3. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’llari
Ushbu muammoni hal etishning qanday shakllari va usullari mavjud? Fuqarolik
yo’nalishidagi ijtimoiy institutlarni har tomonlama rivojlantirish bilan bir paytda
ularning milliy o’ziga xosligini saqlab qolish O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini
shakllantirishning metodologik asosi hisoblanadi.
1
Соловьев А.И. Трансячеистые структуры как форма строения и источник саморазвития государства //
“Политические исследования “. 2006. № 6. – Б. 12.
120
Ijtimoiy institutlar nima degani? Katta izohli sotsiologik lug’at mualliflari bu
tushunchaga quyidagicha izoh beradilar: “Institut – fe’l-atvor qoidalari va
standartlashtirilgan modellarining belgilab qo’yilgan tartibi”
2
.
Atamaga “Falsafiy entsiklopedik lug’at” mualliflari ancha keng ta’rif keltirganlar:
“Ijtimoiy institut - ijtimoiy tuzilma unsuri, ijtimoiy hayotni tashkil etish va boshqarib
turishning tarixiy shakllari. Ijtimoiy institutlar yordamida odamlar o’rtasidagi
munosabatlar, ularning jamiyatdagi faoliyati, yurish-turishi tartibga solib turiladi;
ijtimoiy fe’l-atvor va xatti-harakatlarning barqaror shakllarini belgilab beruvchi ijtimoiy
me’yorlar va madaniy namunalar majmui; shu me’yorlarga muvofiq keladigan
fe’l-atvor tizimi”
3
.
Keyingi fikrdan ko’rib turganimizdek, ijtimoiy institut - g’oyat keng, lekin shu
bilan birga to’liq konkret tushunchadir. Mutaxassislarning asosiy ko’pchiligi ham
shunday fikrdadirlar. “D.Nortga ko’ra, - deb yozadi A.Kazantsev, - institutlar
mohiyatan rasmiy (qonunlar, xalqaro shartnomalar va h.k.) hamda norasmiy
(qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar) fe’l-atvor qoidalaridir…”
4
. Biz fikr yuritayotgan
mavzu uchun bu etakchi nizom bo’lib xizmat qiladi. Chunki ijtimoiy institutlar
faqatgina tashkiliy (ya’ni moddiy) tuzilmalar va huquqiy hujjatlar emasligi aniq-tiniq
bayon etilmoqda. Ma’naviy qadriyatlar – an’analar, urf-odatlar va boshqa shu kabilar
ham ijtimoiy institut hisoblanadi.
Bu jamiyatlarning milliy xususiyatlarini saqlab qolish dolzarbligi keskin
oshayotgan axborot asri uchun printsipial ahamiyatga ega. Zero, har bir xalqning
ma’naviy qadriyatlari tashkiliy va huquqiy institutlarga qaraganda minglab yillar, balki
undan ham uzoqroq davr mobaynida shakllanib kelgan. Binobarin, bir necha o’n yillik
axborot asri ularni bekor qila olmaydi va bekor qilmasligi ham kerak, chunki bu
insoniyat madaniyati uchun jiddiy yo’qotish bo’lar edi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning o’tish davrida davlat
islohotlar tashkilotchisi bo’lishi haqidagi fikriga qaytib, ta’kidlash lozimki, davlat bu
rolini faqat mamlakatimizda bozor munosabatlarining shakllanish bosqichidagina emas,
balki butun fuqarolik jamiyatiga o’tish davrida saqlab qoladi. Bunday jamiyatga o’tilishi
nuqtai nazaridan 1991-2000 yillar davlatning o’zgartiruvchilik faoliyatida dastlabki
bosqich bo’ldi, deyish mumkin. Umuman olganda, axborotlashgan jamiyatda davlatning
islohotchilik roli uning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Ommaviy madaniyat tajovuzkorligi sharoitida bu rol O’zbekistonda, eng avvalo,
milliy o’ziga xoslikni saqlab qolishdan iborat. Shunday ekan, ijtimoiy institutlarni
shakllantirish va mustahkamlash mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini qurishning
asosiy yo’nalishi bo’lmog’i lozim. Davlatimiz rahbari bunga har doim birinchi darajali
ahamiyat berib kelganligi uning ko’pgina asarlarida, imzo chekkan hujjatlarida o’z
tasdig’ini topgan. Bu hujjatlarda O’zbekistonda fuqarolik jamiyati vujudga kelishining
shu vaqtgacha bo’lgan tajribasi umumlashtirilibgina qolmasdan, uning bunday keyingi
shakllanib va rivojlanib borish yo’llari ham belgilab berilgan. Ularning asosiylari
quyidagilardir.
2
Большой толковый социологический словарь (Collins). 1-ж. (А-О). Ингл. тилидан таржима. М.: “Вече”: АСТ,
1999. – Б. 209.
3
Философский энциклопедический словарь / Л.Ф.Ильичев, П.Н.Федосеев ва бошқ. – М.: “Сов. Энциклопедия”,
1983. – Б. 209.
4
Казанцев А.А. Центральная Азия: Институциональная структура международных взаимодействий в
становящемся регионе // “Политические исследования”. 2005. №2. – Б. 78.
121
1.
O’zbekiston aholisining milliy a’analari va mentalitetini, milliy davlat qurish
bobidagi ko’p asrlik tajribasini hisobga olib, fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish,
jamiyatni boshqarish tuzilmalari sifatida hokimiyat institutlarini shakllantirish.
2.
Fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini
o’rganish.
3.
Odamlar siyosiy –huquqiy ongining tadrijiy rivojlanishi.
4.
Qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlash, aholining ijtimoiy-siyosiy
faolligini, uning jamiyat va davlat boshqaruviga jalb etilishini oshirish.
5.
Jamiyat
hayotining
barcha
sohalarida
nohukumat
va
notijorat
tashkilotlarining izchil ravishda kuchaytirib borish.
6.
Ayrim hokimiyat vakolatlarini asta-sekin jamoat tashkilotlariga berish
yo’nalishlari va mexanizmlarini ishlab chiqish, ijroiya hokimiyatI kengroq ma’noda
davlat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
7.
Sud-huquq
tizimini
demokratlashtirishni
chuqurlashtirish,
mazkur
tuzilmalarining mustaqilligi va ta’sirchanligini mustahkamlash, jamiyat hayotining
barcha sohalarida va davlat boshqaruvida qonun ustuvorligini ta’minlash.
8.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning eng muhim sharti sifatida so’z
erkinligi, siyosiy va fuqarolik erkinliklari kafolatlarini ta’minlash.
9.
Fuqarolik jamiyati tashkil topishi va rivojlanishining eng muhim shartlari
o’laroq shaxsni ma’naviy-axloqiy jihatdan kamolga etkazish va fuqarolarni ma’rifatli
qilishga, ularni va eng avvalo yoshlarni kishilar ongi va dunyoqarashiga buzg’unchi
ta’sir ko’rsatishga bo’lgan intilishlardan himoya qilishga, bu muammolarni hal etishda
oilaning rolini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
10.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida millatlararo, dinlararo
munosabatlarni tahlil qilish; shaxsni man’naviy tarbiyalash va kamolga etkaza
borishning samarali tizimini yaratishga, milliy qadriyatlar va an’analarni, jamiyatda
tinchlik va totuvlikni saqlab qolishga doir takliflarni ishlab chiqish.
O’zbekistonda ko’plab yo’nalishlar: huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, axloqiy
yo’nalishlar bo’yicha fuqarolik jamiyatiga o’tish bir vaqtning o’zida yuz bermoqda.
Quyidagilar mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini qurishning aniq yo’nalishlari
hisoblanadi:
1.
Siyosiy partiyalar va harakatlarni rivojlantirish.
2.
Nodavlat, notijorat tashkilotlar.
3.
Insonga, uning oilasiga juda yaqin turuvchi mahalla.
4.
Ommaviy axborot vositalari.
5.
Kasbiy uyushmalar: O’zbekiston Faylasuflar jamiyati, Kinematografchilar
uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi va boshqalar.
6.
Jamoatchilik birlashmalari va jamg’armalari.
7.
Diniy tashkilotlar va boshqalar.
Bu institutlarning barchasi fuqarolarni o’z vakolatlari doirasida, o’z nizomlariga va
faoliyat printsiplariga muvofiq, lekin umuman uddaburonlik bilan va har tomonlama,
davlat institutlariga nisbatan inson manfaatlarini yaxshiroq ifodalagan holda himoya
qiladilar.
Shunday qilib, ko’rinib turganidek, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga
o’tish osonlik bilan bo’lmaydi. Buning uchun albatta o’rta bo’g’inni – ijtimoiy
institutlarni mustahkamlash zarur. Ularning barchasiga birdaniga kuch bag’ishlab ham
bo’lmaydi. Demak, ishni ustuvor ahamiyatga ega bo’lganlaridan boshlab, boshqalarini
122
ular yordamida ko’tarib olish lozim. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish tajribasi
zarur qonunchilik bazasini yaratish, iqtisodiyotni liberallashtirish, sud-huquq tizimini
isloh qilish, ko’p fikrlilikka asoslangan OAV tizimini oyoqqa turg’azish, nohukumat
tashkilotlarini shakllantirish va boshqa bir qator sohalar biz uchun shunday ustuvor
institutlar ekanligini ko’rsatmoqda. Shubha yo’qki, vaqti kelib mamlakatda ana shu
institutlardan to’laqonli va kuchli fuqarolik jamiyati vujudga keladi. Bu ham
globallashuv oqibatlaridan biridir.
Jamiyat globalistlar qo’lidan kelmaydigan ishni qilishga - milliy xarakterga ega
bo’lgan muqobil axborot olamini vujudga keltirishga qodirdir. Va bu olam shaxsga
okean ortidan keladigan axborotga qaraganda yaqinroq va qadrdonroqdir.
SSSR barbod bo’lgach, sobiq sovet davlatlari g’oyaviy-madaniy asoslarga
qaraganda ko’proq iqtisodiy va siyosiy asoslarda o’zaro muloqot qilib turishni afzal
bildilar. Ayni paytda sotsiologik so’rovlar ochiq-oydin ko’rsatmoqdaki, O’zbekiston
aholisi Rossiya televideniesi kanallarini ommaviy va barqaror ravishda tomosha qiladi,
O’zbekiston MTRK rahbarlari esa bu fakt haqida lom-mim demaydilar. “De yure”
bilan “de fakto” o’rtasidagi bunday farqni bartaraf qilish lozim, deb hisoblaymiz.
Fuqarolik jamiyatini bunyod etish O’zbekiston Respublikasi kelajakdagi
rivojlanishining belgilovchi omili bo’lib qoldi, deb hisoblovchi J.Mavlonovning fikriga
qo’shilish lozim. Muallif bu xususda shunday deydi: “Fuqarolik jamiyati ma’lum
ma’noda islohotlar yo’nalishini belgilab beruvchi boshqaruvchi g’oyaga aylandi. Bunda
ushbu kategoriya me’yoriy tabiatga ega bo’ldi va mavjud narsani emas, balki istiqbolda
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan voqea-hodisani tavsiflashga xizmat qildi”
1
.
Bobga xulosa sifatida quyidagilarni aytish mumkin.
Axborot globallashuvi barcha mamlakatlar uchun deyarli birdek muammolar
yaratdi. Ulardan eng asosiysi - millatlarning o’ziga xosligini yo’qotish xavfi
hisoblanadi. Bu sayyoramizning ijtimoiy ekologiyasini ancha kambag’allashtirib
qo’yishi mumkin bo’lgan xatarli jarayondir.
Mamlakatni tanho boshqarish vakolatiga ega birdan-bir siyosiy institut bo’lgan
davlatning vakolatlarini fuqarolik jamiyatining foydasiga chegaralash jarayoni ko’p
asrlar ilgari boshlangan. Buning dastlabki belgilari Abu Nasr Forobiyning “Fozil
odamlar shahri” asaridayoq bayon etilgan. Insoniyat asrlar davomida davlat
hokimiyatini chegaralashning ko’plab usullarini ishlab chiqishda davom etdi, jamoat
shartnomalari tizimi ular orasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi.
Globallashuv jahon taraqqiyotining e’tiborli nuqtalarini keskin o’zgartirib yubordi.
Azaldan mustahkam bo’lib kelgan davlat apparati o’zining axborot orqali ta’sir
o’tkazish mavqeini boy bera boshladi, uning ilgarigidek maqomda qolishi muammoga
aylandi. Qarshilik ko’rsatishda davom etavergan va axborot-kommunikatsiya bobidagi
yangiliklarni e’tiborga olmagan davlat reaktsion kuchga aylanadi. Bunday mamlakat
muqarrar ravishda tsivilizatsiyaning katta yo’lidan bir chekkada qolib ketadi, bu xildagi
davlat apparati esa vaqti etib samarasiz topilib, almashtiriladi.
O’zbekiston rahbariyati bu va boshqa vaziyatlarni hisobga olgan holda, kuchli
davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish g’oyasini ishlab chiqdi. Mazkur
kontseptsiya mamlakatning hozirgi rivojlanish qonuniyatlarini eng maqbul darajada aks
ettiradi. Siyosiy taraqqiyot jarayonida urg’uni davlatdan jamiyat tomon o’zgartirib
borish - davrimizning ob’ektiv ehtiyojidir.
1
Мавлонов Ж. Ҳозирги замон фуқаролик жамияти // “Жамият ва бошқарув”. 2008. № 2. – Б. 70.
123
Shuni qayd qilish o’rinliki, bugungi kunda O’zbekistonda kuchli fuqarolik
jamiyatini qurish etarlicha sur’atlarda olib borilayapti. Uning ijtimoiy institutlari:
siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, nohukumat tashkilotlar, mahalla,
yoshlarning “Kamolot” jamoatchilik harakati, jamiyatning xotin-qizlar, bolalar, sport va
boshqa tashkilotlari asta-sekin kuchga to’lmoqda.
O’zbekiston sobiq sovet kengliklarida birinchilardan bo’lib printsipial jihatdan
muhim bo’lgan ishni amalga oshirdi – milliy mustaqillik mafkurasini ishlab chiqdi va
o’z mamlakati fuqarolarining hayotiga joriy etdi. Bunday mafkurani davlat tatbiq etishi
mumkin emasdi, chunki bu O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan taqiqlangan.
Ushbu holatda fuqarolik jamiyati vakillari sifatida maydonga chiqqan olimlar uning
tashabbuskorlari bo’ldilar. Bugungi kunda o’zbekistonliklarning milliy o’ziga xos va
milliy asliga mos mafkurasi, milliy mustaqillik mafkurasi tizimi, umuman olganda,
to’laqonli ko’rinishga ega. Biroq uni axborotning globallashuvi davri xususiyatlarini
hisobga olgan holda to’ldirib borish zarur.
Xulosa sifatida aytish lozimki, O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan
taklif qilingan kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish yo’li umumiy
metodologik asos bo’lib, nafaqat O’zbekistonga, balki aniq-ravshan ko’rinib turgan
milliy o’ziga xoslikka ega boshqa davlatlarga ham axborot asri ziddiyatlaridan chiqish
yo’lini topishda yordam beradi.
|