Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/73
Sana18.11.2023
Hajmi1,7 Mb.
#100951
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

psixologiya urush – bu: 
– 
dushmanning axboroti, axborot tizimlari va aholisining ongiga ta’sir 
qilib, ularni boshqarishga erishish; 


51 
– 
o’z axborot tizimlari himoya qilingan holda dushman axborot 
tizimiga ta’sir qila olish; 
– 
zamonaviy dunyo siyosatining asosiy vositasi bo’lib, o’zga 
davlatlardan siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda ustunlik 
qilishning yaxshi vositasidir; 
– 
davlatlararo aloqaning bir turi bo’lib, bunda o’rtadagi qarama-
qarshilikni echishda dushmanning axborot sohasiga yangi uslub, 
vosita va texnologiyalar bilan ta’sir etish tushuniladi. 
Odatda, axborot urushi hujumkor tarzda amalga oshiriladi, biroq mudofaa tadbirlari 
ko’rinishida ham olib borilishi mumkin. Hujumkor urush haqida keng yoyilgan nuqtai 
nazarni keltiramiz. U radioelektron hujum ko’rinishida, Internet, televidenie, radio, 
matbuot va kino vositalari yordamida olib borilishi kuzatiladi. Bunda o’zgalar 
hududida o’z axborotini faol tarqatish, boshqa tomonning ma’lumotlarni sir tutish 
qoidalarini, yaxlitligini va ishonchliligini buzish, raqibning dasturiy ta’minot tizimini 
barbod qilish va h.k. usullar vositasida olib borilishi mumkin. 
Urush davomida radioelektron himoya, axborot vositalarini texnik jihatdan 
muhofaza qilish, aholining psixologik himoyasi, yashirin harakat qilish, soxta iz 
qoldirish singari mudofaa tadbirlaridan ham foydalaniladi. 
O.A.Kolobov va V.N.Yasenev shunday yozishadi: “Axborot urushining 
himoyalanish, hiyla-nayranglar ishlatish, degradatsiya va axborotni inkor etishni 
nazarda tutuvchi kamida etti turini farqlash mumkin. Ularni qisqacha ta’riflab, 
quyidagilarga ajratsa bo’ladi: 
1) komanda-boshqaruv urushi (Command and Control – dushmanning “boshi” va
“bo’yni”ga qarshi hujum); 
2) razvedka urushi: harbiy jihatdan muhim axborotni to’plash va o’z axborotini 
himoya qilish; 
3) 
psixologik 
urush, 
bunda 
axborotdan 
ittifoqchilar, 
betaraflikni 
qo’llab-quvvatlovchi tomonlar va g’animlar ongiga ta’sir ko’rsatishda foydalaniladi; 
4) xaker urushi: kompyuterlar va fuqarolik axborot makoniga hujum; 
5) axboriy-iqtisodiy urush: iqtisodiy ustunlikka erishish maqsadida axborotni to’sib 
qo’yish; 
6) elektron urush: dushmanning elektron kommunikatsiyalariga qarshi 
xatti-harakatlar; 
7) kiberurush”
1

Axborot-psixologik urushining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, harbiy, texnik, 
ma’muriy, moliyaviy va h.k. ko’plab yo’nalishlari mavjud. Anchagina mutaxassislar 
ulardan siyosiy va iqtisodiy yo’nalishlarni birinchi darajali deb hisoblaydilar. Biroq, 
o’ylashimizcha, bunday urush davomida turli millatlar va elatlarning madaniy kodlarini 
vayron qilib tashlash yanada jiddiyroq xarakterga ega bo’lsa borki, kam emas. 
Urushning maqsadi ta’sir ko’rsatilayotganlarni tushkunlikka solishdan iborat. Bu 
maqsadga bir qator aniq vazifalarni hal etish orqali erishiladi: 
- dushmanning boshqaruv tuzilmalarini falaj qilib qo’yish; 
- o’zga tomon aholisi ongida boshboshdoqliqni hosil qilish; 
1
Колобов О.А., Ясенев В.Н. Контртерроризм и информационная безопасность в современном мире. Монография. – 
Нижн. Новгород. Нижегород университети нашриёти, 2004. – Б. 145. 


52 
- odamlarda hokimlik tuzilmalariga, ularning mamlakat va jamiyatga rahbarlik 
qilish salohiyatlariga bo’lgan ishonchni barbod qilish; 
- siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa xarakterdagi milliy qadriyatlar obro’yini 
ketkazish. 
Hujum qilayotgan tomonning pirovard vazifasi ta’sir o’tkazilayotgan mamlakat 
aholisida o’zi uchun qulay milliy ongni va ijtimoiy fikrni shakllantirishdan iborat. 
Uzluksiz ta’sir bilan bir qatorda ijtimoiy-siyosiy hayotning aniq masalalari 
yuzasidan “reyd” aktsiyalarini o’tkazishdan ham foydalaniladi. O’zbekistonga nisbatan 
oladigan bo’lsak, bizning mamlakatimizda demokratiya yo’qligi to’g’risida Internetda 
muntazam ravishda paydo bo’lib turadigan asossiz materiallarni doimiy hujum deb 
hisoblash mumkin. 2005 yil may oyida Andijonda bo’lib o’tgan fojiali voqealarning bir 
yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan aktsiyani bir gallik tadbir jumlasiga kiritish mumkin, 
bunda faqat Internetning o’zida O’zbekiston hokimiyatini isbot-dalilsiz tanqid qilishga 
asoslangan uch mingdan ko’proq maqola e’lon qilindi. Vaqt ko’rsatdiki, vatanimizning 
hamma siyosiy texnologlari va jurnalistlari ham o’sha paytda bu hujumlarga munosib 
javob qaytarishga qodir emas ekanlar. 
Axborot-psixologik urush axborot bobida so’zsiz va qat’iy ustunlik qilish 
maqsadida olib boriladi. Buning uchun hamma vositalar – qabul qilsa bo’ladiganlari 
ham, o’ta qo’pollari ham ishga solinadi. “Urushda turish yo’q” - oddiy urush sharoitida 
tug’ilgan bu maqol hujum qiluvchi tomon o’zi uchun oddiy jangovar harakatlardagiga 
qaraganda ancha keng harakat maydoni ochib oladigan axboriy-psixologik urushga 
nisbatan qo’llashga ko’proq mos keladi, deyish mumkin. Insoniyat o’zining uzoq 
o’tmishi davomida hatto jangovar sharoitlarda xotin-qizlar, bolalar, qariyalar hamda 
harbiy asirlarni himoya qiluvchi muayyan qoidalarni ishlab chiqqan, biroq axborot 
urushi 
tashkilotchilari 
hech 
kimni 
farqlamay, 
yoppasiga 
barchaga 
ta’sir 
o’tkazaveradilar. Natijada ancha ko’ngilchan va qaror topmagan psixikaga ega o’smirlar 
tasavvur qila olishimizdan ham ko’proq uning domiga tushib qoladilar.
Bugungi kunda axborot bobidagi hukmronlik moddiy-texnologik ustunlikka 
asoslanadi. Masalan, ma’lumki, dunyodagi harbiy xarajatlarning 50 foizi AQSh 
zimmasiga to’g’ri keladi. Bunday moliyalashtirish, tabiiyki, mamlakatga axborot 
sohasida ham boshqalardan shak-shubhasiz ustun bo’lish imkoniyatini beradi. 1648 
yilgi Vestfal bitimidan keyin milliy suverenlik xalqaro munosabatlarning negiz printsipi 
bo’lib kelgan esa-da, axborot asrining kirib kelishi bu xalqaro an’anani ham beta’sir 
qilib qo’ydi. Bugungi kunda huquqlari va hatto quroli ko’p kishi emas, balki er yuzi 
aholisining ko’proq qismiga so’zini tezroq va ishonchliroq etkaza oladigan kishi haqdir. 
Aslida esa ustun tomonning o’z turmush tarzi, o’z qadriyatlari va qarashlari targ’ib 
qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov to’g’ri ta’kidlaydiki,
“Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar o’zining milliy va 
strategik rejalariga erishish uchun “Erkinlik va demokratiyani olg’a siljitish“ niqobi 
ostida amalga oshirayotgan, uzoqni ko’zlagan siyosatning asl mohiyati va maqsadlarini 
o’z vaqtida sezish, anglash katta ahamiyat kasb etadi.
Shu borada ayrim qudratli davlatlar tomonidan muayyan mamlakatlarga, 
avvalambor, er osti, er usti boyliklariga ega bo’lgan hududlarga nisbatan olib 
borilayotgan ana shunday g’arazli siyosatni dunyoning ayrim mintaqalarida tinch 


53 
hayotning izdan chiqishi, hokimiyat tepasiga aynan o’sha davlatlarning manfaatlariga 
xizmat qiladigan kuchlarning kelishi bilan bog’liq misollarda ko’rish qiyin emas”
1
.
G’arb mamlakatlari ko’p yillardan buyon o’z namunalariga monand universal 
jahon madaniyatini shakllantirish borasida urinib keladilar. “sovuq urush” ham axborot 
urushidan boshqa narsa emasdi. Tsivilizatsiyalarning o’zaro munosabatlari tarixi va 
nazariyasi to’g’risida gap ketar ekan, rossiyalik tadqiqotchi E.M.Brandmanning shunga 
doir fikriga e’tibor qaratish lozim bo’ladi. U shunday yozadi: “Agar G’arb nuqtai 
nazarini yoqlaydigan bo’lsak, tarixga va tsivilizatsiyaga nihoyatda oddiy qarashga ega 
bo’lamiz. Formatsiyalar nazariyasi yuksalish uchun yagona g’arbcha tadrijiy rivojlanish 
bosqichlarini tan olib, tarixiy taraqqiyot jarayoni nazariyasini soddalashtirib qo’ydi. 
G’arb madaniyat plyuralizmini makonda emas, zamonda joylashtirdi. Barcha nog’arbiy 
madaniyatlar g’orlar (ya’ni yovvoyi odamlar – R.N.) madaniyatidir va ular 
insoniyatning yuksalish sari rivojlanishiga qarab yo’l bosib o’tishlari lozim deb e’lon 
qilinishi ham shundan kelib chiqqan. Umum bashariyat “avangardi” xato qilib 
qo’ysa-chi? Bu holda ikki yuz yillikdan sal ko’proq tarixga ega AQSh rivojlangan 
gegemon-davlat, qolgan dunyo uchun madaniyatlilik namunasi, ming yillik tarixga ega 
Hindiston va Xitoy tamaddunlari esa umumjahon jarayonidan panada qolib ketgan 
bo’lib chiqadi. Bunday soddalashtirish Sharq tamaddunlarining ma’naviy asoslarini va 
yutuqlarini 
avval 
boshidanoq 
taraqqiyot 
qavsidan 
tashqariga 
chiqarib 
qo’yadi...Liberallar Sharq tamaddunlariga...g’oyat shubhali haqiqatni qo’shib qo’yadilar 
– G’arb o’z dasturlari asosida, Sharq esa – G’arbning madaniylashtiruvchi ta’siri 
negizida rivojlanmoqda”
1
. Bu fikrda bir qator mutaxassisilarning, shu jumladan 
amerikalik mutaxassislarning Sharq bilan G’arbning madaniy munosabatlariga nisbatan 
qarashlari mujassam ifodasini topgan. Shu o’rinda bir aniqlik kiritib o’tish lozim. 
“Avesto” tarixi ikki yarim ming yildan ko’proq vaqtni o’z ichiga oladi. Hindiston va 
Xitoy tamaddunlariga kelsak, ular muhtaram muallif aytganidan ko’ra ancha 
qadimiyroqdir. Ayniqsa, Karl Yungning nafaqat tibbiyot mutaxassislari, psixologlar va 
tarixchilar o’rtasida, balki mutaxassislarning ancha keng doirasida mashhur bo’lib 
ketgan arxetiplar nazariyasini e’tiborga oladigan bo’lsak, bu g’oyat salmoqli fakt 
hisoblanadi. 
BMT Bosh Assambleyasi 1998 yil dekabrda kiberjinoyatchilik, kiberterrorizm va 
kiberurushga aloqador 53G’70-sonli rezolyutsiyani qabul qildi. Bu hujjatga binoan 
BMTga a’zo bo’lgan davlatlarga axborot xavfsizligi muammolari yuzasidan, 
shuningdek uning asosiy tushunchalarini izohlash borasida BMT Bosh kotibini xabardor 
qilib turishi taklif etildi. Rezolyutsiya global axborot manzarasini uyg’unlashtiruvchi va 
axborot terrorizmi va jinoyatchiligiga qarshi kurashni ta’minlovchi halqaro printsiplarni 
yanada rivojlantirishni ko’zda tutgan.
O’zbekiston Respublikasi o’zining kundalik siyosatida xalqaro bitimlarga, 
shuningdek o’zi imzolagan deklaratsiyalar hamda boshqa hujjatlarga og’ishmay amal 
qilib kelmoqda. Mamlakatimiz shuningdek er yuzi miqyosidagi hozirgi geosiyosatning 
muhim markazi bo’lgan Markaziy Osiyo davlatlarini ham qo’shib hisoblaganda, 
axborot xavfsizligini va xavfsizlikning boshqa turlarini ta’minlashda boshqalarga 
namuna vazifasini o’tamoqda. Rossiyadagi “Politika” fondining prezidenti Vyacheslav 
Nikonov Toshkentda o’tkazilgan anjumanlardan birida so’zlagan nutqida Markaziy 
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: “Маънавият”,¨2008. – Б. 116. 
1
Брандман Э.М. Глобализация и информационная безопасность общества. Монография. – М.: ГПИБ, 2007. – Б. 
151. 


54 
Osiyo mintaqasi dunyo siyosatida tobora ko’proq ahamiyat kasb etib borayotganini, 
uning muammolari esa mintaqa davlatlarining ham, global siyosiy maydonda ish olib 
borayotgan mamlakatlarning ham e’tiborini tortayotganini qayd etdi. Ayni paytda u 
shunday ta’kidladi: “Bu erda, Markaziy Osiyoda ko’plar buyuk davlatlar 
raqobatchiligining da’vatlari bilan to’qnash kelmoqdalar. Keyingi yillarda hozirgi 
dunyoning barcha asosiy markazlari o’zlarini bu mintaqadagi faol “o’yinchilar” sifatida 
ko’rsatdilar, afsuski, ularning manfaatlari Markaziy Osiyo davlatlarining manfaatlariga 
har doim ham mos kelavermaydi”
1
.
Shu munosabat bilan frantsuz faylasufi Klod Gelvetsiyning so’zlarini eslash 
o’rinlidir. U XVIII asrdayoq shunday yozgan edi: “Har qanday odam mohiyatan 
hamisha o’z manfaatiga bo’yin egadi...Agar fizik dunyo harakatlar qonuniga bo’ysunsa, 
ma’naviy dunyo manfaat qonuniga bundan kam bo’yinsunmagan...Shaxsiy manfaat 
inson xatti-harakatlarining...birdan-bir va umumiy mezonidir”
2
. Qo’shimcha qilish 
mumkinki, Sharq xalqlari, jumladan o’zbekistonliklar hayotida shaxsiy manfaat u qadar 
umumiy kategoriya emas, bu erda ko’p hollarda jamoat yoki oila manfaatlari ustun 
turadi. 

Download 1,7 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish