91
nuqtai nazaridan jahon madaniyatiga intilishi orqali uning eng samarali,
ijobiy
jihatlarini qabul qilib, salbiy tomonlarini qabul qilishdan saqlanish kabi o’ta nozik, katta
milliy madaniyatni, ma’rifatni va, tabiiy ravishda, axloqni taqozo etadi.
Ikkinchidan, esdan chiqarmaslik zarurki, katta xalqlar madaniyati kichik xalqlar
madaniyatini yutib yuborishi mumkin. Ularga kuchli mafkuraviy ta’sir o’tkazib, o’ziga
xosligini, milliy xususiyatlarini, qadriyatga aylangan urf-odatlar va an’analarini ma’lum
darajada poymol etmoqda.
Uchinchidan, kichik xalqlar, jumladan, rivojlanish yo’liga
chiqayotgan
mamlakatlar jahon taraqqiyotidan orqada qolmaslik uchun uning yutuqlarini
o’zlashtirish yo’lidan borishi tabiiy. O’z-o’zidan bunday xalqlarda jahon madaniyatiga
intilish hissi kuchli bo’ladi. U qondirilishi qiyin bo’lgan ehtiyojga aylanadi. Jahon
tamadduni yutuqlariga ko’r-ko’rona yondashish oqibatida esa milliy o’ziga xoslik boy
berilib, madaniy-ma’rifiy inqirozga yuz tutilishi mumkin. Bugungi kunda bu juda
muhim muammoga aylangan. Bunday holatni bir necha shakllarda ko’rsa bo’ladi:
Siyosiy sohada: Urush va tinchlik muammosi
doimiy va hamisha dolzarb
masalalardan bo’lib kelgan. Dunyoni termoyadro xavfidan qutqarish, xalqlar va
davlatlar o’rtasida mo’’tadil siyosiy-mafkuraviy iqlimni vujudga keltirish, diniy
ekstremizm,
fanatizm, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish, narkotik moddalar
tarqalishiga chek qo’yish singari global muammolarni hal etishda, mintaqaviy
mojarolarni bartaraf qilishda
yuksak siyosiy madaniyat, urush madaniyatsizligidan
tinchlik madaniyatiga o’tish jarayonida o’ziga xos munozaralar va muzokaralar
ma’naviyatini yo’lga qo’yish XXI asrning og’riqli nuqtalaridan hisoblanadi. Ushbu
global masalalar yuzasidan gapirar ekan, Prezident I.A.Karimov
mustaqilligimizning
ikkinchi yilidayoq BMTning 48-sessiyasida so’zlagan nutqida “Dunyo mojarolarini hal
etishda sharqona munosabatlar ilmini egallash zarur”
1
degan fikrni bildirgan edi. Bu
bilan notiq buyuk davlatchilik shovinizmi, katta davlatlarning kichik davlatlarga tazyiqi,
zo’ravonlik illatlariga barham berish, dunyo muammolarini hal etishda va jahon
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini yaxshilik sari burishda muzokaralar yo’lini tanlash, har
qanday mojaroli masalalarni aql-idrok, yuksak siyosiy tafakkur va ma’naviyat orqali hal
etish zarurligini ko’rsatgan edi. Bu bilan O’zbekiston davlati rahbari siyosiy maydonda
mamlakatimizning sharqona axloq, odob va munosabatlar madaniyati orqali o’z siyosiy
madaniyatini namoyon etgan edi.
Diniy sohada. Jahon dinlarining o’zaro integratsiyasi o’z aqidalari, diniy qoidalari
va huquqiy me’yorlari doirasida faoliyat yuritgan holda, dunyoviy masalalar echimini
topishga umuminsoniy qadriyatlar orqali yondashishni taqozo etadi.
Dinlarning bir-
birini inkor etishi, kamsitishi, bir dinning boshqa bir din ustidan hukmronlik qilishi
singari illatlarga barham berishni, masalaga diniy qarashlar va e’tiqodlar
turlicha
bo’lgani bilan Alloh yagona ekanligi tamoyilidan kelib chiqib yondashishni talab qiladi.