarda nashr etilgan uch jilddan 
iborat “Axborot asri: iqtisodiyot, jamiyat, madaniyat” (ruschasi: “Informatsionnaya 
epoxa: ekonomika, obhestvo, kultura”) asari umumjahoniy ahamiyatga ega. Olimlarning 
baholashlaricha, bu tadqiqot Deniel Bellning “Sanoatlashuvdan keyingi jamiyatning 
shakllanishi” asaridan keyin hozirgi zamon tsivilizatsiya xarakterining eng muhim 
tavsiflaridan bo’ldi. F.Uebster so’zlariga ko’ra, The Information Age e’lon qilinganidan 
keyin ayrim sharhlovchilar Kastelsni Karl Marks, Maks Veber va Emil Dyurkgeym 
bilan bir qatorga qo’ydilar
1
.
M. Kastels hozirgi davrni kommunikatsiya tarmoqlari rivojlanishining ta’siri 
vositasida qarab chiqadi. Yangi jamiyat unda tarmoqlar keng yoyilishi va axborot 
oqimlari ko’payishi tufayli vujudga keladi, deydi u. Bilimga bilimning ta’sir ko’rsatishi, 
1
Уэбстер Ф. Теории информационного общества. – М.: Аспект Пресс. 2004. – Б. 130. 


23 
ya’ni nazariy umumlashtirishning, tahliliy ramzning o’sishi ishlab chiqarish, korxonalar 
foydasi 
oshishining 
asosiy 
omili 
bo’lib qoladi. Uning e’tirof etishicha, 
“axborotlashuvchi (informatsionalno’y) kapitalizm “bu – kapitalizmning ayniqsa 
shafqatsiz, tajovuzkor shaklidir, chunki tarmoqli aloqa tufayli u o’zida hamma joyda 
(global) hoziru nozir turish bilan aql bovar qilmaydigan darajadagi epchillikni o’zida 
uyg’unlashtirganki, bunaqasi ilgarigi jamiyatlarda kuzatilmagan edi
2
. Yangi sharoitlarda 
raqobat ham rahmsiz bo’lib qoldi. Misol uchun, muayyan bir bozorda ma’lum muddat 
milliy oligopoliya hukmronlik qilib turgan bo’lsa, vaqti kelib u qoloqlar safiga o’tib 
qolishi mumkin. Biroq ayni bir paytda energetika sohasidagi milliy korporatsiyalar, 
masalan, boshqa bozorlarni egallash uchun mamlakat tashqarisiga ham chiqa oladilar. 
Bu yangi o’yinchilar o’zlari uchun global hozirlikni ta’minlay borib, har qachongidan 
yirikroq mavqega ega bo’lishlari yoki zaiflashib qolishlari ham ehtimol.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining takomillashtirilishi va birja 
bozorlarining tartibga solinmay qo’yilishi aktsiyalar, valyuta hamda obligatsiyalar 
savdosida butun kecha-kunduz davomida qatnashish uchun real vaqt rejimida moliyaviy 
axborot doimiy kelib turishiga imkoniyat yaratadi. Bu axborot oqimlarining ko’lami va 
tezligi aqlni lol qoldiradi. Shu narsa qayd qilinmoqdaki, endilikda valyuta 
almashtirishlar aylanmasi milliy iqtisodlar miqyosidan ustun bo’lib, savdo-sotiq 
oqimlarini, ya’ni milliy iqtisodiy faollikni import bilan eksport nisbati orqali 
aniqlashdek an’anaviy uslubni birmuncha pasaytirib qo’yadi. Kastels aloqa 
texnologiyalarining ta’sir ko’rsatishi natijasida iqtisodiyotda yuz berayotgan 
o’zgarishlarni chuqur tahlil qiladi. Yangi shart-sharoitlar ko’p narsalarni o’zgartirib 
yuboradi. Ba’zi olimlar globallashuv milliylik chegaralarini yo’q qilib, barchaning 
baravarlashtirilishiga, davlatning roli pasayishiga olib kelishi ehtimol, bu, ayniqsa, 
muayyan bir mamlakatga bozor, ishlab chiqarish va umuman axborot oqimi to’siqsiz 
kirib kelishida seziladi, deb hisoblaydilar. Kastels esa aksincha, “axborotlashuvchi 
kapitalizmning harakatchan tizimi”da davlatning roli ancha oshishini uqtiradi. 
Dunyodagi axborotlashuv jarayonlarini tahlil qilganda, ayrim mamlakatlar va 
mintaqalarning boshqa, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan himoyasiz ekanligini 
sezmaslik mumkin emas. Globallashish mayli barcha ishtirokchilarni maksimal darajada 
moslashuvchan bo’lishga majbur qiladi, milliy hukumatlar zimmasiga esa paydo 
bo’layotgan imkoniyatlardan foydalanishda katta mas’uliyat tushadi. Korporatsiyalar 
tarmoqda uddaburonlik, samaradorlik ko’rsatishlari, zarur bo’lganida “vertikal 
integratsiyadan chiqib, gorizontal aloqalarga kirisha oladigan”
1
bo’lishlari lozim. 
Hukumatning puxta o’ylanmasdan qo’ygan qadamlari zudlik bilan jahon iqtisodining 
tegishli munosabatiga sabab bo’lishi mumkin. U yoki bu mamlakat, mintaqa tarixidagi 
guvohliklar ham bunga isbot bo’la oladi. “Evropa – Osiyoning kichik bir orolchasi”,
deya ta’kidlagan edi frantsuz shoiri Pol Valeri. Bu ifodada chuqur ma’no yashiringan. 
Evropa tarixan Osiyodan keyin rivojlangan; tsivilizatsiya bobidagi umuminsoniy 
yutuqlar nuqtai nazaridan Evropa va Osiyo yagona birlik sifatida qaralishi mumkin. Shu 
bilan birga Kastels, Xitoy, Yaponiya, sobiq SSSR davlat yo jamiyat taraqqiyotga 
rag’bat berishga yoxud uni to’xtatib qo’yishga qodir ekanligining tarixiy sabog’idir, deb 
uqtiradi. 
2
Castells, Manuel. End of Millennium. Vol. 3 of Information Age: Economy, Society and Culture. Oxford: Blackwell. 
1998. – Б. 338. 
1
Сastells Manuel. The Rise of the Network Society // Vol. I of the Information Age. – Б. 193. 


24 
Xitoy dastlab o’z kashfiyotlari va ishlab chiqarishga joriy etgan yangiliklari bilan 
Evropadan qolishmasdi, hatto undan ildam edi. Masalan, dengiz uzra kemada suzish 
san’atini xitoyliklar evropaliklarga qaraganda oldin takomillashtirganlar. 960-yillar 
atrofida xitoyliklar kompasni kashf qilishdi, XVI asrga kelib xitoy “jonka”lari dunyoda 
okean osha uzoq safarlarga chidash bergan mukammal kemalar bo’ldi. Qog’oz ishlab 
chiqarish Xitoyda G’arbdagidan 1000 yil ilgari o’zlashtirildi, kitob chop etishga esa VII 
asrda kirishildi. XIV asrda Xitoy sanoatlashib ketishiga bir baxya qolgan edi. 
Yakkalanganlik, O’rtaliq podsholigining dunyodan ajralib qolganligi mamlakatni texnik 
jihatdan qoloqlikka olib keldi.
Yaponiya ham yakkalanib qolish davrlarini boshidan kechirganligiga
qaramasdan, deb yozadi Kastels, har holda u yangi paydo bo’ladigan jarayonlar uchun 
ancha ochiq edi, shu boisdan ham bu erda o’zgarishlar Xitoydagiga qaraganda jadalroq 
yuz berdi. Hukumatning yangilashga qaratilgan siyosiy yo’li tufayli Yaponiyada XIX 
asrning so’nggi choragida elektronika va aloqa gurkirab rivojlandi, bu esa uning juda 
qisqa muddatlarda texnologiya jihatidan yuksalib ketishiga sharoit yaratdi. Yaponiya 
axborot texnologiyalari sohasida dunyoda etakchi davlatga aylanish namunasi bo’lsa, 
sobiq SSSR texnologiya taraqqiyotiga o’tishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan 
mamlakat misoli bo’ldi. 
Ommaviy axborot vositalari tadqiqotchisi Rozalind Eynsli 1966 yildayoq chet el 
kapitalining Afrika mamlakatlaridagi zo’ravonligi mahalliy matbuotning xorijiy OAV 
bilan raqobatlashuviga yo’l qo’ymaydi, deb yozgan edi. U rivojlanayotgan 
mamlakatlarda mahalliy matbuot nashrlariga nisbatan ko’proq Parij, London yoki 
Nyu-Yorkda nashr etilayotgan gazetalar ommaviy ravishda tarqaladigan bo’lishini 
taxmin qilgan edi. Ommaviy axborot vositalariga jamoatchilik foydalanadigan 
korxonalar sifatida sarmoya qo’yiladimi yoki bu sohada xorijliklarning muqarrar 
hukmronligi bilan murosa qilinadimi, Afrika shuni hoziroq tanlamog’i lozim, deya 
uqtirgan edi u.
Texnikaviy omillar bilan bir qatorda bu mintaqaning milliy axborot organlariga 
ayrim ijtimoiy hodisalar ham xavf tug’dirdi. YuNESKOning “Kurer” jurnalida (1988 yil 
avgust) shunday deb qayd etilgan edi: “Bugungi kunda Afrikada ming odamdan atigi 
o’n besh kishigina kundalik gazeta olishi mumkin. Ayniqsa, aholining 80 % 
yashaydigan va 800 so’zlashuv tili mavjud bo’lgan agrar hududlarda matbuotdan 
ommaviy axborot vositasi sifatida foydalanish katta muammolarga duch kelmoqda”. 
Global ravishda integratsiyalashgan dunyoda yutgan va yutqazganlarni 
baholarkan, Kastels Lotin Amerikasi, sobiq sovet kengliklaridagi mamlakatlar va yangi 
Janubiy Afrikadagi natijalarda farqni ko’radi. Va shundan kelib chiqib xulosa qiladi: 
turli xil davlat strategiyalari turlicha natijalarga olib kelishi mumkin. Ancha samarador 
hukumatlar Yaponiya va Singapur yo’lidan borishayapti, qoloqlar esa tarmoqli 
jamiyatga nisbatan bir chekkada bo’lib qolmoqdalar va “tilanchilik siyosiy iqtisodi” 
yo’lini tutganlar. 
Kastels muomalaga kiritgan “axborotlashuvchi kapitalizm”, “tarmoq (tarmoqqa 
bog’langan, ulangan) iqtisodiyot”, “tarmoq jamiyati” istilohlari, bir tomondan, 
yangicha o’zaro munosabatlar vujudga kelayotganligiga, “tarmoq jamiyati” 
o’rnatilganligidan tub-zaminli o’zgarishlar yuz berayotganligiga, tarmoqlar bo’lajak 
ijtimoiy tashkilot uchun zamin yaratayotganligiga e’tiborni qaratishga da’vat etilgan. 
Ikkinchi tomondan, ular olimning kapitalizm – davrimizning eng asosiy ta’rif-tavsifi, u 
– o’tmishdan kelib chiqqan va yashab qoldi ma’nosidagi vorisiylikni; – kengaydi, 


25 
moslashdi va elektron tarmog’i orqali dunyoda o’z mavqeini mustahkamlamoqda 
mazmunidagi porloq istiqbolni ifodalaydi,
degan fikrini aks ettiradi. Ayni bir paytda bu 
tarmoqlar zamonaviy kapitalizm zaifligining sababi bo’lib xizmat qilarkan, 
iqtisodiyotga o’z shartlarini, ish uslublarini o’tkazadi. Bu omilni hisobga olmaslik jadal 
nobarqarorlikka, tadbirkorlik jarayonini barbod qilishga, uning vayron bo’lishi va 
tanazzuliga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham axborotni olish, qayta ishlash va 
tahlil etish vositasida ichki va tashqi muhitdagi ahvolni doimiy kuzatib borish 
masalasining moslashuvchanligi va muhimligi alohida ahamiyat kasb etadi. 

Download 1,7 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoq jamiyati nazariyasining paydo bo’lishi

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish