• Ikkinchidan
  • Individni oila, jamoa, ishlab chiqarish, jamiyat va davlat tomonidan




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/73
    Sana18.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #100951
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    4. Individni oila, jamoa, ishlab chiqarish, jamiyat va davlat tomonidan 
    himoyalash shakllari 
    Individning axborot-psixologik himoyasi shu qadar murakkab ishki, bu borada 
    hammaning: oila, mahalla, ishlab chiqarish jamoasi, do’stlar davrasi, jamiyat va 
    davlatning kuch-g’ayratini birlashtirish zarur. Albatta, individning o’z-o’ziini himoya 
    qilishi ham katta rol o’ynashi lozim. 
    Axborotdan himoyaning ushbu har bir turida umumiy xususiyatlar, barcha 
    shakllarga to’g’ri keladigan jihatlar mavjud. Biroq muayyan bir tur uchun maxsus, 
    o’ziga xos xususiyatlar ham bor. Shuning uchun ham bu erda mazkur shakllarning biri 
    ikkinchisining to’liq o’rnini bosishi, o’zaro bir-birini almashtirishi mumkin emas. 
    Ushbu tizimda ularning har qaysi o’z o’rniga ega va o’zining mustaqil rolini o’ynaydi.
    Oilada yot axborotdan o’zini himoya qilish nimani anglatadi? Bola tug’ilganidan 
    balog’at yoshiga etgunigacha oila sharoitida o’sib-ulg’ayadi. Bu ancha uzoq muddat 
    bo’lib, vaqti-vaqtida hovliga o’ynashga chiqishini hisobga olmaganda, bolalar 
    bog’chasiga borguniga qadar u doimo mazkur yagona axborot muhitida kun kechiradi. 


    83 
    Psixologlar bekorga bu davrni inson hayotining eng mas’uliyatli davri deb 
    hisoblamaydi. Hayotining dastlabki yillarida individ juda tez sur’atlarda bilim va 
    dunyoni bilish ko’nikmalarini egallab boradi. U ko’proq instinktiv darajada bo’lsa ham, 
    atrofdagi voqelikni o’rganadi. Biroq keyingi ilmiy yutuqlar, aniqrog’i Karl Yung ishlab 
    chiqqan arxetiplar ilmi nuqtai nazaridan qaraganda, bilishning qaysi darajasi, onglimi 
    yoki instinktiv daraja to’g’riroq va faolroq ekanligi hali noma’lum, deyish mumkin. 
    Oilada bola ilk qadamlarini qo’yadi, o’yinchoqlar o’ynay boshlaydi, dastlabki 
    teleko’rsatuvlarga tikiladi, qiziqarli rasmlarni tomosha qiladi, bo’yashga mo’ljallangan 
    albomlarga chizadi. Aynan shu tariqa u ilk bosqichda juda katta axborot hajmini o’ziga 
    singdirib, shaxs sifatida shakllanadi. Albatta, bunday shakllanish ommaviy axborot 
    vositasining ishtirokisiz yuz bermaydi, garchi bu hali Bi-bi-si yoki O’zbekiston 
    teleradiokompaniyalarning siyosiy eshittirish yoki ko’rsatuvlari bo’lmasa ham.
    G’oyat muhim jihat shundan iboratki, individning umumiy ijtimoiy davraga 
    kirishish davri yakuniga etguniga qadar oila, bolalar bog’chasi, maktab va oliy o’quv 
    yurti bilan bir qatorda ko’cha ham unga etarlicha kuchli ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun 
    u ommaviy axborot vositalarining bu muhitga oid ma’lumotlarini ham o’ziga, ayniqsa,
    faollik bilan singdirib boradi. “Murakkab yosh” deb ataladigan davrda “ko’cha 
    axboroti” samaradorligi yuqori cho’qqisiga chiqadi. 
    Jamoa-qavm (mahalla) himoyasi ham individ uchun juda muhim hisoblanadi. 
    Jamoa boshqa sharoitlarda, masalan, o’rganish qiyin bo’lgan narsalarni – jamoachilik 
    tuyg’usini, o’zaro yordam va biri-birini qo’llab-quvvatlashni o’rgatadi. Bu hali hammasi 
    emas, boz ustiga – asosiysi ham emas. Individ mahallada oila sharoitida berilmaydigan 
    yoki berish imkoni bo’lmagan dastlabki bilimlarni, aniqroq aytganda – “hayot” deb 
    atalmish o’yinning xolis, ba’zida esa ayovsiz qoidalarini egallay boshlaydi. Ota-onalar 
    o’z farzandlarini ana shunday ayozli shamollar oqimidan asrashga intiladilar. Mahalla 
    va ko’cha individ o’zi uchun yangi, noma’lum dunyoni ocha borishiga yordam beradiki, 
    oilada o’qtirganlaridek, unda hamma narsa ham silliq va ko’ngildagidek emasligi ayon 
    bo’ladi. Shuning uchun mahalla va ko’cha ham insonning ustozlaridir. 
    Individning oila, bolalar bog’chasi, mahalla, maktab va oliy o’quv yurtidan keyingi 
    o’qituvchisi uning ishlab chiqarish jamoasidir. Maktab va oliy yurtidagi singari bu erda 
    ham rasmiy siyosat qo’shiladi, shaxsga nisbatan davlat va jamoatchilik nazorati, rag’bati 
    va jazosi namoyon bo’ladi. Inson ishlab chiqarish jamoasi bag’rida ancha uzoq davr, 
    butun etuk hayoti davomida, o’rta hisobda 20 yoshdan to pensiya yoshigacha, 
    ko’pincha hatto undan uzoqroq muddat bo’ladi. Mehnat jamoasi muhim va jiddiy 
    tarbiyachi hisoblanib, bu erda endi oilaga va mahallaga xos “kechirishlar” bo’lmaydi. 
    Bu erda o’zaro axborot almashuvi yuz beradi, individning olayotgan ma’lumotlarini 
    elakdan o’tkazadi. U hamkasblari tajribasida o’zi eshitgan xabarlarni, jumladan 
    ommaviy axborotni tanqidiy baholashni o’rganadi. Odatda, mehnat jamoasida barcha 
    yangiliklar qizg’in muhokama qilinib, ularga xolis baho beriladi, voqealarga qo’shib, 
    orttirib aytilgan, ishonchsiz, ochiqchasiga yolg’on jihatlar chiqitga chiqariladi. Jamoa 
    mavjud ommaviy axborotni tanqidiy baholagan holda, hamma narsani joy-joyiga 
    qo’yishga harakat qiladi. 
    Jamoaning beshinchi turi ijtimoiy himoya bo’lib, axborotlashuv davriga qadar u hal 
    qiluvchi ahamiyatga ega emasdi. Individning yot axborotdan davlat tomonidan 
    muhofaza qilinishi bosh masala edi. Lekin axborotlashgan zamon ustuvorliklarni keskin 
    o’zgartirib yubordi. Endilikda insonga yaqinroq bo’lgan va uni erkin dunyoga xos bosh 


    84 
    mezonlar – umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida himoya qila oladigan jamiyat, 
    jamoatchilik asosiy kuchga aylandi. 
    Axborotlashgan davr birinchi darajali bo’lmasa, o’z ahamiyatini saqlab qolmoqda. 
    Davlatsiz samarali himoya bo’lishi mumkin emas, chunki u jamiyatning birinchi 
    mudofaachisi hisoblanadi. Afsuski, ko’pgina mamlakatlarda salbiy ommaviy 
    axborotdan davlat muhofazasi - bu saytlarni taqiqlash, oliy o’quv yurtlari va 
    maktablarda nazorat qilish va o’z vatanigagina tegishli axborotni targ’ib etishdan iborat 
    bo’lib qolayotir. Davlatning tabiati unga fuqaro bilan so’zsiz ishonch qozongudek 
    masofada yaqinlashuvga doimiy, uzluksiz yo’l qo’ymaydi. Bunday masofaga erishish 
    har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim vazifa deb hisoblaymiz. Bu masofani jamiyat 
    tashkillashtirishi mumkin. Modomiki davlat eng avvalo kuch sanalar ekan, bu erda 
    o’zaro ishonch bo’lishi lozim va muhimroqdir. Bu ishonchni esa jamiyat hosil qiladi. 
    Individni xorijiy ommaviy kommunikatsiya vositalaridan himoya qilishning o’ziga 
    xos xususiyatlari nimalardan iborat? Bu erda asosiy xususiyat shundaki, ular o’zlari 
    bilmagan holda bizning milliy qadriyatlarimizni unutishga harakat qilishadi. 
    O’zbekistonliklar milliy qadriyatlar ikkinchi darajali hisoblanib, mavjud bo’lmagan 
    ilmiy kommunizm va KPSS tarixi qadriyatlari ilgari surilgan sobiq Ittifoq davrida buni 
    boshdan o’tkazgan edilar. Xalqaro OAV beadablarcha, lekin mohirona ish qilishadi. 
    Kishilarga yot bo’lgan axborotni shu tarzda etkazadilarki, odamlar unga ishonib qo’ya 
    qoladilar. 
    Bu o’rinda bir necha omillar xalqaro ommaviy axborot vositalari foydasiga 
    ishlaydi. Birinchidan, bu sayyoramiz panoramasi. Shubhasizki, insonga boshqa 
    qit’alar, mamlakatlarda nimalar bo’layotgani har doim qiziq. Unga o’z mamlakati 
    yangiliklari etarli emas, u ko’proq narsani bilgisi keladi va xorijiy ommaviy axborot 
    vositalari shundan ustalik bilan foydalanadilar. Ikkinchidan, ular yangiliklarni juda 
    mohirona taqdim etishadi. Buning uchun zarur bo’ladigan texnologiyalarga, maxsus 
    effektlarga egadirlar. Uchinchidan, axborotning mavzu jihatdan keng qamrovli bo’lishi 
    ta’minlanadi, materiallarga qarab ko’z uzib bo’lmaydigan mavzularni kiritadilar. 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Individni oila, jamoa, ishlab chiqarish, jamiyat va davlat tomonidan

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish