119
ma’naviyatga asoslangandir. A’zolarining aksariyat qismi ma’naviy etuk bo’lgan
jamiyatgina etuk fuqarolik jamiyati bo’la oladi.
Fuqarolik jamiyati bilan aniq tsivilizatsiya orasidagi o’zaro munosabatlar masalasi
ham qiziqarlidir. O’z mohiyatiga doir xususiyatlariga ko’ra bunday tamaddun davlatga
qaraganda jamiyatga yaqin turadi. Davlat ham, jamiyat ham dunyoviy bo’lishi mumkin,
biroq davlatga nisbatan jamiyat o’z tamadduniga yaqinroq turadi.
Davlat mamlakat
turmush tarzining qobig’i bo’lsa, jamiyat uning mazmuni, mohiyati hisoblanadi.
Axborotlashuv davrida demokratik davlat barbod bo’lishi yoki kuchli fuqarolik
jamiyatiga aylanmagan holda, buzilib, diktatorlik tarzini kasb etishi mumkin.
Mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikka oid ko’pchilik takliflar negizida ularning
milliy manfaatlari yotadi. Ba’zi mutaxassislar va davlatlarning to’g’ri g’oyalari
boshqalar tomonidan qabul qilinmaydi. Lekin milliy o’ziga
xoslikni ham, umuman er
yuzidagi hayotni ham saqlab qolishning o’zga yo’li yo’q.
Yangi jamiyat qurishning Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan beshta
tamoyilidan
birini eslash joizki, unga binoan O’zbekistonda davlat islohotlar
tashkilotchisidir. Bu tamoyil kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tishda asos
bo’lib xizmat qiladi, biroq ayni bir paytda u ob’ektiv qarama-qarshilikka ham ega.
Ushbu qarama-qarshilikning
mohiyati shundan ibratki, fuqarolik jamiyatiga o’tilishiga
boshchilik qilayotgan davlat asta-sekin o’z vakolatlaridan fuqarolik jamiyati foydasiga
voz kecha borishi kerak. Vaqti kelib uning zimmasida ko’proq mudofaa, ichki
xavfsizlik, soliq tizimi va davlatchilikni tashkil qilishga doir boshqa vazifalar saqlanib
qolishi lozim. Jamiyatni boshqarishning
boshqa shakllarini davlat ixtiyoriy ravishda
boshqa fuqarolik institutlariga berishi darkor. Gap shundaki, ko’p
sonli davlat
xizmatchilari o’z hokimiyatidan va uning bilan bog’liq imtiyozlari hamda
vakolatlaridan ko’ngilli ravishda voz kechishlari lozim bo’ladi, bu esa jiddiy
qiyinchiliklarni vujudga keltiradi.
Bunday muammo faqat O’zbekistongagina xos emas. Shu ma’noda A.I.Solovev
G’arbga oid diqqatga sazovor fikr bildirgan. U shunday yozadi: “G’arbda davlat
ma’muriyatini isloh qilishga doir choralarning qariyb 70 foizi boshqaruv sohasidagi
aksiologik tuzilmalarni (axloq-odob kodekslari, ma’naviy rag’batlantirish
tizimi va
amaldorlarning boshqa “axloqiy yutuqlari” me’yorlarini) takomillashtirish bilan
bog’liq”
1
. O’ylaymizki, hech bir davlatda hokimiyat tepasida turgan tuzilmalar o’z
vakolatlarini, ayniqsa, ularga moddiy yoki siyosiy dividendlar olib keladigan
vakolatlarni jamoat tashkilotlariga ixtiyoriy ravishda topshirishga moyil emasdirlar.
Biroq fuqarolik jamiyatini qurish – hozirgi davrning global qouniyati hisoblandi.
Shuning uchun bu ishni ayrim davlat xizmatchilarining manfaatlaridan qat’i nazar, lekin
ayni paytda ularning shaxsiy huquqlarini poymol qilmagan holda amalga oshirish lozim
bo’ladi.