|
-mavzu. DAVLAT, JAMIYAT VA SHAXSNING AXBOROT-PSIXOLOGIKBog'liq F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.5-mavzu. DAVLAT, JAMIYAT VA SHAXSNING AXBOROT-PSIXOLOGIK
XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ASOSIY YO’NALISHLARI (2 soat)
Axborot-psixologik ta’sir ko’rsatish sub’ektlari uch bo’g’inli tasnifining etarli
emasligi, uni ijtimoiy institutlar va guruhlar bilan to’ldirish zarurligi. Globallashuv va
davlat, globallashuvning yangi sharoitlarida davlatning yangicha mavqei. Axborot
asrida ilgaridan davlatning so’zsiz hokimiyatini ta’minlab kelgan bir qator omillarning
o’zgarishi. Bozor iqtisodiyoti, siyosiy ko’pfikrlilik va demokratiya sharoitida davlatning
axborot oqimlari ustidan etakchi nazoratchilikni yo’qotishi. Mamlakat, mintaqa, qit’a va
er kurrasi miqyosida shaxslararo, guruhlararo, institutlararo axborot almashuvining
keskin oshganligi. Mamlakat axborot-psixologik xavfsizligini ta’minlashning kafolati
sifatida davlatni saqlab qolish zarurligi.
Davlat - mamlakat axborot-psixologik xavfsizligining tashkilotchisi va
muvofiqlashtiruvchisi. Davlat tomonidan shaxs, jamiyat va davlatning axborot-
psixologik xavfsizligini himoya qilishga oid tadbirlar majmuining ishlab chiqilishi:
tashkiliy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, kadrlar, texnika, til va h.k.
sohalarda.
Davlat, jamiyat va shaxs axborot-psixologik xavfsizligining bir qator yo’nalishlari
ta’rif-tavsifi. O’zbekiston aholisi axborot-psixologik xavfsizligining huquqiy himoyasi,
uning bazaviy xarakteri, o’ziga xosligi va xususiyatlari. Bu sohadagi huquqiy hujjatlar,
huquqni himoya qilish organlarining roli. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari axborot-
psixologik
xavfsizligining
ma’muriy-tashkiliy himoyasi: tizimi, o’ziga xos
xususiyatlari,
shakllari
va
uslublari.
Axborot-psixologik
xavfsizlikning
muhandislik-texnik himoyasi va uning o’ziga xosligi: kadrlar, dasturiy ta’minot, amalga
oshirish sharoitlari. Axborot-psixologik xavfsizlikning ilmiy va o’quv-uslubiy
ta’minoti: ularning zarurligi, tub-zaminli (fundamental) xarakteri, o’ziga xos
xususiyatlari, mantiqan asoslanganligi, qo’llaniladigan usul va uslublar, ko’rgazmali
vositalar.
Milliy o’ziga xoslik, asli-nasliga o’xshashlik (identivlik) O’zbekistonda axborot-
psixologik xavfsizlikni ta’minlashning shakli sifatida. Tamaddunlar divergentsiyasi va
129
konvergentsiyasi. Etnik-milliy va multikulturalizm birligi axborot globallashuvi
asrining qonuniyati ekanligi.
|
| |