Fuqarolik jamiyati axboriy tajovuzkorlikdan himoyalanish vositasi sifatida




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/73
Sana18.11.2023
Hajmi1,7 Mb.
#100951
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

2. Fuqarolik jamiyati axboriy tajovuzkorlikdan himoyalanish vositasi sifatida 
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida xalqlar orasidagi axborot aloqalari 
jadal kengayib borayotganligi ko’plab foyda keltiradigan tabiiy jarayondir. Jahon 
miqyosida o’zaro ta’sir ko’rsatishning hozirgi bosqichiga xos xususiyat shundan 
iboratki, bilim egallamagan har qanday jamiyat tezda tanazzulga yuz tutadi, moddiy 
boylik endi ilgarigi davrlardagi kabi qadrli emas va o’z egalariga kutilgan barqarorlikni 
ato qilolmaydi. Bugungi kunda bilim, birinchi navbatda, manbai ochiq axborot 
tizimlaridan iborat bo’lgan bilim asosiy boylik bo’lib qoldi. 
Fuqarolik jamiyatining xususiyatlari nimalardan iborat? Milliy fuqarolik jamiyati 
o’z aholisini axborot tahdidlaridan himoya qilish muammosini hal etishga qodirligi 
nimalarda ko’rinadi? 
Azaldan jamiyat mohiyat e’tibori bilan ancha milliy mazmunda shakl topgan, 
davlat tizimi esa ko’pgina mamlakatlarda o’xshash va birdek shaklga ega. Jamiyat eng 
avvalo o’z fuqarolarining manfaatlarini muhofaza qiladi, davlat apparati esa, jumladan, 
korporativ manfaatlar himoyasida turadi. Albatta, mamlakat taraqqiyotining murakkab 
davrlarida davlatni mustahkamlash zaruriyati dolzarb bo’lib turadi, chunki davlat 
jamiyatni himoya qiladigan, uni barbod bo’lishdan asraydigan kuchdir. 
Ko’pincha davlat mamlakatni boshqaruvchi kamsonli apparat deb tushuniladi, 
fuqarolar unga o’zlari ustidan hukmronlik qiluvchi tizim sifatida munosabatda 
bo’ladilar. Jamiyat esa ko’p sonli bo’lib, unga mamalakatning butun aholisi kiradi. 
Kelib chiqishi jihatidan davlatdan ko’ra jamiyat insonga qadrdonroqdir. 
Jamiyat shaxs ma’naviyatiga, uning shaxsiyat sifatidagi dunyoqarashiga, 
his-tuyg’ulari va erkinligiga yaqinroq turadi. Bir qadar og’irlashgan merosga ega davlat 
avvalgi zamonlarda omma erkinligini cheklash apparati bo’lib keldi, shu boisdan 
kishilar shuurida ba’zan ularning huquqlariga nisbatan tajovuz qiluvchi kuchdek 
tasavvur tug’diradi. Axborot davrida davlat o’zgarib borayotgan bo’lsa-da, fuqarolar 
unga baribir ma’lum darajada ishonqiramay qaraydi, chunki u har qanday daqiqada 
vujudga kelgan muammolarni kuch ishlatib hal etish usuliga qaytishi mumkin.
Axborot xavfsizligining har xil turlari ikkita katta guruhga – texnikaviy va 
mafkuraviy axborot guruhlariga birlashadi. Axborot-psixologik xavfsizlik asosan 
mafkuraviy xavfsizlikni nazarda tutadi. Shu jihatdan O’zbekiston aholisi uchun 
globallashuvning ommaviy madaniyat singari nuqsoni qabul qilib bo’lmas hodisadir. 
Bugungi kunda u gazeta-jurnal sahifalari, radio efiri va televidenie ekrani orqali keng 


118 
ommani egallab olayapti. Bunday madaniyat mamlakatimiz yoshlariga ham sezilarli 
salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o’zining “Yuksak 
ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida o’zbekistonliklarning ma’naviy 
namuna-mo’ljallariga doir ko’pgina holatlarni to’g’ri urg’ulab berdi. Ommaviy 
madaniyatga munosabat bildirib, u shunday deydi: «Biz yurtimizda yangi hayot 
asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni, 
kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan so’ng jamiyatda 
paydo bo’lgan g’oyaviy bo’shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot 
bo’lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o’z ichiga olgan “ommaviy 
madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. 
Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va 
zo’ravonlik, individualizm, egotsentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa, shuning 
hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, 
turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan 
xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi”
1

Mafkura – bu muayyan hayotiy amaliyotning nazariy ifodasidir. Har bir xalq o’z 
hayotiy amaliyotiga ega. Har qaysi shaxs, oila, qavm, jamoa o’z qadriyatlari, ma’naviy 
bilimlari, yo’l-yo’riqlari bilan yashaydi. 
Jahondagi turli mamlakatlarda ma’naviyatsizlik jadal oshib borayotganligi axborot 
davrining qonuniyatlaridan biriga aylanib qolmoqda. Rossiya fuqarolari milliy 
ma’naviyatni boy berayotganliklarining sabablarini ko’rsatib bergan E.M.Brandman 
shunday deydi: “Rossiya jamiyatining axborot xavfsizligini ta’minlashda mafkuraviy 
omil nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun 
rivojlanishning bozor mexanizmlariga yo’naltirilgan yangi madaniy paradigma 
tanlanishi qisqa muddatda aholining, ayniqsa yosh avlodning ijtimoiy ongini o’zgartirib 
yubordi, nafaqat ijtimoiy qadriyatlar va ideallarda, balki inson fe’l-atvorining me’yoriy 
modellarida ham o’zgarish yasadi. Bunday tanlovning oqibati jamiyatning ma’naviyati 
ancha pasayishidan va millat mentalitetining insonparvarlik mazmuni qabul 
qilinmasligidan iborat bo’ldi”
2

Bozor munosabatlariga asoslangan taraqqiyot yoshlarni iste’molchi deb aytish joiz 
bo’lmasa ham, lekin pragmatik qilib qo’yayotgani oydin ko’rinib turibdi. Biroq, afsuski, 
yoshlar buni yo tushunishmaydi, yoki juda kech anglab etishadi. Avloddan–avlodga 
vaziyat qiyinlashib, unda ham ancha jiddiy ravishda yomonlashib borishi mumkin. 
Bu g’alati tuyulishi ehtimol, lekin axborot asrida rivojlangan mamlakatlardagi 
ko’pgina jamiyatlarning ahvoli asta-sekin dramatik mazmun kasb etib borayotganligi 
bor gap. Ma’naviyat amalda unutib yuborilayapti, u o’z o’rnini tezda ko’ngilochar 
mavzularga bo’shatib berayotir. Ma’naviyatsizlik G’arb jamiyatlarining ustuvor 
xususiyatlaridan biri bo’lib qolyapti. Haddan ziyod ratsionallashuv g’olib kelmoqda va, 
buning dialektik natijasi o’laroq, gedonizm
1
kuch-quvvatga to’lib, keng quloch 
yozmoqda. 
Barcha xalqlarda fuqarolik jamiyati turlicha ekanligining sababi shundaki, jamiyat 
millatning mentalitetiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Mentalitet esa – urf-odatlar, an’analar, 
ya’ni, pirovard natijada, ma’naviyat demakdir. Fuqarolik jamiyati ma’naviydir va 
1
Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. – Т.: “Маънавият” , 2008. – Б. 179. 
2
Брандман Э.М. Глобализация и информационная безопасность. – М.: ГБИП, 2007. – Б. 163-164. 
1

Download 1,7 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Fuqarolik jamiyati axboriy tajovuzkorlikdan himoyalanish vositasi sifatida

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish