• To’rtinchidan
  • Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/73
    Sana18.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #100951
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Ikkinchidan, turli fe’l-atvorga, tabiatga ega bo’lgan, o’z manfaati ustuvorligiga 
    intilayotgan siyosiy sub’ektlar o’rtasidagi o’zaro muvofiqlikni ta’minlash. Davlatlararo 
    va mintaqalararo munosabatlarda bir-biridan qochish emas, bir-biriga intilish kayfiyatini 
    yaratish, jahon muammolarini hal etishda sog’lom g’oyalarga tan berish ruhiyatini 
    shakllantirish. 
    Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti cheksiz darajada rivojlanayotgan bir paytda 
    uning keng imkoniyatlarini umumiy taraqqiyot yo’liga safarbar etish kayfiyatining 
    ustuvorligini ta’minlash. Aks holda g’ayriaxloqiy va g’ayriinsoniy kayfiyatdagi fuqaro 
    qudratli texnologiyalarni jamiyat ravnaqiga zid bo’lgan g’oyat xatarli maqsadni amalga 
    oshirishga ishlatishi mumkin. Bu, ayniqsa, xalqaro terrorizm, narkobiznes, diniy 
    ekstremizm singari global fojialarni boshqarishda, davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni 
    chalkashtirishda, bank, moliya-kredit tizimini izdan chiqarishga xizmat qilishining 
    ehtimoli ham katta. 
    To’rtinchidan, axborot texnologiyalarining beqiyos imkoniyatlarini, ulkan
    qudratini to’la-to’kis inson hayotiga tatbiq etishni, inson taqdiriga xizmat qildirishni 
    ta’minlaydigan eng zamonaviy va samarali boshqaruv mexanizmini iqtisodiy, ijtimoiy, 


    96 
    ma’naviy, ruhiy va siyosiy sohalarda yuksak madaniyat bilan unumli foydalanish 
    asosida tashkil etish. 
    Ma’lumki, har bir fuqaro o’z shaxsiy nuqtai nazari, qarashlari, ma’naviy-ma’rifiy, 
    axloqiy-ruhiy imkoniyatlari doirasidagina faoliyat ko’rsatadi, o’z olami hududida 
    yashaydi va tashqi olamga o’z aqli darajasida shaxsiy munosabatini bildiradi. Har bir 
    individ mustaqil inson sifatida tabiiy-biologik kamolotidan va ruhiy ehtiyojidan kelib 
    chiqib o’ziga mos mafkurani qabul qiladi, uni tahlil etadi, uning atrofida mushohada 
    yuritadi, fikrlaydi va ana shu tahlillar asosida shaxsiy xulosasiga ega bo’ladi. Natijada u 
    yoki bu tarzdagi o’z nuqtai nazarini shakllantiradi.
    Demak, har qanday mafkuraning mazmuni, mohiyati, ta’sir etish darajasi, 
    jamiyatga foydali yoki zararli bo’lishi, kishini ezgulikka yoki yovuzlikka da’vat etishi 
    bilan “shaxs-jamiyat-davlat” mutanosibligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Ana shu 
    jihatdan qaraganda, milliy manfaatlarni asrash va rivojlantirishda axborot-psixologik 
    xavfsizlikni ta’minlashning roli yana ham oshadi.
    Jamiyatni boshqarish bugungi muammolari hozirgi zamon me’yorlari asosida 
    kishilik taraqqiyotini ta’minlashning yangi usul va uslublarini qidirib topish zaruriyatini 
    keltirib chiqardi. Jumladan, siyosiy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik 
    hamda mafkura tizimini boshqarish kabi qator bir-biriga uzviy bog’liq yo’nalishlarda 
    boshqaruvning eng maqbul uslubini topishni, bevosita hokimiyat va unga ishonchni, 
    jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlashda fuqarolar yakdilligini, ma’naviy va 
    g’oyaviy birligini ta’minlashni taqozo qilmoqda. 
    Jamiyat shu darajada shakllanishi lozimki, uning a’zolari tig’iz axborotlar 
    bozoridan butun millat manfaatiga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam 
    beradigan mafkurani tanlay olsin. Axborot olish kafolati bevosita shaxsiy manfaatdan 
    ustun turadigan, umummilliy manfaatga daxldor bo’lgan qadriyatga aylanmog’i lozim. 
    Ana shunday sharoitda qanday mazmundagi mafkurani tarqatishni man etishning, 
    jamiyatning psixologik holatiga salbiy ta’sir etuvchi, ijtimoiy, milliy, etnik, diniy 
    tafovut va kelishmovchiliklarni kuchaytiruvchi, zo’ravonlik va urushni targ’ib qiluvchi, 
    pornografiya, maishiy buzuqlik, shaxslar mavqei, obro’si va sha’niga salbiy ta’sir 
    ko’rsatuvchi axborotlarni chegaralashning norasmiy, vijdon bilan bog’liq bo’lgan, 
    sog’lom aql va yuksak ma’naviyatga tayangan ma’naviy-ruhiy me’yorlari vujudga 
    keladi.
    Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi ana shu tarzda ma’naviy-axloqiy 
    mezonga aylanadi. Erkin shaxs va ozod kishilar jamoasi bo’lgan fuqarolik jamiyati 
    sharoitida axborot-psixologik xavfsizlikning o’ziga xos tizimlari shakllanmog’i lozim. 
    Bu bevosita OAV faoliyatiga va unda xizmat qiladigan axborot oluvchi, saqlovchi va 
    tarqatuvchi xodimlarning siyosiy saviyasiga, kasb mahoratiga va eng muhimi – ularning 
    mafkurasiga, fuqarolik pozitsiyasiga, jamiyat ishiga daxldorlik tuyg’usiga bog’liq. 
    Zotan, axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning bosh mezoni va asosiy tayanchi – 
    millatparvarlik, vatanparvarlik, fidokorlik tuyg’usidir. 
    Albatta, axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning o’ziga xos asoslari bor. 
    Bular: 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish