|
-mavzu. O’ZBEKISTON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI -Bog'liq F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.8-mavzu. O’ZBEKISTON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI -
MAMLAKAT AXBOROT-PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGINING OMILI (2 soat)
Axborotning tanqidiy va ijobiy talqin etilishi, auditoriyaga ma’lumotlar etkazishda
bunday yondashuvlar roli. Axborot bo’shlig’ini o’z axborotimiz bilan to’ldirishning
ahamiyati. Mustaqillik davrida O’zbekiston OAVning tadrijiy rivojlanishi. O’zbekiston
OAVning zamonaviy tizimi. Markaziy va mahalliy OAV, viloyat, shahar, tuman va
ishlab chiqarish gazetalari, jurnallari, radio va televidenie. Matbuotning mantiqiy
xarakteri. Umumsiyosiy gazetalar ta’rif-tavsifi. Gazetalarning o’quvchilar yoshi, jinsiga
qarab (bolalar, o’smirlar, yoshlar, xotin-qizlar uchun), faoliyat sohalari va kasb-koriga
(iqtisodiy, adabiy, huquqiy, sport, tibbiyot, kasaba uyushmalari, diniy va h.k.),
qiziqishlariga (krossvordlar, hordiq chiqarish, reklama) va boshqa jihatlariga ko’ra
ixtisoslashuvi. Mustaqil gazeta va jurnallar. Ilmiy va boshqa ixtisoslashgan (tarmoq)
jurnalarining paydo bo’lishi respublika matbuotida yangi hodisa ekanligi.
Radio va televidenie dasturlarining farqlanishi (differentsiyatsiyasi). Televidenie va
radioning 1, 2, 3, 4-kanallari ta’rif-tavsifi. O’zbekistonning butun aholisi
teleko’rsatuvlar va radioeshittirishlar bilan qamrab olinganligi. Vatanimiz OAVning
yaxshi yozish, sifatliroq ko’rsatuvlar va eshittirshlar tayyorlash, voqea-hodisalarga
zudlik bilan munosabat bildirish, ularni yaxshiroq sharhlash borasidagi vazifalari.
O’zbekiston OAV millat ma’naviy-ruhiy xolatining himoyachisi ekanligi.
Mamlakat aholisini nekbinlik ruhida tarbiyalash. Aholini OAVning zararli ta’siridan
asrash. Jurnalistika ishi odobining hozirgi bosqichdagi ahamiyati. Auditoriyaning
OAVdan kutgani. OAVning auditoriyani barcha yangiliklardan, jumladan favqulodda
hodisalardan xabardor qilish vazifalari. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning
tanlama xarakteri, auditoriyaning har qaysi tabaqasiga kerakli materiallar o’ziga xos
hajmi, mazmuni, muntazamligi, sifatiga ega bo’lishi lozimligi.
Axborot-psixologik xavfsizlik uslubiyatini shakllantirish zarurligi, auditoriyaning
o’zini axborot foydali va zararli ekanligini ajratib olishga o’rgatish. Vatanimiz
OAVning auditoriyaga yaqinligi va uning ishonchli vakillari ekanligi. Interfaol
aloqalarni rivojlantirish zarurligi. Ikkala ochiq tizim – OAV va inson psixikasining
o’zaro aloqadorligi. Media xavfsizligining huquqiy va axloqiy asoslari. Mediata’lim
tizimi. Muharrirlarning o’z-o’zlarini haddan tashqari tsenzura qilishlari ehtimoliy salbiy
oqibatlardan o’zlarini himoya qilish shakli ekanligi.
|
| |