• Ijtimoiy sohada.
  • Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/73
    Sana18.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #100951
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Iqtisodiy sohada. Birinchidan, jahon bozorining tobora kengayib borayotganligi, 
    rivojlangan 
    mamlakatlar 
    ishlab 
    chiqarish 
    texnologiyalarining 
    dunyoni 
    zabt 
    etayotganligi, rivojlanish yo’liga chiqqan davlatlarning ilg’or texnologiyalarga ehtiyoji 
    oshib borayotganligi iqtisodiy qaram siyosatning vujudga kelishiga yo’l qo’ymasligi 
    lozim. Teng huquqli hamkorlik, davlatlarning katta-kichikligidan qat’i nazar, jahon 
    hamjamiyatning teng huquqli sub’ekti sifatida har tomonlama aloqalarni va hamkorlikni 
    1
    Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг БМТ Бош Ассамблеясининг 48-сессиясидаги маърузаси. 
    – Т.: “Ўзбекистон”, 1993. – Б. 24. 


    92 
    yo’lga qo’yish, kichik davlatlar suverenitetini hurmat qilish kabi huquqiy, iqtisodiy, 
    siyosiy, ma’naviy, axloqiy kamolotni taqozo etadi. 
    Ikkinchidan, madaniyatlarning o’zaro ta’siri kishilik jamiyati mohiyatini ham 
    birmuncha o’zgartirmoqda. Rivojlangan davlatlar zamonaviy ishlab chiqarish 
    texnologiyalarining taraqqiyot yo’liga chiqib olayotgan davlatlarga kirib kelayotgani 
    faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy hodisa emas. Bu ayni paytda odamlar tasavvuri va 
    tafakkurini o’zgartirib yuboradigan, yangicha qarashlarni keltirib chiqaradigan voqelik
    bo’lib, yalpi jahon ishlab chiqarish maydonining vujudga kelayotganidan, hamma uchun 
    umumiy bo’lgan ulkan “xonadon” shakllanayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga 
    milliy madaniyat bilan jahon madaniyati uyg’unlashib borayotganini ham ko’rsatadi. 
    Demak, hayotimizga ilg’or texnologiyalar bilan birga yangicha qarashlar va o’ziga xos 
    madaniyat ham kirib keladiki, ular ta’sirida milliy madaniyatlar ma’lum darajada o’z 
    qiyofasi va mazmunini o’zgartirishi mumkin. 
    Ijtimoiy sohada. Davlatlararo hamkorlik, rivojlanayotgan mamlakatlarga 
    beriladigan yordam eng avvalo beg’arazlik mohiyatini yorqin namoyon etmog’i lozim. 
    Turli qo’poruvchilik harakatlari, manfaatlar ustuvorligi, ijtimoiy yordam niqobidagi 
    buzg’unchilik kayfiyatlaridan xoli bo’lgan chinakam do’stlik va sog’lom 
    manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik yo’lga qo’yilmog’i kerak.
    Madaniyatlararo integratsiya eng avvalo ma’naviy-axloqiy va ma’rifiy mezonlar, 
    umuminsoniy qadriyatlar o’lchovlari va tan olingan me’yorlar asosida qurilmog’i lozim. 
    Aks holda katta xalqlar ruhiyatida milliy xudbinlik, milliy kalondimog’lik, milliy 
    manmanlik va asta-sekinlik bilan dunyo madaniyatiga egalik qilish illatlari xuruj qilib 
    qolishi mumkin. Bu ayni paytda o’zining ayrim salbiy jihatlarini namoyon etmoqda. 
    Xususan, hozirgi zamon tsivilizatsiyasi nuqtai nazaridan kichik xalqlar va davlatlarni 
    urush, qon to’kish yo’li bilan emas, asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich milliy 
    o’zligidan ayirish, milliy an’analariga va urf-odatlariga zarba berib, ularning tarixiy 
    ildizlarini qirqish tendentsiyasi ustuvorlik qilayotir. Bunga jahon axborot bozori tobora 
    kengayishda davom etayotganligi, xususan Internet tizimi rivojlanib borayotganligi, bir 
    jihatdan, hozirgi zamon tsivilizatsiyasining nodir va mo’’jizakor yutug’i bo’lsa-da, 
    ikkinchi tomondan, buzg’unchi g’oyalar, tajovuzkor mafkuralar osonlik bilan kirib 
    kelishiga yo’l ochib berayotgan, o’z tarixi va madaniyatiga ega bo’lgan xalqlar va 
    millatlar fikrini chalg’itayotgan qudratli vositaga aylanib bormoqda. 
    Ayrim mamlakatlarda faoliyat ko’rsatayotgan nodavlat tashkilotlar o’z nizom va 
    dasturi doirasidan chiqib ketib, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ishlar 
    bilan shug’ullanayotgani, fuqarolar fikrini chalg’itib, barqaror turmush tarziga raxna 
    solayotgani ma’lum bo’lib qolayapti. Bunday g’oyaviy qo’poruvchiliklarning oldini 
    olish uchun vaziyat mahalliy jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar va harakatlar 
    faoliyatini jiddiy ravishda kuchaytirishni taqozo etmoqda. Ayni paytda O’zbekistonda 
    to’rtta siyosiy partiya, besh mingdan ortiq jamoat tashkiloti, “Kamolot” yoshlar 
    ijtimoiy harakati samarali faoliyat ko’rsatayotgani tufayli mamlakatimizda bunday 
    salbiy oqibatlarga chek quyilayotir. Ular o’z nizomi va dasturida belgilangan 
    vazifalarini bajarishda mavjud tajribalarni boyitib, jamiyatda yakdillik va hamjihatlikni 
    ta’minlashda ishtirok etishayapti. 
    Mafkuralar qarama-qarshiligi xususida gapirar ekanmiz, turli madaniyatlar, urf-
    odatlar, xususan, kiyinish, o’zaro muomala madaniyati va, ayniqsa, qo’shiqchilik 
    san’atining odamlar hissiyotiga tez ta’sir o’tkazish imkoniyatlarini jiddiy nazarda tutish 
    va nazorat qilish lozim. Chunki inson tabiatan qanchalik axloqli, tarbiyali bo’lmasin, u 


    93 
    engiltaklikka, engil yashashga, rohat-farog’atga moyil jonzot. Chunki xuddi ana shu 
    moyillik fazilatlar rivojlanishidan ko’ra illatlar avj olishini engillashtiradi. O’zbekiston 
    Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Aslida, mening nazarimda, odamning qalbida 
    ikkita kuch - bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o’zaro kurashadi. Afsus bilan 
    ta’kidlash lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan 
    ko’ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo’zg’atib yuborish 
    osonroq”
    1
    , - deganida, jumladan, inson fenomenidagi ana shu illatlarini ham nazarda 
    tutgan edi. Demak, ushbu haqiqatdan kelib chiqib aytish mumkinki, Forobiy, Beruniy, 
    Shekspir, Navoiy, Gyote, Pushkin va Boburlarni tarbiyalab etkazishdan ko’ra Ben 
    Laden, Shomil Basaev va Tohir Yo’ldoshlarni etishtirish osonroq. Inson qonidagi 
    xudbinlik, manfaatparastlik, engil yashashga ishtiyoqmandlik, jonini koyitmasdan 
    farovon yashashga ehtiyojning kattaligi, qanday g’oya va maqsad yo’lida bo’lmasin, 
    tekin keladigan boylikka tez sotilish imkonini beradi. Insonning ana shu fojiaviy 
    qismatidan kelib chiqib aytish mumkinki, har qanday erkin, demokratik jamiyatda inson 
    qanchalik ozod va hur yashamasin, u ma’naviy-axloqiy me’yorlar, qonun belgilab 
    bergan chegara doirasidagina ozod va daxlsiz bo’lishi mumkin. Bu bugungi dunyo 
    ma’rifatini, madaniyatini belgilaydigan ulkan qadriyatdir. 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish