Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/73
Sana18.11.2023
Hajmi1,7 Mb.
#100951
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

To’rtinchidan, materiallarni ishlash yuksak darajada yo’lga qo’yilgan: faktlar, 
talqinlar, umumlashtirishlar, samarali qabul qilinishi ancha oldindan ko’zlab qilingan 
hisob-kitoblar. Beshinchidan, tushuntirish, ishontirish, o’z tomoniga tortish mahorati.
Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, shaxs nafaqat xorijiy, balki o’z vatani OAVdan 
himoyalanishga muhtoj. 
Vatanimizdagi ommaviy axborot vositalari bir qator hollarda jang maydonini 
xorijiy axborot vositalariga berib qo’ymoqdalar. Masalan, ayrim yangiliklarni kechikib 
xabar qilishlarida. 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkdagi osmono’par binolarga 
samolyotlar hujumi uyushtirilgan paytda O’zbekiston OAV ikki kecha-kunduz 
davomida bu yirik xalqaro voqea to’g’risida xabar berishmadi. Eslatib o’tamizki, 
jurnalistikadagi xalqaro standartlarga ko’ra, biror muhim yangilik haqida xabar berishda 
ikki daqiqaga kechikish noprofessionallik hisoblanadi va bunday jurnalistni, hech 
narsani surishtirmasdan, ishdan bo’shatib yuborishlari mumkin. O’sha 11-13 sentyabr 
kunlari respublikamizning butun aholisi mazkur voqeani Rossiya telekanallari orqali 
ko’rdi va bu mamlakatimizda mazkur telekanallar obro’si yanada oshishiga xizmat 
qildi. 
O’zbekistonda vatanimiz telekanallariga qaraganda chet el telekanallarining 
reytingi ayrim paytlari yuqori bo’lar ekan, bu mamlakatimiz milliy xavfsizligiga
tahdiddir, chunki yurtdoshlarimiz o’zimiznikiga qaraganda o’sha manbalarga ishonib 


85 
qolishadi. Demakki, birinchidan, vatanimiz ommaviy axborot kommunikatsiyalari 
dunyodagi muhim yangiliklar haqida o’z vaqtida ma’lumot berishga bevosita 
burchlidirlar. Agar shunday qilmasalar, “axborot ochligi” xavfini tug’dirib, 
vatandoshlarimizning chet el OAV murojaat qilishlarini muqarrar qilib qo’ygan 
bo’ladilar.
Ikkinchidan, vatanimiz ommaviy axborot vositalari haqiqatni gapirishlari lozim, 
aks holda birinchi manzara takrorlanadi – o’zimizning kanallar to’g’ri gapni 
aytmasliklariga amin bo’lgan iste’molchilar xorijiy manbalarga yuzlanadilar. 
Uchinchidan, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari auditoriyada qo’rquv 
tuyg’usini uyg’otmasliklari kerak. Ukrainalik olim V.V.Tsiganov Moskvaning 
Dubrovka maydonidagi Teatr markazi qurollangan terrorchilar tomonidan bosib 
olinganida Rossiya telekanallari o’zlarini qanday tutganliklarini yaxshi tahlil qilib berdi. 
Muallif shunday yozadi: “Televidenie zo’ravonlik haqida shunchaki xabar qilib 
qo’ymadi, dahshatni uzatish, millionlab xonadonlarga etkazish orqali qayta jonlantirdi 
va ko’paytirib berdi”
1
. Mediaterrorizm siyosatshunoslikdagi yangi yo’nalish 
hisoblanadi. Bugungi kunda u juda dolzarb bo’lib qolganligidan hatto maktablar va oliy 
o’quv yurtlarida mediata’lim va mediapedagogika nomli yangi fan kiritish ehtiyojini 
tug’dirdi. 
Vatanimiz ommaviy axborot vositalari auditoriyani ijobiy misollarda o’rgatishi, har 
kuni har bir mamlakatda yuz berib turadigan turli favqulodda hodisalar munosabati 
bilan vaziyatni keskinlashtirmasligi lozim. Auditoriyada shundoq ham xavfsirash uchun 
sabablar etarli: umumjahon iqtisodiy va shu kabi bo’hronlar, narxlarning oshib borishi, 
sayyoramizning qizg’in nuqtalaridagi notinch vaziyatlar, er yuzi bo’ylab yadro 
qurolining tarqalib borishi, giyohvandlik, terrorizmning avj olayotgani, ekologiyaning 
yomonlashayotgani, OITS va hokazo. 
Milliy mafkura va asli-nasliga o’xshashlik, aynanlik (identivlik) shaxs, jamiyat va 
davlatni himoya qilishning asosiy shakllari hisoblanadi. Bu tushunchalar yuzaki 
qarashdagina oddiy va tushunarli ko’rinadi. Biroq, aslida, ular nihoyatda yuksak 
samaradorlikka va shu boisdan axborotlashuv davriga endi kirib kelayotgan O’zbekiston 
uchun g’oyat muhim ahamiyatga ega, u qadar oddiy bo’lmagan masalalardir. Shu 
ma’noda O’zbekiston qisqa muddatda milliy istiqlol mafkurasini yaratib, o’zini ko’rsata 
oldi, hozir uni mamlakat aholisi oddiy qilib “milliy mafkura” deb ataydi.. 
Individning o’z jonajon tamadduni-madaniyati muhitida yashab turganidagi 
psixologik ahvoli katta rol o’ynaydi. U qadrdon madaniyati iqlimida o’sib voyaga etdi, 
shaxs sifatida shakllandi, bu erda uning o’zi, qarindosh-urug’lari, yoru do’stlari, 
atrofidagi odamlar yashaydi. O’z-o’zidan tushunarliki, bunday sharoitda individning 
psixologik ahvoli badastir, o’ng’ay va boshqa afzalliklar og’ushida bo’ladi.
Insonning jonajon tsivilizatsiyasi – uning uchun o’rganib qolingan urf-odatlar, 
an’analar, boshqalarga nisbatan guruhiy va ijtimoiy farqlanish demakdir. Qadrdon 
tsivilizatsiya individning o’z ma’naviy dunyosi, o’z axborot olish qulayligi, o’zaro 
ishonchdan putur ketgan hozirgi davrda ma’naviy taraqqiyotning boshni aylantirib 
yuboruvchi siljishlari, nobarqaror narxlar zamonida uning ruhiyatiga, ruhiy ahvoliga 
bag’oyat qadrdon bir xilqatdir. 
1
Цыганов В.В. Медиа-терроризм: терроризм и средства массовой информации. – К.: Ника-Центр, 2004. – – Б. 
503-504.


86 
Jonajon tsivilizatsiya - bu yon-atrofdagi odamlar bilan umumiy til topishuvni, 
ma’naviy-ruhiy osoyishtalikni, tushunarli va qalbga yaqin qadriyatlar va munosabatlarni 
bildiradi. Insonning o’z qadrdon madaniyati uning qonida, arxetiplarda o’rnashib 
qolganligi, onglilik darajasidagina emas, balki ostki ong darajasida ham bo’lib va his 
qilib turilishi vaqti kelganda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, turli xil – siyosiy, iqtisodiy, madaniy, etnik, fuqaroviy va boshqa 
aynanlik, 
o’xshashliklar mavjud. Hozirgi paytda dunyo madaniyati va 
siyosatshunosligida asosan etnik va milliy asliga o’xshashlik bilan bu nasliga 
monandlikni nazar-pisand qilmaydigan, inkor etadigan kosmopolitizm o’rtasida bahs 
borayotir. Biz ham shu xususda to’xtalamiz. 
Milliy va fuqaroviy asliga o’xshashliklar o’rtasidagi bahs ildizlari butun bir davrni 
tashkil etadigan tushunchalar bo’lgan milliylikka tarafdorlik bilan kosmopolitizm 
orasidagi tub-negizli mubohasaga borib taqaladi. Ko’pgina tadqiqotchilar fikriga ko’ra, 
insoniyat taraqqiyoti shunga olib keladiki, sayyoramizdagi millatlarning barchasi bir 
millatga – zamin ahliga birlashadi, kosmopolitizm milliy mansublikdan ustun keladi. 
Vatanparvarlik g’ururini ma’naviy jihatdan xavfli hissiyot deb hisoblaydigan olimlar 
ham yo’q emas
1
. Bu g’oyat jiddiy masala bo’lib, undan quruq bayonotlar bilan qutulib 
bo’lmaydi. 
Haqiqatan ham, dunyo taraqqiyoti shunday yo’ldan ketmoqdaki, asta-sekin hamma 
narsa – kiyim-kechak, uylar, mashinalar va boshqa narsalar bir xil bo’lib borayapti. 
Yagona umumjahon standartlari, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotning umumiy 
shakllari: demokratik me’yorlar va tamoyillarning rivojlanishi, erkaklar va ayollarning 
teng huquqliligi, parlamentga saylovlar va hokazolar barcha mamlakatlarni qamrab 
olmoqda. Natijada yaqin orada dunyo madaniyati ozmi-ko’pmi farqlar bilan bir 
xillashib, fuqaroviy o’xshashlik etnik farqlardan ustunlik qiladi, deb fikr bildirishga 
amaliy va nazariy asos yuzaga keladi. 
Nihoyatda jiddiy bitta holatni soqit qilganda, hamma narsa yaxshi bo’lardi, albatta. 
Gap shundaki, madaniyatlarning bu tarzda qo’shiluvi ularning xilma-xilligi yoki 
boshqacha so’z bilan aytganda, sayyoramiz madaniy ekologiyasi uchun o’ta salbiy 
oqibatlarga olib keladi. Hamma narsa universallashib, umumiy qiyofa va mazmun kasb 
etib, kuchli davlatlar bilan iqtisodiy raqobatga dosh berolmaydigan kichik millatlarning 
ko’lam va ahamiyat jihatdan juda ulkan madaniyatlari yo’q bo’lib ketishi mumkin. Bu 
sayyoramiz uchun katta yo’qotish bo’ladi. Hamma bir xil uy, mashina, kiyim-kechakka 
va hokazo mulkka ega bo’ladi, lekin inson hayotida eng muhimi shumi? Sanoatlashuv 
asrining “seriyali” tartibi yana, biroq bu safar ancha yuksak darajada qaytib keladi. Bu 
kelajakdagi dunyo taraqqiyotining o’ta nomaqbul yo’lidirki, bunga yo’l qo’ymaslik 
kerak. Fuqaroviy hamda etnik asliga o’xshashlikni baravar tutish, birinchisining 
ikkinchisidan so’zsiz ustuvorlik qilishiga imkon bermaslik lozim. 
Misol uchun oladigan bo’lsak, O’zbekistonda o’zbeklar bilan bir qatorda tatarlar, 
qozoqlar, ruslar, koreyslar va boshqa millatlar yashashadi. Fuqaroviy o’xshashlikning 
ustunlik qilishi shuni anglatadiki, hozir Amerikada bo’layotganidek, ular o’zlarini 
tatarlar, koreyslar, ruslardan chiqqan o’zbekistonliklar deb atay boshlaydilar. Asta-sekin 
kiyinish, taomlar, urf-odatlar va hokazo sohalarda milliy o’ziga xos xususiyatlarni 
yo’qotish yuz beradi. Hamma narsa universallashib, umumlashib ketadi va ma’lum 
1
Қаранг: Хантингтон С. Кто мы? Вызовы американской национальной идентичности. Ингл. тилидан А.Башкиров 
таржимаси. – М.: ООО “Издательство АСТ”; ООО “Транзиткнига” , 2004. – Б. 423. 


87 
yillar o’tib o’zbekni rusdan,tojikni tatardan ajratib bo’lmay qoladi. Bundan kim 
yutadiyu, kim yutqazadi? O’ylaymizki, shunday holat yuz bergan, ayniqsa, dunyo 
miqyosida voqe bo’lgan taqdirda, butun jahon madaniyati uchun jiddiy yo’qotish kelib 
chiqadi, chunki boy xilma-xillik, rang-baranglik yo’qqa chiqariladi. 
Individning o’z-o’ziini himoya qilishining shaxsiy ko’rinishlari haqida gapiradigan 
bo’lsak, ularning turlari juda ko’p. Mutaxassislar ulardan ettitasini negiziy turlar sifatida 
ajratib ko’rsatadilar: o’rnini egallash, proektsiya, o’rnini qoplash, regressiya, bostirish, 
inkor etish, munosabat bildirish va aql-zakovatni ishga solish. Psixologiyaga oid 
adabiyotlarda ularning har biriga doir tushuntirishlar beriladi. Umumlashtirib 
baholanadigan bo’lsa, ularni individ ongiga yot axborot bostirib kirishiga qarshi 
muhofaza mexanizmi, deb ta’riflash mumkin. 
Davlat, jamiyat va individning o’z kuchlari birlashtirilgan holdagina individni 
axborot-psixologik himolash algoritmini yaxlit bir dastur sifatida ishlab chiqish mumkin 
bo’ladi. Ushbu ijtimoiy birliklarning har biri o’ziga xos vazifalarni va shu bilan birga 
himoya tadbirlarini amalga oshirishning umumiy, jamlangan ravishda o’sha himoyani 
ta’minlaydigan qoidalarini bajaradi. Ushbu birliklarning hech biri alohida holda 
himoyani ta’minlashga qodir emas. Buning sababi shundaki, inson ongiga ta’sir 
o’tkazish quyidagi ikki jihatga ko’ra g’oyat mushkul sanaladi: 1) inson ongi murakkab 
strukturaviy-funktsional 
tuzilma 
hisoblanadi; 
2) 
ongga 
ko’rsatiladigan 
axborot-psixologik ta’sir turlari ham murakkabdir. 
Aniqroq qilib shunday deyish mumkin: faqat davlat-jamiyat himoya mexanizmi 
negizidagina individ o’z-o’zini himoya qilishni tashkil eta oladi. Ayni bir vaqtda 
shubhasizki, agar shaxs o’zida axborot immuniteti tizimini hosil qilishni xohlamasa, 
o’z-o’ziini muhofaza qilmasa, unga hech bir qonun yoki axloqiy yo’riqnoma yordam 
bera olmaydi. Axborotlashgan zamonda shaxsga axborot yordamida ta’sir 
ko’rsatishning farqli jihati va o’ziga xos sifati shundan iborat.

Download 1,7 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish