Takrorlash uchun savollar
1. O’zbekiston ommaviy axborot vositalarining mustaqillik davridagi tadrijiy
rivojlanishi.
2. Respublika ommaviy axborot vositalarining bugungi kundagi tizimi.
3. O’zbekiston matbuot tizimiga tavsif.
4. Mamlakat radio va televidenie tizimiga tavsif.
5. O’zbekiston ommaviy axborot vositalari xalq ruhiyatining himoyachisi
sifatida.
6. Fuqarolarning axborot olish kafolatlarini ta’minlash – axborot xavfsizlikning
asosiy printsipi.
7. Axborot-psixologik xavfsizlikning metodologiyasini shakllantirish zaruriyati.
8. Milliy ommaviy axborot vositalari – vatandoshlarimizning eng ishongan
axborot manbai.
Seminar uchun savollar
1. Bugungi O’zbekistonda matbuot, radio va televidenie tizimlari.
2. O’zbekistonda
Internetning
rivojlanishi.
Mamlakat
fuqarolari
va
tashkilotlarining Internetdan foydalanish amaliyoti.
3. Respublikamizda ommaviy axborot vositalari va axborot ochiqligi muammosi.
4. Mamlakatimizda axborot xavfsizligi masalasining huquqiy va ahloqiy asoslari.
9-bob. FUQAROLIK JAMIYATIGA O’TISH - AXBOROT
TAJOVUZKORLIGIDAN HIMOYALANISHNING SAMARALI SHAKLI
1. Muammoning mohiyati va uni hal etish strategiyasi
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning kuchli davlatdan kuchli fuqarolik
jamiyatiga o’tish zarurligi to’g’risidagi g’oyasi bugungi davrning ancha mushkul
muammolarini, jumladan jahon axborot makonining globallashuvi muammosini hal
etish kaliti bo’lib xizmat qiladi. Bu mazkur bob uchun markaziy fikr hisoblanadi.
Muammoning O’zbekiston doirasidagi roli mamlakatimizda chop etilgan ko’pgina
kitob va maqolalarda aks ettirilgan, bob davomida biz bularning ayrimlariga murojaat
etamiz. Lekin mahalliy tajriba, bizningcha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
g’oyasini etarli darajada tushunib olish uchun etarli emas. Chunki bu g’oya – xalqaro
ahamiyatga ega bo’lgan g’oyadir. Axborot asrining ayrim g’oyaviy bo’xtonlaridan
saqlanish maqsadida kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish nafaqat biz uchun, balki boshqa
O’zbekiston singari buyuk milliy madaniyat va qadimiy merosga ega bo’lgan
mamlakatlar uchun ham dolzarbdir. Shu sababli ushbu bobda biz davlatimiz tajribasi
bilan cheklanmasdan, undan ham ko’ra ko’proq umumjahon tajribaga murojaat
etmoqdamizki, axborot yordamidagi tajovuzkorliklardan himoyalanish va milliy
112
o’zlikni saqlashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning g’oyasi
naqadar ahamiyatli ekanligini chuqurroq anglab olish uchun.
Dastlab bu g’oya O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan
1999 yilda Oliy Majlisning XIV-sessiyasida qo’yilgan edi. Mazkur muhim masala
davlatimiz rahbari tomonidan keyingi yillarda rivojlantirib kelindi. Kuchli fuqarolik
jamiyatini shakllantirish mamlakatimiz rivojlanishining 2000 yildan keyingi bosqichida
asosiy maqsadiga aylandi, bundan oldin esa kuchli davlatni o’rnatish zarur edi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi e’lon qilingan
"Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” deb nomlangan ma’ruzasining beshinchi qismi
"Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish” deb nomlangan bo’lib,
unda shunday deyilgan: "O’zbekistonimiz bosib o’tgan keyingi o’n yillik davr
aholimizning keng qatlamlari qo’llab-quvvatlaydigan turli xil fuqarolik jamiyati
institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning jadal shakllanishi va rivojlanishi davri
bo’ldi... O’tgan davr mobaynida mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida
fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muhim
sotsial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari
qabul qilingani ham bu soha rivojiga bo’lgan katta e’tiborni ko’rsatadi”
1
. Bu so’zlar –
O’zbekiston Respublikasi o’z kundagi hayotida bosqichma-bosqich demokratiyani joriy
qilib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tayotganini dalolatidir.
Ushbu jarayonni izchil ravishda olib borilayotganini bir qator aniq dalillar bilan
isbotlanadi. 1991-2000 yillarda O’zbekistonda demokratiyaning muhim omili bo’lmish
ko’ppartiyaviylik tizimi shakllantirildi. 1996 yilning 26 dekabrida jamiyat
rivojlanishining muhim ko’rsatkichi deb hisoblanayotgan “Siyosiy partiyalar haqida”gi
Qonun kuchga kirdi. 2004 yilda ikki palatali parlament joriylandi. 2007 yil 11 aprelda
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasining
“Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi
Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
Fuqarolik jamiyatining muhim omili hisoblanmish ommaviy axborot vositalari
sohasida ham chuqur o’zgarishlar ro’y berdi, bu haqda yuqoridagi boblarda so’z
yuritilgan edi. Hatto, O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 15 yanvardagi O’RQ-78
son bilan tasdiqlangan “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida (yangi tahriri)”
Qonunining 8-moddasida ommaviy axborot vositalari faoliyatida ilgari man etilgan
xorijiy investitsiyalarga yo’l ochib berilgan, agar chet el investitsiyalar ulushi o’ttiz
foizgacha bo’lsa.
Mamlakatimizda nodavlat ommaviy axborot vositalari sektori tez sur’atlarda
rivojlanmoqda. Buni 2012 yilining o’rtalarida tele- va radiokanallarning 66 foizini,
bosma nashrlarning 50 foizdan ko’pini nodavlat ommaviy axborot vositalari tashkil
etganidan ham bilsa bo’ladi.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishi nodavlat notijorat tashkilotlarnining
faol ishtiroqida amalga oshirilmoqda. Agar 2001 yilda mamlakatda 2300ta NNT
faoliyat yuritgan bo’lsa, bugungi kunda ularning soni 5200dan oshdi. NNTlar
iqtisodiyotni va sud-huquqiy tizimini liberallashtirish, OAVni demokratlashtirish,
1
“Халқ сўзи”. 2010. 13 ноябрь.
113
xorijiy siyosiy partiyalarning tajribasini o’rganish, ayollar va yoshlar huquqlarini
himoya qilish singari vazifalarni hal etishda qatnashmoqdalar.
Shu bilan bir qatorda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ustuvor yo’nalishlar deb
topilgan “Kamolot” yoshlar harakatini, fuqarolar o’z-o’zini boshqarish organlarini,
kasbiy va kasaba uyushmalarini qo’llab-quvvatlash yuli bilan ham amalga
oshirilmoqda.
Oldingi
boblarning
materiallari
ko’rsatganidek, bugun globallashtirish
tashabbuskorlari ishlab chiqayotgan ommaviy axborot butun er yuzini qoplab olgan.
Aytib o’tish lozimki, dunyoning ko’p bora tilga olingan etakchi telekanallari vositasida
tarqatilayotgan dasturlarda nafaqat yaxshilik tashuvchi axborot, balki soxta ma’lumotlar
ham yanada jadalroq sur’atlarda globallashib borayapti. Madaniy o’ziga xosliklar, ya’ni
jahon hamjamiyatining eng ulug’ muvaffaqiyati sanalmish xalqlarning ko’p asrlar
davomida to’plab kelgan ma’naviy boyliklari nuqtai nazaridan qaraganda, axborot
globallashuvining afzalliklaridan ko’ra kamchiliklari ko’proq bo’lsa bordirki, oz emas.
Ushbu masalada xalqaro tajribaga murojaat etaylik.
Elvin va Xeydi Tofflerlar bu haqda shunday yozishadi: “Yana bir sabab AQSh
Xalqaro taraqqiyot Agentligining sobiq direktorii Xarriet Bebbitning “Biz
yaxshiliklarimizdan ko’ra nuqsonlarimizni ko’proq globallashtiramiz” degan e’tirofida
yashirinigan”
1
. O’z-o’zidan ayonki, axborot ta’siri siyosiy va iqtisodiy ta’sirga
qaraganda kamroq ko’zga tashlanadi, lekin mazmunan olib qaraganda, jiddiyligi
ularnikidan oshib tushsa tushadiki, hech qolishmaydi.
N.G.Kozin hisoblashicha, rivojlangan davlatlar tomonidan aniq maqsadga
yo’naltirilgan axborot yordamida uyushtirilayotgan “globallashtirish boshqacharoq
ko’rinishda namoyon bo’lmoqda – tarixiy taraqqiyot ketidan etib olish mantiqini
tanlagan aksariyat mamlakatlarga muqarrar ravishda milliy iqtisodiyotlarni, tubjoy
millatlar hayotining madaniy an’analari va asosiy ma’naviy xususiyatlarini yoppasiga
yo’q qilish bilan yakunlanadigan denatsionalizatsiya, deetatizatsiya, reprivatizatsiya,
madaniy va ma’naviy jihatdan o’zgarishlar (mutatsiyalar) talablarini zo’rlab
tiqishtirmoqdalar. Hozirgi globallashtirishning tarixiy traektoriyasi va uning tajovuzkor
tarkibiy qismlari etarli darajada ravshan: ular dunyo hokimiyatining tili, tuzilmalari va
dinamikasini shakllantiradi. Biroq inson ongining tuzilmalari ustidan hukmronlik
qilmasdan, uning madaniy va ma’naviy kodlarini o’zgartirmasdan turib bunga erishib
bo’lmaydi. Amerikanizm qadriyatlari, amerikacha turmush tarzi va ular asosida yotgan
liberal siyosiy-iqtisodiy paradigma bosqini ham shundan kelib chiqadi”
1
.
Modomiki ommaviy axborot katta kuch sanalar ekan (uning aynan shundayligiga
ko’plab marotaba ishonch hosil qilganmiz), xalqaro munosabatlarda axborot
texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
AQShda ko’pgina mutaxassislar kosmopolitizmga ijobiy munosabatda bo’lganlari,
ustiga-ustak uni insoniyatning kelajagi deb bilganlari holda, milliy-madaniy
qadriyatlarni, o’ziga xosliklarni himoya qiladigan tadqiqotchilar ham yo’q emas. Ular
bozor kosmopolitizmining ma’naviy oqibatlarini sezganlaridan uni ko’klarga ko’tarib
maqtashga moyil emaslar. Shu jihatdan Elvin Toffler iqtisodiy va ijtimoiy mezonlar
nisbati haqida ochiqchasiga gapirgan: “Zamonaviy davlatlarning barchasi iqtisodiy
yutuqlarni baholash uchun puxta ishlab chiqilgan mexanizmni qo’llab-quvvatlaydilar.
1
Тоффлер Э., Тоффлер Х. Революционное богатство. Ингл. тилдан М.Султонова, Н Циркун таржимаси. – М.:
АСТ Москва: Профиздат, 2008. – Б. 124.
1
Козин Н.Г. Вызов или ответ ислама // “Свободная мысль”. 2007. № 1. – Б. 24.
114
Biz amalda har kuni ishlab chiqarish unumdorligi, narx-navo, kapital sarmoyalar va h.k.
omillar sohasida yuz berayotgan barcha o’zgarishlarning yo’nalishlarini bilib turamiz.
“Iqtisodiy indikatorlar” majmui vositasida iqtisodiyotning sog’lomligini, uning
o’zgarish sur’atini va o’zgarishlarning barchaga daxldor yo’nalishlarini aniqlaymiz. Bu
mezonlarsiz bizning iqtisodiyot ustidan nazoratimiz ancha samarasiz bo’lar edi.
Biroq biz jamiyatimiz sog’lommi yoki sog’lom emasligidan xabar beruvchi shunga
o’xshagan mezonlarga ham, taqqoslanadigan “ijtimoiy indikatorlar”ga ham ega
emasmiz. Bizda “turmush sifati” mezonlari yo’q. Bizda odamlar bir-birlariga tobora
ko’proq begona bo’lib bormayotganmikanlar, ta’lim samarasi oshayotirmi, tasviriy
san’at, musiqa va adabiyot gullab-yashnapyatimi, xushmuomalik, saxovatpeshalik va
yaxshilik rivoj topayaptimi – ana shulardan guvohlik berib turuvchi muntazam
ko’rsatkich yo’q”
1
. Mashhur olimning bunday sarosimaga tushib qolganligini tushunsa
bo’ladi. Gap shundaki, axborot davrida ijtimoiy nidikatorlar har xil –
milliy-kosmopolitik (AQShdagi singari) va aniq-milliy (O’zbekistondagi kabi) bo’ladi.
Xuddi shuningdek, turmush sifati ham moddiy va ma’naviy qismlarga bo’linadi (bu
o’rinda E. Toffler ma’naviy jihatni nazarda tutgan). Ijtimoiy indikatorlar masalasida
shuni qo’shimcha qilish lozimki, G’arbiy Evropa va ayniqsa, AQShda bozor
munosabatlari shu darajada chuqurlashib ketdiki, ular endi dastlabki samarali
milliy-ma’naviy ijtimoiy indikatorlarga qaytishga imkon bermayapti. Albatta, AQSh
davlati faqat o’z mamlakatidagina emas, balki butun dunyoda aholining nochor
qatlamlariga moddiy yordam ko’rsatib turadi. Lekin murosasiz bozor raqobati natijasida
mamlakat ancha ahamiyatli ijtimoiy indikatorlarni boy berib qo’yayotganligi ham
yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
Bu to’g’rida siyosatshunos Zbignev Bjezinskiy o’zining butun dunyoga mashhur
bo’lib ketgan “Buyuk shaxmat taxtasi“ asarida shunday deb yozadi: “Mamlakatda
ustun bo’lgan madaniyat ko’proq ommaviy ko’ngilocharliklarga moyil bo’lib, ularda
gedonistik mayllar va ijtimoiy muammolardan qochish mavzulari hukmronlik qiladi.
Buning yakuniy samarasi AQShning dunyodagi uzluksiz va ba’zida qimmatga
tushadigan etakchilik mavqeini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan zarur siyosiy
konsensusni vujudga keltirish vazifasini tobora og’irlashtirmoqda... Ustiga-ustak
AQShga ham, G’arbiy Evropa mamlakatlariga ham ijtimoiy gedonizmning madaniy
oqibatlarini va jamiyatda diniy his-tuyg’ularga asoslangan qadriyatlarning markaziy roli
keskin tushib ketganligini uddalash qiyin bo’lib chiqdi... Natijada yuzaga kelgan
madaniyat bo’hroni giyohvandlikning yoyilishi bilan, ayniqsa, AQShda uning irqiy
muammolarga bog’liqligi bilan murakkablashib ketdi. Va nihoyat, iqtisodiy yuksalish
sur’atlari endi tobora o’sib borayotgan va iste’molni birinchi o’ringa qo’yadigan
madaniyat
tomonidan
rag’batlantirib
turiluvchi
moddiy
ehtiyojlarni
qanoatlantirolmaydigan bo’lib koldi. G’arb jamiyatining eng ongli doiralarida tarixiy
bezovtalik va, ehtimolki, hatto tushkunlik tuyg’usi sezilib qolayapti, degan fikr
bildirilsa, mubolag’a bo’lmaydi”
1
.
Ushbu fikrga hech qursa ikkita sharhni qo’shib qo’yish zarur. Birinchidan, AQSh
XX asrning aksariyat qismi davomida jahondagi yalpi mahsulotning 30 foiziga ichki
mahsulot sifatida ega bo’lib keldi. Hatto tasavvurga sig’dirish qiyin bo’lgan darajadagi
ana shunday katta milliy daromad ham mamlakat aholisining o’sib borayotgan moddiy
1
Тоффлер Э. Шок будущего. – М.: “АСТ”, 2003. – 495-496-б.
1
Бжезинский Зб. Великая шахматная доска. Господство Америки и его геостратегические императивы. – М.:
“Международные отношения”, 1998. – Б. 250-251.
115
ehtiyojlarini qondirishga ojizlik qilib qolar ekan. Ikkinchidan, fikrimizcha,
iste’molchilik psixologiyasi va madaniyat bo’hroni bozor raqobati shafqatsizligining
natijasi o’laroq yuzaga chiqdiki, bunday sharoitda hamma narsadan bezor bo’lgan inson
yuksak ma’naviyatdan yiroq bo’lgan eng jo’n narsalardan orom izlab qolarkan.
Jamiyatdagi tushkunlik esa har narsaga qodir bozor va uni himoya qiluvchi qonunlar
oldidagi ojizlik oqibatidir.
Agar G’arb davlatlari o’zlaricha yashab, ma’naviy jihatdan qabul qilib
bo’lmaydigan mayllarini boshqa mamlakatlarda yoyishga hadeb urinavermaganlarida,
muammo ham kelib chiqmasdi. Lekin masala shundaki, ular o’z qadriyatlarini va o’z
ma’naviyatini o’zga dunyoga radio va televidenie (masalan, Si-en-en va Bi-bi-si
teleko’rsatuvlari), axborot agentliklarining xabarlari, yangiliklari va teleseriallar
yordamida tinimsiz yoyib kelmoqdalar. Bu boshqa mamlakatlar ichki hayotiga axborot
vositasida aralashuvdan o’zga narsa emas. Bunday qo’pol muomala hali mutaxassislar
tomonidan etarlicha tasniflanganicha yo’q, ya’ni xalqaro munosabatlarda va hujjatlarda
zarur diplomatik va huquqiy ishlanmalarni yuzaga chiqarmadi, bundan esa rivojlangan
davlatlar faol ravishda foydalanmoqdalar. U.Saidov shunda yozadi: “Bu o’rinda shuni
e’tiborga olish lozimki, hozirgi sharoitda milliy madaniyatlar emas, balki G’arb
(Amerika) va dunyo xalqlari tamadduni madaniy muloqotning asosiy omili sifatida
maydonga chiqmoqda. Shu jihatdan qaraganda, amerikalik faylasuf Frederik
Jeymisonning bugungi kunda gap globallashuv haqida emas, dunyoni amerikalashtirish
va shu asosda “madaniy bir xillashtirish (unifikatsiyalash)” haqida borayotgani
to’g’risidagi fikri muayyan asosga ega”
2
.
Rossiyalik mutaxassislar ham shunga o’xshash fikr bildirishmoqda. V.Margelov va
V.Krivojixa shunday yozishadi: “...Globallashuv darajasi shungacha borib etdiki, u
ayrim davlatlarning siyosiy tizimlari ichida o’zgarishlar keltirib chiqarmoqda. Bu
an’anaviy jamiyatlar, masalan, Sharq uchun, ayniqsa, muhimdir”
1
. Boshqacha aytganda,
axborotni globallashtirish etakchilari o’zlari yaratayotgan maqsadli axborot oqimlari
yordamida davlatlarning ichki tuzilishini ulardan ruxsat so’ramasdan g’oyaviy jihatdan
barbod qilishga qodir bo’lib qoldilar. Bunday tendentsiya yaqqol ko’zga tashlanibgina
qolmasdan, mustaqil davlatning milliy suverenligiga ochiq-oydin xavfni ham o’zida
mujassam etgandir.
Ko’rib turganimizdek, butun er kurrasi uchun mafkuraviy jihatdan mushkul kunlar
boshlandi. Ko’pgina kishilar o’zlari uchun qanday yo’l tanlashni, qanday ma’naviy
mo’ljallarga ishonishni oydin tasavvur qilolmaydilar. Yuqoridagi boblarda ayrim
mamlakatlar tomonidan boshqa mamlakatlarga axborot vositasi orqali ta’sir
ko’rsatilishining shakllari va usullari haqida so’z yuritildi. Mafkuraviy masaladagi
nuqtai nazarlarning barchasini soddalashtirilgan ko’rinishda kosmopolitizm bilan
vatanparvarlik orasidagi kurash atrofiga jamlash mumkin. Birinchi nuqtai nazarning eng
yorqin ifodachilari AQSh olimlaridir. Ularning mazkur masalaga oid fikrlarini S
Xantington bir joyga jamlagan: “Ular (hozirgi aql-zakovat egalari – Sh.M.) o’z
mamlakatlariga hamda o’z vatandoshlariga sodiqlikni rad qiladilar va umuman
insoniyat manfaatlarini himoya qiladilar. Bu mayl 1990 yillardagi olimlar
hamjamiyatiga
xosdir.
Chikago
universitetidan
professor
Marta
Nussbaum
vatanparvarlik
g’ururini “ma’naviy xavfli hissiyot” sifatida ta’riflaydi,
2
Саидов У. Оломон маданияти // “Тафаккур”. 2008. № 2. – Б. 9.
1
Маргелов В., Кривожиха В. Время террора и дилемма решений // “Международная жизнь”. 2006. № 1-2. – – Б. 48.
116
kosmopolitizmning vatanparvarlikka nisbatan odob jihatdan ustunligini isbotlaydi va
odamlar bundan buyon “dunyo bashariy hamjamiyatiga qasam ichishlarini” taklif
qiladi. Prinstonlik professor Emmi Gutman ta’kidlashicha, “amerikalik talabalarga ular
eng avvalo Qo’shma Shtatlarning fuqarolari ekanliklarini bilib olishlari uyatli bir
narsadir”. Uning fikriga ko’ra, amerikaliklar o’zlarini AQSh va boshqa bir suveren
davlat bilan emas, balki “demokratik gumanizm” bilan bo’ylashtirishlari darkor.
Nyu-York universitetidan professor Richard Sennett “umummilliy o’xshashlik
nuqsoni” ni rad qiladi va milliy suverenlik eroziyasini “printsipial ijobiy xodisa” deb
baholaydi. Kaliforniya universitetidan (San-Diego) Jorj Lipsits fikrlashicha, “yaqin
yillar ichida barcha tur va toifadagi yaramaslar vatanparvarlikdan panoh izlaydigan
bo’ladilar”. Amerika universitetidan Sesiliya O*Liri vatanparvarlikni namoyon etish
o’zini militarist, “yirtqich” va oq tanli ingliz-sakson erkak mavqeida ajratib ko’rsatishni
anglatadi. Jorjiya universitetidan professor Betti Jin Kreyg vatanparvarlik «harbiy
jasorat bilan mustahkam bog’liqligi “sababli unga hujum qiladi. Xofstra
universitetidan professor Spironing ma’qullab ta’kidlashicha, “xalqaro ma’noda “biz”
so’zini qo’llash tobora qiyinlashib borayapti. Ilgari odamlar bu so’zni o’zining milliy
davlat bilan o’zaro munosabatdoshligini ifodalash uchun ishlatishardi, biroq bugungi
kunda bu tilga olingan munosabatdoshlik aniq bir shaxsning xalqaro darajadagi
manfaatlarini va hatto sodiqligini ifodalashi shart emas”
1
.
Ikkinchi nuqtai nazarni ifodalovchilar sifatida ko’pincha Rossiya olimlari
maydonga chiqmoqdalar. Bu nuqtai nazarning mohiyati shundan iboratki, ba’zi
olimlarning fikricha, mamlakatga o’z ma’naviy qadriyatlarini qayta tiklash va
rivojlantirishda yordam beradigan davlat mafkurasini joriy etish lozim. Masalan,
S.B.Ahmetov
shunday yozadi: “Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasida
(13-modda, 12-band) aytiladiki, Rossiya Federatsiyasida mafkuraviy ko’p xillik tan
olinadi va hech qanday mafkura davlat yoki majburiy mafkura sifatida belgilanmaydi.
Fikrlashimizcha, bu o’rinda qonun chiqaruvchilar o’ylab ko’rishlari lozim bo’lgan bir
masala bor: davlat rasmiy mafkuraga ega bo’lishi mumkinmi, to’g’rirog’i – u rasmiy
mafkuraga ega bo’lmasligi mumkinmikan? “Davlat” va “mafkura” - bir-biri bilan
mustahkam bog’liq tushunchalardir. Davlat o’z vazifasini ro’yobga chiqaradigan
siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga da’vat etilgan. RF Konstitutsiyasida
(7-modda, 1-band) Rossiya Federatsiyasi ijtimoiy davlat bo’lib, uning siyosati
insonning munosib hayot kechirishini va erkin rivojlanishini ta’minlovchi
shart-sharoitlarni yaratishga qaratilganligi belgilab berilgan”
2
.
Muallif fikrining davomiga, bu gal uning mafkura bilan siyosat birligi to’g’risdagi
qarashlariga e’tibor beraylik: “Mafkura va siyosat o’zaro teran bog’liqdir. Birinchisi
ikkinchisiga ideallar va qadriyatlar tizimini in’om etadi, maqsadlarni tanlashda
yordamlashadi, siyosatni yo’naltirib turadi. Siyosat o’z mohiyatiga ko’ra chuqur
mafkuraviydir. Mafkura asosida siyosiy maqsad shakllanadi va uni ruyobga chiqarish
vositalari tanlab olinadi, bu maqsadni qo’llab-quvvatlash va unga erishishda ishtirok
etish uchun ijtimoiy qatlamlar safarbar etiladi”
3
.
1
Хантингтон С. Кто мы? Вызовы американской национальной идентичности. Ингл. тилидан А. Башкиров
таржимаси. – М.: ООО “Издательство АСТ”: ООО “Транзиткнига”, 2004. – Б. 423-424.
2
Ахметов С.Б. Роль идеологии в формировании стратегии обеспечения национальной безопасности Российской
Федерации // Национальная безопасность России: проблемы и пути обеспечения. Мақолалар тўп. 3-чиқ.
А.А.Прохожев, С.В.Смульский умумий таҳ. остида. – М.: РАГС, 2005. – 16-б.
3
Ўша жойда.
117
Muallifning so’zlari ustida jiddiy o’ylab ko’radigan bo’lsak, umuman olganda,
uning ma’lum darajada haq ekanligini anglaymiz. Milliy daxldorlik nuqtai nazaridan
mafkura, siyosat va davlat o’zaro mustahkam bog’liq tushunchalardir. To’g’ri
foydalanilgan va majburan hukmron qatlamga xizmat qildirilmagan holda, mafkura
millatning insoniyat jamiyati ichidagi o’ziga xos alohida yaxlitlik sifatida o’z-o’zini
saqlab qolishiga yordam beradi. Millatni umuman hamda uning alohida xususiyatlari va
guruhlari bilan saqlash zarur. Ushbu jarayonni davlat va jamiyat miqyosida izga solib
turish qulayroqdir.
Xullas, ko’rayapmizki, ma’naviy qadriyatlari nuqtai nazaridan zamonaviy davlat va
jamiyat qanday bo’lishi lozimligi to’g’risida ikki xil qarama-qarshi fikr mavjud. Xo’sh,
qanday yo’l tutmoq lozim? Fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish g’oyasini ilgari surish
bilan vujudga kelgan bu murakkab tanlovni muvaffaqiyatli hal qildi. Mazkur mavzu
uning asarlari va nutqlarida o’z ifodasini topgan.
|