• Seminar uchun savollar
  • 7-bob. AXBOROT ASRINING MAFKURASI. MILLIY MUSTAQILLIK G’OYASI – O’ZBEKISTONDA AXBOROT–PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNING ASOSI
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/73
    Sana18.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #100951
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Takrorlash uchun savollar 
    1. Inson – ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy tizimlar asosi. 
    2. Insonning psixologik holati uning bilimi, tajribasi, ishonchi va moddiy 
    farovonligiga bog’liqligi. 
    3. Axborot asrida ommaviy axborotni qabul qilish va uni o’zlashtirishda inson 
    mustaqilligining oshishi. 
    4. Inson ongi uchun kurash geosiyosatning yo’nalishi sifatida. 
    5. Inson ruhiyatida onglilik va beixtiyoriy ongning nisbati va ko’rinishlari. 
    6. Shaxs – axborot yordamida ko’rsatilayotgan ta’sirning asosiy ob’ekti. 
    7. Shaxsning axborot xurujlaridan davlat va jamiyat tomonidan himoyalanishi 
    zarurligi. 
    8. Shaxsning o’z-o’zini himoyalash mexanizmlari va ularni amalga oshirish 
    yo’llari. 
    Seminar uchun savollar 
    1. Axborot asrida shaxsning axboriy mustaqilligi. 
    2. Shaxsga axborot-psixologik ta’sir etish yo’llarining ko’pligi va imkoniyatlari. 
    3. Axborot asrida shaxsga ta’sir etish yo’llari ko’pligi sababli uni axborot 
    xurujlaridan davlat va jamiyat himoyalashi zarurligi.
    4. Shaxsni himoyalash usullariga tavsif. 


    88 
    7-bob. AXBOROT ASRINING MAFKURASI. MILLIY MUSTAQILLIK
    G’OYASI – O’ZBEKISTONDA AXBOROT–PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNING 
    ASOSI 
    1. Mafkura tushunchasiga talqinlar. Globallashuv davrida mafkuraning o’rni 
    va roli 
    Axborot sohasida kurash asosan mafkuraviy shaklda amalga oshiriladi, chunki 
    axborot-psixologik xavfsizlikning markazida mafkura masalasi turadi. Shuning uchun 
    yangi zamonda mafkuraning mazmuni, o’rni va ahamiyatini aniqlamasdan, axborot-
    psixologik xavfsizlikni ta’minlab bo’lmasligini anglab olish o’rinli bo’lardi. 
    Ayrim olimlar axborot asrida mafkura tugaydi deb ta’kidlaganining o’zi bir 
    mafkuradir. Masalan, postindustrial jamiyati nazariyasining asoschisi Deniel Bell 1960 
    yilda “Mafkuraning intihosi” deb nomlangan kitobini chop etdi. Lekin turli mamlakatlar 
    xalqlari, umuman kishilik jamiyati ongli inson paydo bo’lganidan beri mafkurasiz 
    yashamagan va yasholmaydi. Xamma gap mafkura so’ziga qanday ma’no bag’ishlashda 
    va undan qanday foydalanishda. 
    Mafkura tushunchasi atrofida mulohazalar ko’p. Turli davrlarda turli 
    donishmandlar, mutafakkirlar mafkura tushunchasini turlicha qabul qilgan va unga har 
    xil ta’rif berishgan. Ularni umumlashtirilgan holda quyidagicha tasniflash mumkin: 
    - ijtimoiy hayotda qadriyatlar, milliy xususiyatlar va tafakkur tarzining shakllanish 
    jarayoni; 
    - konkret ijtimoiy guruh yoki sinf uchun muhim bo’lgan g’oyalar tizimi; 
    - hukmron hokimiyat tizimini legitimlashtiradigan g’oyaviy qurol; 
    - ijtimoiy manfaatlarni o’zida ifoda etgan tafakkur shakli; 
    - ijtimoiy zaruriyat darajasidagi illyuziya; 
    - e’tiqodlar tizimini muvofiqlashtiruvchi g’oyaviy faoliyat va boshqalar. 
    Demak, mafkura mazmun-mohiyatiga ko’ra jamiyatda ma’lum bir maqsadni 
    ko’zlagan, jamoatchilikni unga ishontiradigan, yo’naltiradigan, safarbar etadigan 
    g’oyalar tizimidir. Mafkura odamlar ongiga yo’naltirilgan so’zlar, ya’ni axborot uzatish 
    yordamida amalga oshiriladi. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, mafkura bir qator 
    jamoaviy vazifalarni bajaradi. Jumladan: 
    - kognitativlik (anglash) vazifasi. Bunda mafkura ijtimoiy guruhlar yoki ma’lum 
    bir aholi qatlami ongiga ta’sir etish yo’li bilan ilgari surilayotgan g’oya mazmunini, 
    mohiyatini va maqsadini anglashga da’vat etadi; 
    - legitimlashtirish (e’tirof etish) vazifasi. Bunda mafkura jamiyatda mavjud 
    siyosiy rejim yoki qoidalarning xalq tomonidan tan olinishiga va e’tirof etilishiga 
    xizmat qiladi; 
    - me’yorlashtirish vazifasi. Bunda mafkura jamoatchilikda mo’ljallarni aniq 
    belgilash, ijtimoiy fe’l-atvor, dunyoqarash va manfaatlar uyg’unligini ta’minlashning 
    me’yoriy tartibotlarini ishlab chiqadi va targ’ib qiladi; 
    - integratsiyalash vazifasi. Bunda mafkura real ijtimoiy vaziyatda fuqarolarni 
    birlashtirishni, maqsadlar va manfaatlar mushtarakligini ta’minlashni asosiy vazifa qilib 
    oladi; 
    - safarbarlik vazifasi. Mo’ljallangan maqsadlar, g’oyalar va shiorlarning amalga 
    oshishi uchun turli ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolarni birlashtirishga, safarbarlikka 
    da’vat etishga xizmat qiladi. Ana shu tarzda mafkura jamiyatni harakatga keltiruvchi, 
    uning istiqbolini belgilovchi muhim g’oyaviy tizim sifatida o’zini namoyon etadi.


    89 
    Globallashuv jarayonida esa mafkuraning mohiyati yana ham kengayib borayapti. 
    Chunki bugun uning ta’sir doirasi kengaymoqda va chuqurlashmoqda. Ayniqsa, axborot 
    bozori tobora keskinlashayotgan, g’oyalar to’qnashuvi avj olayotgan, manfaatlar 
    ustuvorligi xuruj qilayotgan bir paytda mafkura ham global mohiyat kasb etayotir. 
    Zotan, XXI asr insoniyat tarixining yangi davrini ochmoqda. Yangi yuz yillik va 
    yangi ming yillik ostonasida turgan bir paytimizda jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlari 
    keskin o’zgarayotgan va inson tafakkuri butunlay yangilanayotgan, manfaatlar 
    umumiyligi yuz berayotgan bir davrni boshdan kechirayapmiz. Darhaqiqat, bugungi 
    dunyoda bir xalq, mamlakat o’z hududi doirasidagina yashash bilan cheklanmaydi. 
    Aksincha, dunyo xalqlarini manfaatlar mushtarakligi birlashtirmoqda. Har qanday
    “xususiy” muammo barchaga birday tegishli bo’lib qolayapti. Umumiy taqdir va 
    umumiy istiqbol tushunchalari global mohiyat kasb etayotir. 
    Global mohiyatga ega bo’layotgan g’oyat zalvorli masalalar ko’payib borayapti. 
    Bu insoniyat tarixiga va taqdiriga, buguni va istiqboliga jiddiy ta’sir etmoqda. Ayni ana 
    shu muammolar mohiyatini qanchalik chuqur tushunsak, ma’naviy og’riq, ruhiy 
    ozurdalik shunchalik katta tahdid solayotganini yana ham chuqurroq his etamiz. 
    Ommaviy axborot vositalari mazkur muammolarni shu darajada ko’p targ’ib etmoqdaki, 
    bu ba’zan g’oyat fojiali, ziddiyatli vaziyatni vujudga keltirmoqda. 
    Kishilik jamiyati tarixi hech qachon XX asrdagi singari favqulodda mafkuraviy 
    holatlarga, g’oyaviy to’qnashuvlarga va ziddiyatlarga duch kelmagan. Ayni ana shu 
    hodisa yangi yuz yillik taqdirini, mohiyatini belgilaydigan omilga aylandi. Siyosiy 
    tafakkur, ijtimoiy falsafa, urush va tinchlik haqidagi g’oyalar rivojlangani sari insoniyat 
    tobora tahdid girdobiga tushib qolayapti. Xalqlar, millatlar endi bir-biridan uzoqlashib 
    emas, bir biriga intilib yashash ehtiyoj ekanligini tushunib bormoqda. Ana shu anglash 
    jarayonining o’zi bu qadimiy makonda umumsayyoraviy madaniyat darajasining oshib, 
    madaniy tushunchalarning kengayib borayotganidan dalolat beradi. Ya’ni, urush 
    madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga o’tish zaruriyat ekanligi tobora ko’proq 
    namoyon bo’layotir. Ana shu jarayonda jamiyat hayotida daxldorlik tuyg’usi, ya’ni 
    xalqlar va millatlarning madaniyatlar orqali o’zaro yaqinlashuv jarayonlari 
    faollashmoqda. Jarayonning ijobiy tomoni shundaki, madaniyatlararo integratsiya 
    xalqlar o’rtasida o’zaro bir-birini tushunish darajasi oshishiga olib keladi. Bu o’ziga xos 
    mafkuraviy mohiyat kasb etib, mafkuralar va aniq mo’ljallangan maqsadlar amalga 
    oshishiga xizmat qilmoqda. 
    Aslini olganda, har bir millat yoki elat umuminsoniy qadriyatlarga o’ziga xos hissa 
    qo’shadi. Shu bilan birga har bir milliy mafkura o’z tarixiy ildizlariga tayanib, uning 
    sarchashmalaridan bahra olib, umumtarixiy tajribalar bilan oziqlangan holda boyib 
    boradi. 
    Kosmopolitizmni tushunib olish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi 
    kunda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarning tobora shiddat bilan umumsayyoraviy 
    mohiyatga ega bo’lib borayotganligi sababli umuminsoniy mafkura dunyoga 
    kelayotganday tuyuladi. Go’yoki, milliy mafkura o’z mohiyatini yo’qotib, 
    “chatishtirilgan”, sun’iylashtirilgan holatdagi majruh qiyofaga kirmoqda. Bunday 
    “bedavo”likdan qutulishda esa faqat milliy tafakkur, milliy ong, milliy ruh alohida 
    ahamiyat kasb etadi. Ayni ana shu muhim uchlik ustuvor bo’lgan sharoitdagina milliy 
    va ma’naviy xaloskorlik tuyg’usi, o’z milliy qadriyatlarini himoya qilish immuniteti 
    kuchayadi va har qanday sharoitda ham uning o’z kuch-qudratini namoyon etmog’ini 
    hayot taqozo qiladi. Bunda milliy g’oya asosiy hal qiluvchi vosita vazifasini o’taydi. 


    90 
    Mafkuralar kurashi – XXI asrning eng murakkab masalalaridan biri. Bir qarashda 
    o’z milliy qadriyatlari, an’analari va madaniyatini zo’r berib himoya qilish kishiga 
    xuddi shovinizm, millatchilik va irqchilik kabi salbiy holatday tuyuladi. Ikkinchi 
    tomondan esa umuminsoniy mafkura tushunchasining tobora kengayib borayotgani 
    millatlar va elatlarning o’ziga xosligi yo’qolishiga olib kelmoqda. Mazkur muammoni 
    to’g’ri tushunib olish talaba uchun juda muhimdir.
    Bugungi dunyoni faqat o’zaro sog’lom muloqot, o’zaro bir-birini to’g’ri tushunish 
    madaniyati asrashi mumkin. Xuddi ana shu muloqot - bir-birini eshitish va tushunish 
    madaniy ehtiyojga aylangan g’oyaviy-mafkuraviy hodisadir. G’oyatda kuchli qurol-
    yarog’lar, harbiy aslahalar va harbiy qudrat bilan zo’ravonlik qilish, qolaversa, buyuk 
    davlatchilik shovinizmi tahdidi hozirgi zamon tsivilizatsiyasi nuqtai nazaridan ibtidoiy 
    hodisaga aylandi.
    Bugungi kunda mafkuraning shakli va ta’sir ko’lami tobora kengayib bormoqda. 
    Jumladan, u o’zini madaniyat va madaniyatlararo integratsiya shaklida ham namoyon 
    etayotir. 
    Hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan har qanday milliy madaniyat turli xalqlar 
    madaniyati bilan muloqot qilishga qodir bo’lmog’i lozim. Ana shu muloqot jarayonida 
    bir madaniyat ikkinchi bir madaniyatga ham o’z ta’sirini o’tkazadi, ham o’zi boyidi. 
    Boshqacha aytganda, o’z madaniy qobig’idan chiqmaslik, har qanday madaniyatga 
    qarshi turish ojizlik va notavonlikdir. Bugungi tsivilizatsiya yutuqlaridan orqada qolish
    qoloqlikdir. Boshqa bir madaniyatga qo’shilib ketish esa milliy tanazzuldan boshqa 
    narsa emas. Bu millatning inqirozi bilan teng bo’lgan fojia. Ana shunday murakkab, 
    ziddiyatli bir sharoitda o’zaro ta’sir va ergashish tuyg’usi me’yor doirasida bo’lmog’i 
    lozim. Misol sifatida bir faktni keltiraylik. Germaniya Federativ Respublikasining oliy 
    o’quv yurtlari har yili qabul kvotalaridan besh foizini nemis tilini bilandigan chet el 
    fuqarolariga ajratadi va ularni o’z hisobidan o’qitadi. Sabab – nemis halqining 
    madaniyati boshqa millatlar madaniyati bilan boyib turishi zarur ekan. 
    Madaniyatlararo integratsiya - dunyoni yangilashga, insoniyat tafakkurini 
    boyitishga, uning madaniy saviyasini oshirishga katta xizmat qiladigan ulkan ijtimoiy-
    ma’naviy hodisa. Biz jahon tamaddunidan ortda qolmasligimiz kerak. Hech 
    bo’lmaganda u bilan barobar yurishimiz, uning yutuqlaridan foydalana olishimiz zarur 
    va hatto o’z yutuqlarimiz bilan zamonaviy tsivilizatsiya tajribalarini boyitishga 
    intilmog’imiz lozim. Biroq bundan milliy xususiyatlarimizga, an’analarimizga, turmush 
    tarzimizga zid bo’lgan madaniyatni olib kirish mumkin degan fikrga bormaslik kerak. 
    Madaniyatning milliy o’ziga xosligi - bu ma’lum bir millatning mohiyati, qiyofasi, 
    uning asrlar qa’ridan etib kelgan qadriyatidir. Milliy madaniyat tushunchasi orqali biz 
    asrlar sinovidan o’tgan, o’tmish tajribalarini o’zlashtirgan va ayni paytda hozirgi zamon 
    madaniy tajribalar asosida o’zini boyitib borayotgan, uning yangidan-yangi qirralarini 
    ko’rsatayotgan jarayonni tushunamiz. Bu - bevosita milliy ong, milliy tafakkur tarzi 
    bilan bog’liq bo’lgan keng miqyosli voqelik. Ayni ana shu holat har bir millat va 
    xalqning milliy onglilik darajasini, o’sha millat yoki xalqning tsivilizatsiyalashganlik 
    maqomini ko’rsatadi. 
    Madaniyatlararo integratsiya avj olayotgan hozirgi davrda masalaning ijobiy va 
    salbiy tomonlari ko’zga yaqqol tashlanmoqda. 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish