79
Turli mamlakatlardagi auditoriyaning turli segmentlariga
ommaviy axborotni bu
tarzda tabaqalashtirib, aniq manzilni mo’ljallab etkazib berish zamonaviy
geosiyosatning muhim unsuri bo’lib qoldi. Ilgari fuqarolar ongi uchun kurash asosan
har kimning o’z mamlakati doirasi bilan chegaralangan edi. Bugungi kunda bunday
kurash globallashib ketdi. Bunga zamonaviy axborot texnologiyalari hal qiluvchi hissa
qo’shdi. Natijada texnologiyalarga egalik qiluvchi mamlakatlar o’z qadriyatlari keng
qamrovli va hammabob mazmunga ega
ekanligi haqidagi fikrga borib, ularni butun
dunyo bo’ylab ochiqdan-ochiq targ’ib qilishga kirishdilar. Bunday ish barcha kanallar:
televidenie, radio, gazeta, jurnallar orqali, axborot agentliklari va matbuot markazlari
yordamida olib borilmoqda. Internet ommaviy axborotni joylashtirish uchun yangi,
qudratli va haqiqatdan ham chegara bilmas vosita bo’lib qoldi.
Mamlakat o’z aholisini unga yot axborotdan himoyalashni tashkil etishi uchun
inson xulqidagi onglilik va beixtiyoriy onglilik omillarining
nisbati masalasini aniqlab
olishi juda muhimdir. Uzoq davr mobaynida individdagi onglilik ustun hisoblanib
keldiki, bu uning tabiatidagi beixtiyoriy ongni bilishga to’sqinlik qilib turdi. Albatta,
bundan yuz yil muqaddam ham insonda beixtiyoriy ongning ustun ekanligini
isbotlovchi asarlar, misol uchun, Gyustav Lebon asarlari chiqib turardi. Biroq toki
Zigmund Freyd va Karl Yung inson psixikasidagi beixtiyoriy ong mohiyatini ochib,
mazkur murakkab ilmiy muammoni uzil-kesil hal qilib bermagunlaricha
mutaxassislar
uzoq vaqt bu fikr bilan murosa qilmay keldilar. Endilikda inson psixikasida beixtiyoriy
ong shak-shubhasiz etakchilik qilib, haqiqiy onglilik uchun zamin xizmatini o’tashi
isbotlab berilgan fakt hisoblanadi.
Bundan tashqari, olimlar inson psixikasidagi onglilik va beixtiyoriy onglilikka doir
turli nisbatlarni keltiradilar. Ba’zilar hatto beixtiyoriy ong haqiqiy ongga 90G’10 foiz
nisbatda degan fikrdadirlar. Ushbu masalada biror aniq raqamni aytish, qiyin, albatta.
Ustiga-ustak, bu aniq individlarga bog’liq hodisa. Biroq, o’ylashimizcha, inson
xulq-atvoridagi beixtiyoriy unsur kamida uchdan ikki hissaga teng deb taxmin qilsak,
xato bo’lmasa kerak. Bu, ayniqsa, Internet, audio-video
vositalari va matbuot
ma’lumotlarining ommaviy ong tomonidan qabul qilinishida yaxshi ko’zga tashlanadi.
“Ommaviy ong – ijtimoiy ongning zamonaviy tipdagi jamiyatlarda keng yoyilgan
va g’oyat muhim ahamiyatga ega o’ziga xos turi. Sinfiy, milliy, kasbiy va boshqa
guruhiy ijtimoiy ong shakllariga o’xshab, ommaviy ong o’zining gnoseologik
xususiyatlari (mazmuni, darajasi hamda voqelikni aks ettirish jihati) bilan ajralmay, eng
avvalo, uni tashuvchining, sub’ektning xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bunda
jamiyatning muayyan guruhlari (sinflar, millatlar va hokazo) tashuvchi ijtimoiy ongning
yuqorida sanab o’tilgan shakllaridan farqli ravishda ommaviy ong holatida
individlarning “omma” deb ataluvchi alohida majmui (ko’pligi, jamoasi)
shunday
sub’ekt sifatida maydonga chiqadi. Ommaning o’zi singari, ommaviy ong ham
zamonaviy tipdagi jamiyatlarda birinchi navbatda asosiy shart-sharoitlarning, odamlar
hayotiy faoliyati shakllarining (ishlab chiqarish, iste’mol, muloqot, ijtimoiy-siyosiy
ishtirok, dam olish sohalari) ommalashuvi jarayonida vujudga
keladi va shakllanadiki,
bunday ommalashuv bir xil yoki shunga o’xshagan intilishlar, qiziqishlar, ehtiyojlar,
ko’nikmalar, moyilliklar va hokazo jihatlarni yuzaga keltiradi”
1
.
1
Новая философская энциклопедия. 4 жилдлик. Таҳрир кенгаши: Стёпин В.С. (раис) ва бошқ. 2-ж. – М.: “Мысль”,
2001. – Б. 503-504.
80
Shundan xulosa qilish mumkinki, individ omma orasida bo’lganida, uning
ommaviy kommunikatsiya vositalari xabarlarini tanqidiy qabul
qila boshlashi sezilarli
darajada pasayadi. Psixik yuqtirish jarayoni sababli boshqa kishilar ta’siri ostida u
axborot mazmunini o’shalarga o’xshab qabul qiladi, garchi mazkur masalada ancha
mustaqil bo’lishi lozim esa-da. Har holda inson tabiati va uning OAV xabarlarini qabul
qilishidagi qonuniyat ana shunday.
Individga axborot-psixologik ta’sir ko’rsatish yo’llari va shakllari juda ko’p bo’lib,
ularga bitta mavzu doirasida ta’rif-tavsif berish imkonsizdir. Ularning asosiylarini sanab
o’tamiz. Ta’sirning barcha turlari universal shaklda hissiy va ratsional, ifodali va
mantiqiy ta’sirlarni o’zida umumlashtiradi. Hissiy ta’sir
obrazlar, hissiyotlar,
tasviriy-ifodali va satirik-yumoristik vositalar yordamida amalga oshiriladi. O’z
navbatida, ratsional ta’sir fikr yurgizish mantiqi va bayon etish mantiqiga bo’linadi.
Yuqorida zikr etib o’tilgan ta’sir ko’rsatish uslublarining har biriga oid ko’plab
adabiyotlar mavjud, shuning uchun ular haqida to’xtalib o’tirmaymiz.
Shunday qilib, biz individga ta’sir ko’rsatishning ko’plab uslublaridan ayrimlari
haqida so’z ochdik, xolos. Bundan tashqari, “mayin” targ’ibot, manipulyativ
texnologiyalar va allaqancha hokazo uslublar mavjud.