• 12-modda. Axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosati
  • 13-modda. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi
  • ILOVA  O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/73
    Sana18.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #100951
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    ILOVA 
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
    12.12.2002 y. 
    № 439–P 
    AXBOROT ERKINLIGI PRINTsIPLARI VA KAFOLATLARI TO’G’RISIDA 
    (iqtiboslar
    11-modda. Axborotni muxofaza etish 
    Har qanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo’lish 
    axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar etkazishi 
    mumkin bo’lsa, muhofaza etilmog’i kerak. 
    Axborotni muhofaza etish: 
    Shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning 
    oldini olish; 
    axborotning maxfiyligini ta’minlash, tarqalishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishining 
    oldini olish; 
    axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish maqsadida 
    amalga oshiriladi. 
    12-modda. Axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosati 
    Axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi 
    ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo’ladi hamda shaxs, jamiyat va 
    davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat hokimiyati va 
    boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo’nalishlarini, shuningdek, 
    fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat 
    notijorat tashkilotlarining, fuqarolarning o’rni va ahamiyatini belgilaydi. 
    13-modda. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi 
    Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi 
    zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash, 
    axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir ko’rsatilishidan himoya qilish 
    yo’li bilan ta’minlanadi. 
    Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot toifasiga 
    kiradi. 
    Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni, xuddi 
    shuningdek, shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi so’zlashuvlar, 
    pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to’plashga, saqlashga, 
    qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi, qonun 
    hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. 
    Jismoniy shaxslar to’g’risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy 
    ziyon etkazish, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari 
    ruyobga chiqarilishiga to’sqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqlanadi. 
    Fuqarolar to’g’risida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik qiluvchi hamda 
    undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini 
    buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo’ladilar. 
    Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qo’ygan 
    muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif 
    nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin. 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ILOVA  O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish