• Ikkinchidan
  • Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/73
    Sana18.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #100951
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Birinchidan, jamoatchilik fikrini o’zgartirayotgan, chalg’itayotgan vayronkor 
    axborotlar tashqaridan, o’ziga xos himoya qalqoniga ega bo’lgan makonlardan 
    kelayotganligini nazarda tutib, axborot tarqatish borasidagi mojarolarga yo’l quymay, 
    ularga yuksak siyosiy va kasbiy madaniyat orqali yondashish. Befarqlik, sukut saqlash 
    kayfiyatiga barham berib, milliy oriyat, milliy nafsoniyat bilan bog’liq holdagi 
    targ’ibotchilik imkoniyatimizni namoyon etish yo’lidan borish. 
    Ikkinchidan, shuni nazarda tutish kerakki, har qanday hujumkor va buzg’unchi 
    g’oyaga qarshi o’z vaqtida, mo’ljalni aniq olib munosabat bildirishda ehtiroslarga 
    berilmasdan, ortiqcha shov-shuvlarga yo’l quymasdan, siyosiy vazminlik va bosiqlik 
    bilan, ayni paytda kuchli ta’sir o’tkazish usullarini o’zlashtirmoq lozim.
    Axborot sohasidagi xurujlar qizg’in avj olgan bir paytda ularning mohiyatini, 
    manbalari, rivojlanish omillarini, ya’ni konfliktogen jihatlarini chuqur o’rganish lozim. 
    Buzg’unchi va hujumkor axborotlar maqsadi, iddaosi, ular tagida yashiringan 
    manfaatlar qanchalik to’g’ri va to’liq o’rganilsa, ularga shunchalik mutanosib va 
    ishonchli zarba berish mumkin bo’ladi. 
    XXI asr tsvilizatsiyasi oqibatida insoniyat o’z hayotiga axborot-psixologik tahdid 
    kuchayayotgan jarayonni boshdan kechirmoqda. Bu, ayniqsa, rivojlanish yo’liga chiqib 
    olgan O’zbekistonday yosh mustaqil davlatlarga kuchli salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin. 
    Chunki har qanday asossiz, buzg’unchi g’oya o’tish davriga xos bo’lgan juz’iy 
    kamchiliklar va o’tkinchi ijtimoiy-iqtisodiy nuqsonlarni bo’rttirib ko’rsatib, 
    jamoatchilik fikrini chalg’itishi, uning istiqbolga ishonchini susaytirib yuborishi 
    mumkin.
    Millatlarni yo’qqa chaqarish, ularning ildizini qirqib tashlash, milliy xususiyatlari, 
    an’analari va urf-odatlarini barbod etish yo’li bilan mamlakatlarni zabt etish odatiy 
    jarayonga aylandi. Bunday maqsadni amalga oshirishda axborot tizimidan foydalanish 
    keng avj olib bormoqda. Mustaqil O’zbekiston esa ana shu jarayonda o’zining 
    yangidan-yangi imkoniyatlarini, aqliy salohiyatini, o’z-o’ziini himoya qilish va har 
    qanday tajovuzlarga qarshi tura olish iqtidorini namoyon etmoqda. Biroq bu etarli emas. 
    Aniq natijalarga erishish uchun quyidagilarga mafkuraviy xususiyatlarga e’tibor berish 
    lozim, deb o’ylaymiz: 
    - insonni shaxs va fuqaro sifatida shakllantirish, uning imkoniyatlarini ruyobga 
    chiqarish; 
    - insonning o’zini-o’zi himoya qila olish instinktini, o’zini-o’zi boshqarish 
    salohiyatini shakllantirish; 

    alohida 
    odamlar, 
    guruhlar, 
    qatlamlararo 
    munosabatlarni 
    yana 
    ham 
    barqarorlashtirish; 
    - jamoalar birligini, umumiy xonadon – yaxlit mamlakat taqdiri uchun javobgarlik 
    hissini kuchaytirish; 
    - millatidan va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, O’zbekiston fuqarosi bo’lgan har bir 
    shaxsning kelajak uchun mas’ulligini ta’minlash; 
    - kelib chiqishi mumkin bo’lgan mojarolar, kelishmovchiliklarning asoslari, 
    yo’nalishlari, rivojlanish omillari va dinamikasini doimiy, uzluksiz ravishda o’rganib 
    borish va ularni oldini olish. 


    100 
    Ana shu tarzda, albatta, axborot sohasida xavfsizlikni ta’minlashning O’zbekiston 
    tajribasi takomillashib boradi. Bu bevosita axborot xuruji avj olayotgan, axborot 
    tarqatish texnologiyalari tobora takomillashib, uning usul va uslublari yangilanib 
    borayotgan bir paytda mamlakatimiz ayni ana shu madaniy jarayonning eng samarali, 
    insonparvar usullaridan yanada kengroq foydalanish imkoniyatlarini qidirayotganligini 
    ko’rsatadi. 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish