Davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/73
Sana18.11.2023
Hajmi1,7 Mb.
#100951
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

3. Davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash 
yo’nalishlari 
Davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash bu sohada 
muayyan tizim tashkil etishni taqozo qiladi. Bunday tizim asosan uch qismdan iborat 
bo’ladi: me’yoriy-huquqiy, tashkiliy va texnologik tizimlar.


69 
Xavfsizlikning me’yoriy-huquqiy jihatlari axborot-psixologik xavfsizlikka, 
tahdidga qarshi tegishli kurash vositalarini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Bu vositalar 
me’yoriy-huquqiy aktlar, davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligiga tahdid uyg’otuvchi 
holatlarga qarshi me’yoriy hujjatlar, shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq 
va erkinliklarini ruyobga chiqarishga xizmat qiladigan qonunlar va qonun osti 
hujjatlarini ishlab chiqishni ko’zda tutadi. Mazkur hujjatlarning barchasi fuqarolarning 
ruhiy salomatligini himoya qilishga, jamiyatda ijtimoiy osoyishtalik hukm surishini 
ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. Mazkur jarayon O’zbekistonda samarali amalga 
oshirilayotgani hammaga ma’lum. 
Axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy qismi tarkibiga mazkur 
sohadagi huquqiy me’yorlarga amal qilishini ta’minlash bilan shug’ullanuvchi davlat 
organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek alohida fuqarolar kiradi. O’zbekistonda 
fuqarolik jamiyati tarkib topa borgani sari boshqa sohalarda bo’lgani singari, 
xavfsizlikni ta’minlash sohasida ham fuqarolik jamiyati tuzilmalarining roli oshib 
bormoqda. Shu o’rinda O’zbekistondagi fuqarolik jamiyatining o’ziga xos 
ko’rinishlaridan bo’lgan mahalla institutining rolini alohida ta’kidlab o’tish joiz. 
Fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish tizimidagi muhim tarkibiy qism sifatida mahalla 
turar joylardagi ma’naviy-ruhiy iqlimni tartibga solish bilan birga, xavfsizlikni 
ta’minlashda ham muhim rol o’ynayotir. Fuqarolarni, birinchi navbatda yoshlarni, turli 
xil g’ayriqonuniy diniy oqimlar ta’siridan asrashda mahalla borgan sari faolroq ishtirok 
etmoqda. Aholining axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda, ayniqsa, turli xil 
mish-mishlar oldini olish va g’ayriqonuniy diniy oqimlarning vakillari tomonidan 
varaqalar tarqatilishini bartaraf etishda mahalla fuqarolar yig’ini muhim vazifalarni 
bajaradi. Mahalla fuqarolar yig’inlari raislarining ma’naviy-ma’rifiy va diniy-tarbiyaviy 
ishlar bo’yicha maslahatchilari lavozimining joriy etilishi bu yo’nalishdagi ishlarning 
yanada jonlanishiga katta turtki berdi.
O’zbekistonda 
axborot-psixologik 
xavfsizlikni 
ta’minlashda 
tashkiliy 
masalalarning o’rni ayniqsa, muhim. Dunyodagi ko’pchilik mamlakatlarda o’rnatilgan 
tartibga ko’ra, xavfsizlik masalalari bilan davlat shug’ullanadi. Bu borada davlatning 
roli jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolarni bu muhim masala echimidan chetlatishda 
emas, balki ularni shu jabhaga jalb etish va uyushtirishda namoyon bo’ladi. 
Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligidagi davlat hokimiyati 
qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati organlari, shuningdek jamoat tashkilotlari 
va alohida fuqarolar davlatni boshqarishdek yagona maqsad yo’lida o’z vakolat va 
huquqlari doirasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. 
Tashkiliy tuzilmaning muhim tarkibiy qismlaridan biri – kadrlar masalasi bo’lib, 
davlat tashkilotlari va xususiy sektordagi tashkilotlarning axborot-psixologik xavfsizligi 
ko’p jihatdan ularga bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan etarli salohiyatga ega bo’lgan 
kadrlar tizimini shakllantirish va qo’llab-quvvatlash davlatning axborot-psixologik 
xavfsizlikni ta’minlash yo’lidagi faoliyatida yuksak samaradorlikka erishishda juda 
muhim omil hisoblanadi. 
Davlat, jamiyat va alohida shaxsning axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashda 
bir qator muammolar mavjud bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. Eng 
avvalo, bu mazkur sohada davlat siyosati asoslarini ishlab chiqish muammosidirki, 
uning murakkabligi xavfsizlikni ta’minlash ob’ekti va sub’ektining o’ziga xosligi bilan 
bog’liq. Shaxs va jamiyat ma’naviyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoitlar 
yaratish sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar, avvalo, jamiyatning o’zi 


70 
tomonidan huquqiy mezonlarni belgilash va qo’llab-quvvatlash, fuqarolar xulq-
atvoridagi ijtimoiy maqbul stereotiplarni qo’llash mexanizmlarini yaratish orqali amalga 
oshiriladi. Ayni paytda davlatning ommaviy huquq yordamida mazkur sohadagi eng 
xavfli xatti-harakatlar oldini olish borasida muttasil faoliyat ko’rsatishi shu sohadagi 
eng muhim yo’nalishlardan birini tashkil etadi. Mazkur sohada davlat va jamoat 
tashkilotlarining o’zaro munosabatlari chegarasini aniq belgilab olish juda zarur bo’lib, 
uning buzilishi, bir tomondan, hokimiyatni obro’sizlantirib qo’yishi, ikkinchi tomondan, 
jamoat tashkilotlarining befarqligi va loqaydligiga sabab bo’lishi mumkin.
Individual va ijtimoiy ongga jiddiy ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan ommaviy 
axborot vositalari tizimini takomillashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Muammoning murakkabligi avvalo shundaki, fuqarolik jamiyatining asosi bo’lgan 
jamoat tashkilotlari ommaviy axborot vositalariga ta’sir o’tkazish uchun samarali 
vositalarga ega emas. Ayni paytda davlat organlarining ommaviy axborot vositalari 
faoliyatiga bevosita va muntazam aralashuvi bu vositalar faoliyatida biryoqlamalikka 
olib kelishi mumkin. Demokratik institutlar taraqqiy topgan mamlakatlarda, shu 
jumladan, O’zbekistonda aholining keng qatlamlari uchun xolis va ob’ektiv axborot 
olish imkoniyatlari yaratildi.
1. 
Vaziyatni tahlil qilish shundan guvohlik beradiki, bir qator mamlakatlar ommaviy 
axborot vositalari (televidenie, radio, gazeta va jurnallar, Internet)dan axborot 
yordamida ta’sir qilish quroli sifatida foydalanmoqdalar.
Axborot qurollari sirasida elektron vositalar (televidenie, radio, Internet) alohida o’rin 
tutadi. Hozirgi kunda psixotron qurollarning ishlab chiqarilishi va tarqala boshlashi 
elektron ommaviy axborot vositalaridan xatarli qurol sifatida foydalanishning ehtimoliy 
xavfini keskin oshirmoqda. Bugungi kunga kelib aytish mumkinki, axborot qurolining 
xavfi ommaviy qirg’in quroli xavfidan kam bo’lmay qoldi.
Hozirgi kundagi mavjud tasavvurlarga ko’ra, individual ong va ijtimoiy ongni 
buzg’unchi axborot ta’siridan (bunday axborotni insonlar ongiga yoki ostki ongiga 
kiritish yo’li bilan ularning atrof-voqelikni noadekvat idrok qilishiga olib kelish), 
shuningdek, shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi hayotiy muhim 
manfaatlarini himoyalash zarur. Bunday manfaatlar jumlasiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
1. 
Shaxs manfaatlari: fuqarolarning ob’ektiv axborotni izlash, olish, uzatish va 
yaratishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini; ularning o’z shaxsiy 
hayotlari dahlsizligiga bo’lgan huquqini; o’z salomatliklarini zararli axborotdan 
saqlashga bo’lgan huquqini ta’minlash. 
2. 
Jamiyat manfaatlari: axborot jamiyatini shakllantirish; milliy ma’naviy 
qadriyatlarni himoya qilish, milliy madaniy merosni targ’ib qilish, ommaviy ong ustida 
o’tkaziladigan manipulyatsiyalarga yo’l qo’ymaslik va ularning oldini olish. 
3. 
Davlat manfaatlari: shaxs va jamiyat manfaatlarini himoyalash; davlat 
hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazorat institutlarini shakllantirish,
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish, huquqiy davlat 
tuzish. 
Tahdidlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- inson salomatligiga zarar etkazish; 
- shaxs erkini anglab bo’lmaydigan darajada to’sib qo’yish, unga tobelik 
sindromini singdirish va buning natijasida g’ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etishga 
majburlash; 


71 
- insonning axloqiy, madaniy, siyosiy qiyofasini buzish; 

maxsus 
ta’sir o’tkazish vositalari yordamida ijtimoiy ong ustida 
manipulyatsiyalar o’tkazish; 
- O’zbekistondagi yagona ma’naviyat va axborot makonini parokanda qilib 
tashlashga urinish; 
- ijtimoiy axloq me’yorlari va jamiyatning an’anaviy qadriyatlariga zarar etkazish. 
Bu tahdidlar salbiy axborot-psixologik ta’sir o’tkazish, maxsus vosita va usullarni 
ishlab chiqish, O’zbekiston davlatining ichki siyosatiga chetdan turib maqsadga 
yo’naltirilgan tarzda aralashish axborot urushiga tayyorlanish va axborot qurolidan 
foydalanish shakllarida amalga oshiriladi. Bunday tahdidlar oldini olish va ularning 
zararli oqibatlarini minimal darajaga tushirish uchun davlat siyosati quyidagi 
tamoyillarga asoslanishi lozim: 
- mavjud tahdidlarga mos ravishda xavfsizlik choralarini ko’rish; 
- foydalanish faqatgina qonunda ko’rsatilgan holatlarda mumkin bo’lgan axborot-
psixologik ta’sir o’tkazishning maxsus vositalarini ishlab chiqish, yaratish va 
qo’llashga davlat va jamiyat monopoliyasini o’rnatish; 
- axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash borasida oshkoralik va fuqarolik 
nazoratini joriy etish; 
- axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi faoliyatda jamoat 
tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash zarurligi. 
Axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning quyidagi vazifa va funktsiyalarni 
bajarish zarur: 
1. O’zbekiston Respublikasining axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashga oid 
qonunchiligini takomillashtirish. 
2. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash tizimini shakllantirish va 
rivojlantirishi. 
3. Davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining axborot-psixologik 
xavfsizlikni ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish. 
5. Fuqarolarning axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash borasidagi huquqiy 
ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishi. 
6. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil 
etish. 
7. O’quv muassasalari tomonidan axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash
sohasida kadrlarini tayyorlashni yo’lga qo’yish. 
Davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning muhim 
vositalaridan biri - shu yo’nalishda o’tkaziladigan ekskpertizalardir. Axborot-psixologik 
xavfsizlikni ta’minlash buyicha o’tkaziladigan ekspertiza tizimi O’zbekistonda endigina 
shakllanib kelmoqda. Mamlakatimizda davlat, jamiyat va shaxsning axborot-psixologik 
xavfsizligi to’g’risida maxsus qonun qabul qilish vaqti etdi. Bunday qonun mazkur 
yo’nalishdagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. 
Chunonchi, “O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi”, “O’zbekiston 
Respublikasining Ma’muriy kodeksi” singari me’yoriy-huquqiy hujjatlarga ham tegishli 
o’zgartishlar kiritish zaruriyatini ham keltirib chiqaradi. 
Davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning muhim 
yo’nalishlaridan 
biri, 
shuningdek, 
xalqaro 
huquqiy-me’yoriy 
hujjatlarni 
takomillashtirishdan iborat. Hozirgi kunda mamlakatimizga turli kanallar orqali xorijda 
tayyorlangan va nashr etilgan gazeta-jurnallar, adabiyotlar, eshittirish va ko’rsatuvlar 


72 
kirib kelmoqda. Ularning muayyan qismi tarkibida mamlakatimiz aholisi uchun yot 
bo’lgan stereotiplar, ustanovkalar, qadriyatlar yo’qligiga kafolat berib bo’lmaydi.
Yurtimizga qarshi axborot-psixologik xurujlar imkoniyat vujudga keldi deguncha 
amalga oshirilmoqda. Mafkuraviy kurash keskinlashib borayotgan hozirgi sharoitda 
axborot qurollaridan g’animlarimiz foydalanishlarining ehtimoli ortib bormoqda. Shuni 
ham nazarda tutish lozimki, “kibermakon“ degan kenglikda hech qanday chegara yo’q. 
Bu makonda foydali va zarur axborot bilan bir qatorda yoshlar uchun zararli, umuman 
aholi uchun xavfli bo’lgan axborot, psixotron qurollar ham bemalol aylanib yuribdi. 
Hozirgi kunda fan va texnologiya taraqqiyoti shu qadar tezlashib ketdiki, psixotron 
qurollarning yangidan-yangi turlari yaratilmoqda. Masalan, ular orasida uzoq 
masofadan turib odamlar ongi, tafakkuri, xotirasi, his-tuyg’ulariga kuchli ta’sir o’tkaza 
oladiganlari ham bor. Misol uchun, O’YuCh (o’ta yuqori chastotali) qurollar uzoq 
masofadan turib shaxsning psixikasi, xotirasiga, hatto ichki va jinsiy a’zolariga ta’sir 
qilishi mumkin. Bayon etilganlarning barchasini nazarda tutib, davlat tomonidan 
xalqaro axborot ayirboshlash jarayoni uchun tegishli me’yorlar, taqiqlar va cheklovlar 
o’rnatilishi maqsadga muvofiqdir. Bunga erishish uchun xalqaro hamjamiyatning 
diqqat-e’tiborini mazkur masalaga qaratish, milliy davlatlar qonunchiligini unifikatsiya 
qilish talab etiladi. 
Mamlakatimizda keng tarmoq otayotgan kompyuter klublaridagi o’yinlar orasida 
halqimizga yot bo’lgan zo’ravonlik, fahsh va axloqsizliklarni targ’ib etadiganlari tobora 
ko’payib borayapti. Bunday holat mazkur masalaga nafaqat davlat idoralarining, balki 
ota-onalar qo’mitalari, mahalla, qishloq fuqarolar yig’inlari va boshqa jamoat 
tashkilotlarining e’tiborini tortish maqsadga muvofiqligidan guvohlik bermoqda. 
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 
– 
axborot xavfsizligi sohasidagi jarayonlar va munosabatlarning o’sish 
sur’atlari qonunchilikning takomillashish sur’atlaridan bir oz 
ildamlab ketdi. Bunday holat davlat, jamiyat va shaxsning axborot-
psixologik xavfsizligini ta’minlashga oid qonunlarni ishlab chiqish 
va qo’llash amaliyotini rivojlantirish zarurligini ko’rsatadi; 
– 
davlat, jamiyat va shaxsning axborot–psixologik xavfsizligini 
ta’minlash borasida yagona siyosat asoslarini ishlab chiqish va 
mazkur yo’nalishda tegishli qonun qabul qilish, shuningdek mazkur 
yo’nalishdagi qonunlarga tegishli o’zgartishlar kiritish muhim 
ehtiyojga aylandi; 
– 
xalqaro axborot almashuv jarayonida vujudga kelishi mumkin 
bo’lgan tahdidlardan samarali himoyalanish uchun xalqaro 
hamjamiyatning harakatlarini muvofiqlashtirish hamda milliy 
davlatlar qonunchiligini unifikatsiyalash, “Axborot urushlari 
xavfining oldini olish va axborot quroli muomalasini cheklash 
haqida” xalqaro konventsiya yaratish yo’lidagi faoliyatlarni 
birlashtirish zaruriyati paydo bo’ldi.
Inson ongi mohiyatan ochik tizimdir. U tashqi dunyo bilan axborot almashish 
jarayonida rivojlanib boradi. Ongning bunday ochiqligidan buzg’unchi kuchlar ham 
foydalanib qolishga urinadilar. Zotan, hozirgi kunda global tarmoqning, yangi jihozlar 
va texnologiyalarning vujudga kelishi bunday kuchlar tomonidan faqat alohida shaxs 
ongiga emas, millionlab kishilar ongi-shuuriga vayronkor ta’sir o’tkazilishi uchun 
imkoniyat yaratdi.


73 
Axborotni qayta ishlash va aloqa bobidagi zamonaviy vositalar insoniyat 
mavjudligining printsipial yangi sharoitlarini vujudga keltirdi. Hozirgi kunda milliy 
axborot va telekommunikatsiyalar tizimini global axborot infratuzilmasiga birlashtirish 
singari ulkan loyihalar yuzaga chiqdi. Bu loyihalarning amalga oshirilishi har bir shaxs 
uchun, u qaysi mamlakat va mintaqada yashamasin, dunyoning xohlagan burchagidagi 
odamlar bilan axborot almashish imkonini vujudga keltirdi. Bunday infratuzilmaning 
barpo etilishi insoniyat taraqqiyoti uchun misli ko’rilmagan imkoniyatlar eshigini 
ochadi. Ayni paytda bu infratuzilma vayronkor kuchlarga ham juda qo’l kelishini 
unutmaslik kerak. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari ijtimoiy hayotning turli jabhalariga kirib 
kelishi, aytish mumkinki, har bir shaxs va jamiyat xavfsizligini ana shu infratuzilmaning 
aniq va uzluksiz faoliyat yuritishiga, olinayotgan axborotning ishonchliligiga, bu 
axborotning xufya tarzda modifikatsiya qilinmasligiga bog’lab qo’ydi. 
Axborot-telekommunikatsiya tizimlaridagi texnik nosozliklar va avariyalarning 
kelib chiqishi energiya tizimi, ulkan quvurlar tizimidagi, shuningdek ekologik xavfli 
ishlab chiqarish, sun’iy yo’ldoshlar va temir yo’l tizimini boshqarishda qanchalik 
halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Insoniyat, bir 
tomondan, yangi axborot tuzilmalarining ulkan imkoniyatlaridan foydalansa, ikkinchi 
tomondan, uning mavjudligi va risoladagiday hayot kechirishi ana shu tuzilmaning 
to’g’ri va samarali faoliyat yuritishiga bog’lik bo’lib qoldi. Shundan ko’rinadiki, 
axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlash uchun alohida shaxs va guruhlar u yoqda 
tursin, hatto mamlakatlar va mintaqalar o’zaro hamkorlik qilishlarining zaruriyati 
vujudga keldi. 

Download 1,7 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlash

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish