49
7. Zamonaviy bosqichda ommaviy axborot vositalarining tadrijiy rivojlanishi va
konvergentsiyasi.
8. S.
Xantingtonning
“Tsivilizatsiyalar (madaniyatlar, tamaddunlar)
to’qnashuvi” g’oyasi va unga mutaxassislar munosabati.
Seminar uchun savollar
1. XX asr oxiri – XXI asr boshidagi globallashuv jarayonlari tavsifi.
2. Dunyo axborot makoni tavsifi: tushuncha, qamrovi, xususiyatlari.
3. Jamiyat axborot infratuzilmasiga tavsif. Matbuot, radio, televidenie va Internet
ommaviy axborot vositalari sifatida.
4. S.Xantingtonning “Tsivilizatsiyalar to’knashuvi” masalasiga bag’ishlangan
asarlari va ularning matbuotdagi muhokamasi.
4-bob. AXBOROT-PSIXOLOGIK URUSHI – AXBOROT YORDAMIDAGI
TAJOVUZKORLIKNING OLIY SHAKLI
1. Axborot urushining mohiyati va manbalari
“Axborot urushi:
1. Dushman axboroti, axborotga asoslangan jarayonlar va axborot tizimlariga zarar
etkazish harakatlari. Ayni paytda o’z axboroti, axborotga asoslangan jarayonlari
va axborot tizimlarini muhofaza qilish orqali axborot ustunligiga erishish
ko’zlanadi.
2. Tizimlarning moddiy, harbiy, siyosiy yoki mafkuraviy sohada ma’lum yutuqqa
erishishga qaratilgan bir-biriga ochiqdan-ochiq yoki yashirincha qarshi qaratilgan
axborot hujumlari”
1
.
Axborotni qabul qilish qobiliyati odam tabiatiga xos. Insonning nerv tizimi amalda
unga etib boradigan har qanday signalni faol qabul qiladigan
ochiq axborot tizimidan
iborat bo’lib, ustiga muntazam ravishda yopirilib turadigan ta’sir oldida deyarli
himoyasizdir.
Shunday
xulosa
kelib
chiqadiki,
odamlarga
ko’rsatiladigan ijtimoiy,
axborot-psixologik ta’sir turlicha - g’oyat ijobiydan keskin salbiygacha bo’lishi
mumkin.
«
Axborot tahdidi, jamiyat axborot sohasining faoliyatiga xavf tug’dirayotgan jami
omillar va omillar guruhlari”
2
.
Axborot-psixologik urush axborot tajovuzining oliy shakli hisoblanadi. Bu urush
nimadan iborat ekanligini bilish uchun eng avvalo “urush” atamasining o’zini tushunib
olish lozim bo’ladi.
“
Urush, ikkita yoki bir necha mamlakatlar o’rtasida sodir bo’lgan jiddiy nizo
(ko’pincha harbiy to’qnashuv shaklida). Urush – mahsus maqsadlarda tashkil etilgan va
tayyorlangan katta guruhlarning shafqatsiz harakatlaridan iborat jarayondir”
3
.
Ushbu so’zni
tavsiflashda mutaxassislar, odatda, nemis harbiy nazariyotchisi K.
fon Klauzevitsning urush siyosatning boshqa vositalar bilan davom ettirilishi haqidagi
fikrini esga oladilar. Bu fikrning tasdig’i sifatida jahon tarixidan qo’shni mamlakatlar
birorta o’q otilmasdan bosqinchi davlatlarga qo’shib olingan hollarni eslash mumkin.
1
Ахборот-коммуникация технологиялари изоҳли луғати. Қайта ишланган, тўлдирилган иккинчи нашр.
Муаллифлар жамоаси: Амиров Д.М., Атаджанов А.Ю., Атаджанов Д.Ю. ва бошқ. – Т.: БМТТДнинг
Ўзбекистондаги ваколатхонаси, 2010 – Б. 27.
2
Ўша жойда. – Б. 26.
3
Britanica. Большой энциклопедический словарь – М.: ООО «Издательство Астрель», 2009. – Б. 204.
50
Ko’rayapmizki, bu o’rinda urush bo’lmagan, faqat siyosat voqe bo’lgan, xolos. Va u
axborot-psixologik vositalar bilan amalga oshirilgan.
Axborot-psixologik ta’sir kutilgan natijani bermagan hollarda, bosqinchi o’z
maqsadini “olovli” urush usullari vositasida amalga oshirishga kirishgan. Biroq,
qadimgi xitoy mutafakkiri
Sun Tszi aytganidek, raqibni jangsiz taslim etish jangovor
san’atning gultoji hisoblanadi. Albatta, u axborot urushi usullarini ishlatib
qozoniladigan g’alabani nazarda tutgan.
Oddiy urush bilan axborot urushi mutlaqo farqli tashqi belgilarga ega. Ularning
birinchisida o’qlar yog’ilib, zambaraklar portlaydi, imoratlar vayron bo’lib,
odamlar
o’ladi. Bunday urushning shu singari ochiq-oydin oqibatlari uning jahon hamjamiyati
tomonidan qoralanishiga olib keladi. Axborot urushi jarayonida ko’zga tashlanadigan
oqibatlar bo’lmay, o’zgarishlar faqat odamlar ongida yuz beradi. Lekin uning
vayronavorlik natijasi oddiy urushnikidan qolishmaydi. Bunday urush izlarini ko’rish,
ta’rif-tavsif etish va tasniflash hamda baholash mushkul. Uni tashkil etuvchilarga esa bu
juda qo’l keladi.
Buning ustiga, oddiy va buzg’unchi axborot o’rtasidagi, shunchaki ta’sir bilan
axborot bosqinchiligi orasidagi chegaraning o’zini aniqlash nihoyatda qiyin.
Qisqacha
aytish mumkinki, muntazam ravishda ta’sir o’tkazib turish ba’zan bosqinchilikka o’tib
ketadi, yopirilma bosqinchilik ayni axborot tajovuzi bo’lib, uning oliy ko’rinishi
axborot-psixologik urush hisoblanadi. Biroq murakkablik shundaki, har doim ham
bunday o’zgarishlar amalga oshirilavermaydi, shunchaki ta’sir ko’rsatishdan
axborot
bosqinchiligiga, tajovuzkorlikka yoki urushga o’tilgan paytni ko’pincha payqab
bo’lmay qoladi.
Shu narsa haqida to’xtalish zarurki, oxir-oqibatda urushga aylanib ketadigan turli
xil nizolar paydo bo’lishining potentsial imkoniyatlari aslida insoniy munosabatlar
tabiatining o’zida yashiringan. Buning ildizlari manfaatlar mos tushmasligi, raqobat,
konkurentsiya,
ziddiyat, qarshi turish, qarshi kurash, to’qnashuv, ixtilof va boshqa shu
singari tushunchalarga borib bog’lanadi. Ziddiyatlar tabiatining o’zi ziddiyatli – ular
har doim faqat o’zaro mos kelmagan nuqtai nazarlar mohiyatini aniqlash uslubigina
bo’lib qolmasdan, taraqqiyot sharti ham bo’lib kelgan. Qarama-qarshiliklar yagona bir
narsa doirasida vujudga keladi va rivojlanadi. Mashhur qarama-qarshiliklar birligi va
kurash qonunining mohiyati ham shundan iborat.
Biroq har qanday ziddiyat ham qarshi turish yoki kurashga o’sib o’tavermaydi.
Buning uchun u eng kichik farqlardan tortib jiddiy tafovutlar va qarama -qarshilik orqali
to kurashgacha bir necha bosqichlarni bosib o’tishi kerak.
Nizolarning turlicha tasnifi mavjud.
Shaxslararo, guruhlararo, institutsional va
davlatlararo, shuningdek bevosita va bilvosita mojarolar eng keng tarqalgan nizo turlari
hisoblanadi.
Axborot ixtilofi unda qatnashuvchi tomonlarning yangi kuchlarni jalb qilishi bilan
avj olib, mavjud ziddiyatlar chuqurlashadi va kengayadi, nizoga kirishganlarning
faollik
darajasi oshadi, oxir-oqibatda bularning hammasi ochiqdan-ochiq axborot
qarama-qarshiligi, kurash va urush bilan yakun topadi.
Axborot-psixologik urushi ta’rifiga o’taylik. Mutaxassislarning fikricha,
axborot-