29
uylaridan qochib chiqib, yashirinish bilan omon qolishga harakat qilgan. Shaharlarning
ko’chalarida tartibsizliklar yuzaga kelib, transport harakati izdan chiqqan. Ikki nafar
yigit “Tug’ma qotillar” filmini qayta-qayta tomosha qilishlarining
natijasi ham fojiali
bo’lgan – ular film qahramonlariga taqlidan mutlaqo begunoh odamlarni otishga
tushishgan.
Ilmiy asarlarda ba’zida ommaviy axborot vositalari, ayniqs, radio, kino va
televidenie o’tkir, bosim o’tkazuvchi hokimiyat sifatida baholanadi. OAVning tahlili
ularning insonga ta’siriga doir turli nazariyalar, modellar paydo bo’lishiga olib keldi.
“Shprits” modeli, “o’qlar” nazariyasi, “cheksiz ta’sir o’tkazish nazariyasi” shular
jumlasidandir. Ularda ommaviy axborot qotil o’qqa hamda vena qon tomiriga
kiritiladigan kuchli narkotik moddaga tenglashtiriladi. Yuqorida sanab o’tilgan
nazariyalarning nomlari ham shundan kelib chiqqan. Bir qator
yirik olimlar butun bir
yo’nalishning – ommaviy axborot va ommaviy aloqa vositalarining ta’sir ko’rsatishiga
doir nazariyaning asoschilari bo’ldilar. Ommaviy aloqani o’rganishning ilmiy asoslari,
texnologiyasi ishlab chiqildi. Uilbur Shramm, Garold Lassuel, Pol Lazarsfeld va
boshqalar media-zo’ravonlik mahsulotlari ko’payib borishiga media mahsulotlarini
qabul qilish va iste’mol etish madaniyatini qarshi qo’yish, o’smirlar va yoshlarda
televizor ekranida dahshat va qo’rquvga soluvchi sahnalarga hamda OAVning boshqa
shu tarzdagi materiallariga qarshi immunitet yaratish g’oyasini ilgari surdilar.
Mediata’sir va mediapedagogika ana shu tariqa vujudga keldi va rivoj topdi. Ommaviy
madaniyatga qarshi psixologik jihatdan harakat qilish maqsadida shu yo’nalishda o’nlab
kitoblar va maqolalar tayyorlandi
1
.
Evropa va Amerikaning ommaviy axborot vositalari sohasi olimlari XXI asr
bo’sag’asida televidenie va kino sanoatining shablon va texnikalashtirilgan
kartinalaridan himoyalanish masalalarini keskin qo’ygan bo’lsalar, Sovet ittifoqi barbod
bo’lishi munosabati bilan jahon geosiyosiy xaritasida yuz bergan o’zgarishlar ommaviy
axborot vositalariga nisbatan boshqacha mazmundagi
bahs-munozaralarni yuzaga
chiqardi. MDH mamlakatlarining “erkinlikka chiqqan” OAV dastlab shu vaqtgacha
o’zi yashab kelgan tuzumni rad qilish, fosh etishdan iborat tanqidiy qarashlarga
to’lib-toshdi. So’ngra ular turlicha qiyofa kasb etib, hozirgi davrga nisbatan har xil
qarashlarga ega bo’la bordilar, e’lon qilayotgan maqolalari “sariq” tusga kirib, mazmun
darajasi jihatidan sifati pasayib borishi bilan farqlanadigan bo’lib qoldilar.
Shov-shuvlar, janjallar, tomoshalarga to’lib-toshganlik televizion ko’rsatuvlarga xos
xususiyatlarga aylandi. Rossiya OAVda, masalan, yolg’on ma’lumotlardan yoki omma
ongini chalg’itish maqsadida biryoqlama xabarlardan keng foydalaniladigan bo’ldi.
Yosh tadqiqotchi M.Zinko 1995 yilda Rossiya matbuotini ta’riflab shunday yozgan edi:
“Bugungi kunda xolis OAVni topish qiyin. Odatda, gazetalar va telekompaniyalar
ma’lum nuqtai nazarda turib olib, axborot materialiga ana shunga bog’lik
ravishda
ishlov beradilar”
1
.
Ba’zida Rossiya Federatsiyasi OAVda 1990-yillarda vujudga kelgan vaziyatni
Amerika ommaviy nashlarining XX asr boshidagi ahvoli bilan qiyoslaydilar, o’shanda
1
Брайант Дж, Томпсон С. Основы воздействия СМИ. Ингл. тилидан таржима. Москва, Санкт-Петербург, Киев.
Издательский дом “Вильямс”. 2004; Рашкофф Д. Медиавирус! Как поп-культура тайно воздействует на ваше
сознание. Ингл. тилидан таржима. М., 2003 ва бошқ.
1
Зинко М. Дезинформация как средство манипуляции общественным сознанием. // Журналистика и
современность. Тезисы научной конференции. – М.: МГУ, 1995. – Б. 45.
2 Қаранг: “Новое время”. 1996. № 5. – Б. 18-19.
30
bu nashrlar talabchan bo’lmagan auditoriyaga mo’ljallab ish tutib, foyda ko’rardi. Sariq
nashrlar soni keskin oshib ketganligi hamda radio va televideniega sariq matbuot
uslublari kirib borganligi ham ana shundan. E’tirof etish kerakki, SSSR parchalanib,
Markaziy Osiyo, Kavkaz, Boltiqbo’yida mustaqil milliy davlatlar, Rossiya
Federatsiyasining o’zida ham milliy mustaqillik maqomi aniq belgilab berilgan
respublikalar e’lon qilingandan keyingi davrda bu
mamlakatlar ommaviy axborot
vositalarida o’xshash jarayonlar kuzatilmoqda. OAV huquqiy bazasini ta’minlash,
tegishli qonunlarni qabul qilish, axborot sohasini milliy va madaniy tiklanish doirasiga
kiritish, tarixning oq dog’larini to’ldirish shular jumlasidandir.
Bu davrdagi Rossiya nashrlarida bizning respublikamiz faoliyatining ijobiy, qayta
o’zgartiruvchilik jihatlari haqida materiallar deyarli e’lon qilinmadi. Xorijiy mamlakat
hayotini bir tomonlama, bir yoqlama yoritish nashrning g’arazli, noxolis ekanligidan
dalolat berib, ahamiyatiga putur etkazadi, uni jiddiy o’quvchilar ishonchidan mahrum
etadi. Arkadiy Dubnovning (Albert Musin ham o’sha) “O’zbekiston Markaziy Osiyo
Germaniyasi rolida” kichik sarlavhasi bilan berilgan “Erkinlikni qanday boshqarish
kerak” maqolasi bunga misol bo’la oladi
2
. Ushbu maqola muallifi Toshkentga
jurnalistlarning xalqaro konferentsiyasida ishtirok etish uchun taklif qilingan. Biroq,
maqola mazmunidan ko’rinib turganidek, anjumanda
muhokama qilingan muammolar
muallif e’tiboridan chetda qolgan yoki u tomondan pichingli tanqid uchun
foydalanilgan. “Novoe vremya” jurnalining qo’sh sahifasida Toshkent turmush tarziga
hech ham xos bo’lmagan mazmundagi surat bilan katta maqola e’lon qilgan A.Dubnov
uchun jamiyatimiz hayotidan nomuhim, ikkinchi darajali jihatlarni qidirib topish va
bo’rttirib ko’rsatish asosiy vazifa bo’lgan. Bu xalqaro mavzularga ixtisoslashgan
jurnalistning qaysidir mamlakatda bo’laturib, boshidanoq barcha ko’rgan-eshitganlarini
salbiy baholashga o’zini shaylagan holda, shunga muvofiq mazmundagi material
berishini ko’rsatuvchi misollardan biri, xolos. Bunday bir tomonlama yondashuv
avvalgi kommunistik mafkuraga, ayniqsa, G’arb mamlakatlariga munosabat bildirishda
xos bo’lib kelgan. Bu uslub 1990-yillarda Markaziy Osiyo mintaqasi hayotini yorituvchi
bir qator jurnalistlar ham saqlab qoldilar.
Ijtimoiy fanlarda ommaviy axborot vositalariga yangicha qarash qaror topmoqda.
Aloqalarning,
axborotni umumlashtirish, qayta ishlash, uzatishning gipermatnli,
ko’rish-klipli, dizayn-bezakli, lingvo- terminologik singari yangi uslublari paydo
bo’lganligi shunga olib keldiki, endilikda ommaviy aloqa tizimlari mo’ljalni real
voqealarni aks ettirish (yoritish) tomon emas, balki ma’lum timsollar, bilim, kartinalarni
ishlab chiqish tomon olmoqda. Ommaviy axborot vositalari buni Iroqdagi urushni (1991
yil) yoritishda g’oyat yorqin namoyish etishdi. Ular yaratgan harbiy harakatlar timsoli
voqelikka mos emasdi. Ommaviy kommunikatsiya vositalari yangi obrazlar, g’oyalar,
o’zaro munosabatlar vujudga kelayotgan voqelikni, virtual makonni o’zgartirib
yuboradilar. Ya.N.Zasurskiy so’zi
bilan aytganda, Internet bosma davriy nashrlardan
shunisi bilan farq qiladiki, u asosan butun tahririyat nuqtai nazarini emas, ayrim
jurnalist yoki jurnalistlar guruhi nuqtai nazarini aks ettiradi.