• Seminar uchun savollar
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/73
    Sana18.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #100951
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Takrorlash uchun savollar 
    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning kuchli davlatdan 
    kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish haqidagi g’oyasining mazmuni, mohiyati va 
    metodologik ahamiyati. 
    2. Davlat, siyosat va mafkura tushunchalarining o’zaro uzviy bog’liqligi. 
    3. Axborotlashgan jamiyatda mafkuraning kerakligi va ko’rinishlari haqidagi 
    bahslarga tavsif. 
    4. Axborot davrida ayrim yoshlarda pragmatik kayfiyatlar va ma’naviy 
    qashshoqlik darajasi o’sishi. 
    5. Axborot asrida milliy qadriyatlarning o’rni va ahamiyati. 
    6. Axborot jamiyatida davlat institutining islohotchi sifatida roli saqlanib qolishi.
    7. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning ustuvor yo’nalishlari. 
    Seminar uchun savollar 
    1. O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning kuchli davlatdan kuchli fuqarolik 
    jamiyatiga o’tish g’oyasining ahamiyati. 
    2. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish yo’llari. 
    3. Ma’naviy qadriyatlar – asrlar, mingyilliklar davomida shakllangan boyligimiz, 
    ularni saqlash zaruriyati. 
    4. Axborot davrida davlatning o’z ta’sirini saklab qolish zaruriyati. 


    124 
    XULOSA 
    O’zbekiston oliy o’quv yurtlarining o’quv rejasiga “Ochiq axborot tizimlarida 
    axborot-psixologik xavfsizlik” fani o’quv dasturiga kiritilganidan keyin respublika 
    matbuotida ushbu masalaga bag’ishlangan bir qator maqolalar e’lon qilindi, ularning bir 
    qismi yuqoridagi boblarda tavsiflab o’tildi. Shunday bo’lsa-da, mavjud materiallarni, 
    jumladan mazkur darslikni hisobga olgan holda, muammo etarli darajada to’liq ochib 
    berildi, deb ayta olmaymiz. Shubhasiz, bu ish davom ettirilishi kerak. 
    Buning ustiga, axborot asri kirib kelishi bilan axborot talqini ham o’zgardi, 
    endilikda unga ancha jiddiy qaraladigan bo’ldi. Axborotning insoniyat hayotidagi o’rni 
    va roli chuqurroq his qilinishi natijasida axborot tushunchasini izohlashga yangicha 
    yondashuv kelib chiqdi.
    Ko’rib turganimizdek, axborotni shu tarzda talqin qilish tushunchaning o’zi bilan 
    hamda uning ko’p sonli tuzulmaviy-funktsional aloqalari bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina 
    tasavvurlarni tubdan o’zgartirib yuboradi. Olimlarimiz, bizning o’zimiz ushbu 
    majmuani qayta tafakkur qilishga tayyormizmi? O’ylashimizcha, u darajada tayyor 
    emasmiz. Biroq bu nafaqat mutaxassislar, balki mamlakatimiz talaba yoshlaridan ham 
    axborot muammosining, uning jamiyatga ko’rsatadigan ta’sirining zamonaviy darajada 
    tushunilishini ta’minlash uchun mas’ullikni soqit qilmaydi. Bu axborot asrining 
    tub-zaminli qoidalaridan biri shundan iborat bo’lib, modomiki biz O’zbekiston shu 
    davr, shu asr bilan baravar qadam tashlashini xohlar ekanmiz, olimlar yangi mayllarni 
    tahlil qila olishlari, keng jamoatchilikni ular bilan tanishtirib borishlari lozim.
    O’z-o’zidan ayonki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mavjudligi 
    (kompyuterlar, Internetga ulanishlar, saytlar soni) va samarali amal qilishi nuqtai 
    nazaridan bugungi kunda O’zbekistonda muayyan kechikishlar kuzatiladi. Lekin bosh 
    masalada, madaniy o’ziga xoslik bobida mamlakatimiz azaldan mustahkam mavqeni 
    egallab kelayapti. Bu sohada O’zbekiston sayyoramizda unchalik ko’p bo’lmagan 
    o’ziga xos madaniy xususiyatlarga ega noyob davlatlar sirasiga kiradi. Mamlakatimizni 
    vatan tutgan xalqlarning minglab yillik shakllanish tarixining o’ziyoq bunga imkon 
    yaratgan. Bundan ikki yarim ming yil muqaddam, otashparastlik davrida Xorazm 
    hududidagi mahalliy elatlar tavhid-yakka ilohlik noyob falsafasiga birdan-bir asos 
    bo’lib xizmat qilgan yuksak darajada rivoj topgan turmush tarzi va madaniyatiga ega 
    edi. Otashparastlik qadimiy yunon Olimpiyasiga qaraganda ancha taraqqiyparvar 
    dunyoqarash o’laroq namoyon bo’ldi. 
    O’sha davrdan to bugungi kunga qadar O’zbekiston tarixi tabiatshunoslik, falsafa, 
    ilohiyatshunoslik, tibbiyot va mamlakatimiz izchil va ishonchli qadamlar bilan ildam 
    bosishi uchun mustahkam poydevor yaratib bergan boshqa sohalarda ko’plab buyuk 
    yutuqlardan iboratdir. Davlatimiz muvaffaqiyatlarini to’laligicha baholash uchun biz 
    shveytsariyalik olim Karl Yung asos solgan arxetiplar nazariyasiga murojaat qilishimiz 
    mumkin. Shu nazariyaga muvofiq, xalqning navbatdagi har qaysi avlodining 
    aql-zakovat bobidagi yutuqlari shundan keyingi avlodlariga jamoaviy beixtiyoriy ong 
    tarzida, ya’ni arxetiplar ko’rinishida namoyon bo’ladigan miya tuzilmalari orqali o’tadi. 
    Izchil ravishda amalga oshib boradigan bu jamlama asrlar va ming yilliklar osha 
    avloddan-avlodga o’tishda davom etadi. Natijada, millatning aql-idrok bobidagi 
    imkoniyatlari uning genofondi sifatida asta-sekin to’planib boradi. Tabiiyki, tarixi 
    qadimiy bo’lmagan millatlar bunday genofondga ega emasdirlar. Albatta, bu tarixga va 
    insonga jo’n yondashuv hisoblanadi, lekin u printsip jihatdan to’g’ridir. Tarixning o’zi 


    125 
    shu tariqa insoniyatni tasodiflardan, jahonda etakchilikka da’vogarlik qiladigan 
    avantyurachi to’dalar vakillaridan ixota qiladi. 
    “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” fanini o’rganishdan 
    kelib chiqadigan asosiy xulosa - bir qator millat va elatlar xatosini takrorlamaslikdan, 
    had-hududsiz elektron axborot kengliklarida yo’qolib qolmaslikdan iborat. Axborot 
    singari makon va zamonda ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Makon virtual 
    voqelikda substantsional kategoriya sifatidagi mavjudligini boy berdi –efir va kabel 
    orqali axborot bir sekundda er kurrasini bir necha marta aylanishga ulgurib,
    yorug’lik tezligida etkaziladi. Ikkinchi jihat xususida professor Ya.N.Zasurskiyning 
    Internet sayyoramizni yigirma to’rt soatlik jamiyatga aylantirdi va real vaqt rejimida 
    ishlaydi, degan so’zlarini eslash mumkin. Hozirgi davrdagi axborotning xususiyatlari 
    haqida yuqorida bayon qilib o’tildi. Shunday qilib, bashariyat taraqqiyotidagi yangi 
    bosqichning makon, zamon va axborotdan iborat uchala asosiy o’lchamining 
    hammasida tub o’zgarishlar yuz berdi.
    Tabiat, jamiyat va insondagi ana shu printsipial o’zgarishlarni tushunib va anglab 
    etish O’zbekiston olimlari va ertaga hayotning hamda ishlab chiqarishning turli 
    sohalarida yuksak bilimli mutaxassislar safini to’ldiradiganlar oldida turgan vazifa 
    hisoblanadi. Hech bir mamlakat insoniyat tamaddunining katta yo’lidan chetda 
    qololmaydi, ertami-kechmi, xalqlarning barchasi axborot davri doirasiga kirib keladi. 
    Shunday bo’lgach, buni barvaqtroq va to’g’ri amalga oshirish maqbuldir. Barvaqt 
    deganda – mazkur jarayonni texnik jihatdan ta’minlash tushuniladi. To’g’ri deyilganda 
    – qandaydir xayoliy, shubhali qadriyatlar qa’rida yo’qolib ketmaslik, o’zining madaniy 
    qiyofasi-timsolini boy bermaslik nazarda tutiladi. 
    Shunga ko’ra, o’z an’analarimiz, marosimlarimizni avaylab asragan, himoya qilgan 
    holda, millatlarning jahon hamjamiyatida o’ziga xos qiyofasiga ega xalq sifatida 
    qolmog’imiz lozim. Har bir an’ana, har qaysi urf-odat yoki marosim – xalqlarimizning 
    ko’plab asrlar davomidagi taraqqiyoti hosilasi bo’lib, tarixning, hayotning uzoq davr 
    mobaynidagi sinovlariga dosh bergan. Axborot asrining muvaqqat qadriyatlari ta’siri 
    ostida bu yutuqlarimizdan shundoq voz kechib qo’ya qolishimiz mumkin emas. Hali 
    axborot davri qancha davom etadiyu, uning oqibatlari nima bo’ladi, buni hech kim ayta 
    olmaydi. Bunday shubhalanishlarga sabablar keragidan ham ortiqcha – yadro va o’ta 
    aniq mo’ljalga otuvchi qurollar, sayyoramiz ekologiyasining halokatli yomonlashib 
    borishi, OITS, turli xil gripp va boshqa kasalliklar tarqalishi. Lekin, ayniqsa, odamlar, 
    eng avvalo, yoshlar dunyoqarashiga o’nglab bo’lmas darajada zarar etkazadigan begona 
    axborotdan saqlanish lozim. 
    Shu boisdan hammamiz Prezidentimiz I.A.Karimovning “Shuni unutmaslik 
    kearakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo’naltirilgan, bir qarashda 
    arzimas bo’lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv 
    shiddatidan kuch olib, ko’zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab 
    bo’lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin”
    5
    , - degan so’zlarini yodda tutmog’imiz 
    darkor. 
    5
    Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: “Маънавият”, 2008. – 115-б. 


    126 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish