131
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning kuchli davlatdan kuchli fuqarolik
jamiyatiga o’tish zarurligi haqidagi g’oyasi jahon axborot makonining globallashuvi
muammosini hal etish kaliti sifatida. Ushbu g’oyaning
mohiyati, tarixi, rivoji. Bu
mavzuni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o’rganish, uning yangi qirralarini ochish
zarurligi.
Kosmopolitizm muammosi: tarafdorlar va qarshilar.
Axborot davrining ijtimoiy
indikatorlari. G’arb davlatlarining o’z qadriyatlari va ma’naviyatini dunyoning qolgan
qismiga tiyiqsiz yoyishga urinishi boshqa mamlakatlarning ichki hayotiga aralashish
ekanligi.
Mafkura, siyosat, davlat tushunchalarining milliy
mansublik nuqtai nazaridan
o’zaro chambarchas bog’liqligi. Zamonaviy davlat va jamiyat mafkuraga qanday
munosabatda bo’lmog’i kerakligi haqida ikki xil qarama-qarshi fikr. AQSh olimlarining
kosmopolitizm hozirgi davrdagi ijtimoiy fikrning ustuvor yo’nalishi ekanligi
to’g’risidagi qarashlari.
Dunyoning turli mamlakatlarida ma’naviyatsizlikning oshib
borishi axborotlashuv
davrining qonuniyatlaridan biri ekanligi. Bozor munosabatlari sharoitida yoshlarda
pragmatik kayfiyatlarning rivojlanib borayotganligi. Fuqarolik jamiyati bilan muayyan
bir madaniyat (tsivilizatsiya)ning o’zaro munosabatlari.
Axborot davrida fuqarolik
jamiyati ma’naviy madaniyatining unsuri bo’lmish milliy ongni shakllantirish
muhimligi. Etnik millatchilik har qaysi millatning o’ziga xosligi bo’lib,
multikulturalizm axborotning globallashuvi sharoitida milliy jamiyat bilan jahon
hamjamiyati o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga oid g’oyat
murakkkab masala
echimining dasturiy varianti sifatida ularning yagona umumjahoniy asosda birlashuvi
ekanligi.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning metodologik asosi bo’lmish
fuqarolik tipidagi ijtimoiy institutlarni butun choralar bilan rivojlantirgan holda,
ularning milliy o’ziga xosligini ham saqlab qolish. Ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy institut
sifatida. Har bir xalqning ma’naviy qadriyatlari minglab yillar mobaynida, tashkiliy va
huquqiy institutlarga qaraganda uzoqroq davr davomida shakllanib kelganligi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning o’tish
davrida davlat islohotlar
tashkilotchisi bo’lishi lozimligi haqidagi g’oyasi. Fuqarolik jamiyatiga o’tishning butun
davri mobaynida davlatning shu roli saqlanib qolishi. 1991-2000 yillar – davlatning tub
o’zgartiruvchilik faoliyatida dastlabki bosqich. 2000-2012 yillarda O’zbekistondagi
islohotlar izchil ravishda davom etishi. Davlatning islohotchilik roli - uning
axborotlashgan jamiyatdagi eng muhim vazifasi.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyatiga o’tishning asosiy yo’nalishlari va
ustuvorliklari. Milliy mazmundagi muqobil axborot olamini vujudga keltirish
xususiyatlari.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan taklif
qilingan kuchli davlatdan
kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish yo’li nafaqat O’zbekiston, balki aniq-ravshan
ifodalangan o’ziga xos milliy xususiyatlarga ega boshqa davlatlar uchun ham axborot
davri ziddiyatlaridan chiqish yo’lini topishga yordam
beruvchi umummetodologik
asosdir
.