Individning axborot da’vatlarning turlari va mazmunidan, ahamiyatidan




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/73
Sana18.11.2023
Hajmi1,7 Mb.
#100951
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

3. Individning axborot da’vatlarning turlari va mazmunidan, ahamiyatidan 
etarli darajada xabardor emasligi 
Ikkinchi masala yuzasidan bayon etilgan materialdan bu borada etarli 
tayyorgarlikka ega bo’lmagan inson amalda o’z ustiga har tomondan yopiriladigan 
axboriy ta’sir oldida ojizdir, deya to’liq ishonchli xulosa chiqarish mumkin. U televizor 
tomosha qiladi, radio eshitadi, gazeta o’qiydi va matbuot sahifalaridan, teleradio 
efiridan o’ziga qarata yo’naltirilayotgan gaplarga ishonadi. 
Buning ustiga ommaviy axborot vositalari o’z xabarlarini etarlicha professional 
darajada uzatadilar, ya’ni bosma matnni to’g’ri shakllantirishni, radio va televidenie 
xabarini yaxshilab montaj qilishni, xarakterli dalillar tanlashni hamda ularni keraklicha 
tartibda bir qatorga tizib, zarur sharh bilan to’ldirishni va hokazo usullarni qoyillatib 
bajaradilar. Auditoriyaning oddiy vakili tahririyatlar o’z ma’lumotlarini ishonchli, 
asosli, zarur ta’sir kuchiga ega bo’ladigan darajada tayyorlashlari uchun qanchalik ko’p 
ish olib borishlarini ko’pincha tasavvur ham qilmaydi. Ta’sir kuchi yuqori bo’lishiga 
erishish uchun juda katta ish olib boriladiki, bu haqda radio va televidenie efirida yoki 
matbuot sahifasida hech nima deyilmaydi.
Shuning uchun, ommaviy auditoriya bilan olib boriladigan professional ishni 
hisobga olgan holda, individning yagona o’zi axborot tajovuzidan o’zini omon saqlab 
qololmaydi, deya etarlicha ishonch bilan aytishga to’liq asos bor. Bu ishni shu darajada 
hiyla-nayranglar va kutilmagan usullar ishlatib tashkillashtirish mumkinki, hatto mazkur 
sohada bilimdon kishi ham unda aynan tajovuz yashiringanligini sezmay qolishi 
ehtimol.
Buni biz axborot da’vatlarning turlari va mazmuni, ahamiyatini eslatish bilan 
masala nomining o’zidayoq aks ettirdik. O’z oldimizga bir oddiy savol qo’yaylik:
“Kichik bir maqolachada qutqu bo’lishi mumkinmi?” Masalan: “AQSh Prezidenti 
Si-en-en muxbiriga bergan intervyusida o’z mamlakatida ishsizlik darajasi pasayganini 
ma’lum qildi” . Albatta, bu erda hech qanday qutqu yoki tahdid yo’q. Lekin shunga 
o’xshash xabarlar Si-en-en, “Assoshieyted Press”, “Yunayted Press” Interneshnl, Reyter 
tomonidan har oyda va ko’plab martadan berib turilsa-chi?! Ya’ni har kuni ishsizlik va 


81 
inflyatsiya kamaygani, maoshlar va dollar kursi oshgani, yalpi mahsulot hajmi 
ko’paygani va hokazo-hokazo yutuqlar haqida izchil ravishda gapirilaversa-chi?!
Bu holda auditoriyada tabiiy ravishda oltin milliard jamiyatlarida (rivojlangan 
mamalakatlarni shunday atashadi) hamma narsa yaxshi, boshqalarida esa unchalik 
emas, deb o’ylaydi. Shu tariqa ko’zga ko’p tashlanavermaydigan tarzda, asta-sekin 
boshqa mamlakatlarga noto’g’ri axborot yo’llanadi – bilib qo’yingki, bizga hamma 
sohada muvaffaqiyatlar yor, sizda esa unday emas. Vaholanki, ishsizlik va inflyatsiya, 
shuningdek mehnat haqi va milliy valyuta kursi ham muntazam ravishda 
ko’tarilib-tushib turishi ma’lum narsa. Biroq kamchiliklar to’g’risida, odatda, gapirishni 
u qadar yoqtirishmaydi, ko’proq g’arbcha turmush tarzining afzalliklarini ta’kidlashga 
harakat qiladilar. 
Ushbu qonuniyat, ya’ni xabarlar soni pirovardida zarur sifatni berishi jahon 
axborot bozorida ko’p yillardan beri amalda. Sayyoramiz G’arbiy Evropa va AQSh 
xalqlari qanchalar yaxshi yashayotgani va dunyoning qolgan qismida hamma narsa ham 
u qadar muvaffaqiyatli emasligi haqida yildan-yilga ko’rib, eshitib va o’qib kelmoqda. 
Jahondagi etakchi axborot agentliklari va kompaniyalari hamda radiotelekompaniyalar, 
bir tomondan, hayotning iste’molchilik xarakteri, yoshlarning o’z ideallaridan 
qoniqmasligi oshib borayotganligi, o’sha ishsizlik va inflyatsiya, an’anaviy dindan yuz 
o’girish, G’arbiy Evropa mamlakatlari va AQSh xalqlari hayotidagi boshqa salbiy 
jihatlar haqida, ikkinchi tomondan, boshqa davlatlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
hayotidagi yutuqlar to’g’risida juda kam gapirishadi.
O’zbekiston fuqarosiga xorijiy OAV tomonidan amalga oshirilayotgan kundalik 
yopirilma bosimni tajovuz deb atasak, to’g’ri bo’ladi. Bunday ta’sir o’tkazishni 
boshqacha ta’riflab ham bo’lmaydi. Endi shu fikrni isbotlashga harakat qilaylik. 
Har bir inson o’z jamiyatida yashaydi, muayyan ijtimoy institutlar va guruhlar 
muhitida bo’lib turadi. Umumga dahldor bo’lish - ijtimoiylashuv (sotsializatsiya), ya’ni 
tug’ilgan kunidan to 25-29 yoshga kirguniga qadar davom etadigan jamiyatga kirishish 
davrida u mazkur muhitda barcha tomonidan qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarni 
o’zlashtirib oladi. Bu davr oxiriga borib u o’zi o’sib-ulg’aygan va shaxs sifatida kamol 
topgan muhitga xos qimmatli yo’l-yo’riqlar majmuini egallagan bo’ladi. 
Mana endi u xorijiy OAV ta’sirida o’zi amal qilishga o’rgatilgan qadriyatlarning 
to’g’riligiga shubhalana boshlaydi. Individning shaxs sifatida o’z mo’ljalini yo’qotib 
qo’yishi uni halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Natijada unda hamma narsaga 
ishonchsizlik, 
nigilizm, 
boshqa 
odamlar 
taqdiriga 
beparvolik, 
hayosizlik, 
madaniyatsizlik va hokazo illatlar namoyon bo’lishi hech gap emas.
Qolaversa, xorijiy qadriyatlar ham har xil bo’ladi. Ularning ko’pgina qismi 
O’zbekistonning katta yoshdagi aholisi va yoshlari tomonidan muvaffaqiyatli 
o’zlashtirilmoqda. Lekin shundaylari ham borki, ular bizda ko’karib keta olmaydi. 
Birinchi navbatda bu protestantchilikda qo’llab-quvvatlanadigan va G’arbiy Evropa 
hamda AQShda jamiyatlarning gullab-yashnashiga yordam bergan egotsentrizm, 
individualizm, karerizm va boshqa shunga o’xshash sifatlarga taalluqlidir. Protestant 
odobining mohiyatiga xos xususiyatlardan biri shundan iborat bo’lib, taniqli sotsiolog 
M.Veber bu haqida yozib, mazkur mamlakatlarda juda mashhur bo’lib ketdi.
Biroq bu jamoaviy hayot tarziga ega mamlakatlar tomonidan so’zsiz qabul qilinishi 
mumkin emaski, O’zbekiston ham shunday davlatlar jumlasiga kiradi. Bizda agar oila, 
mahalla, mehnat jamoasi manfaatlariga to’g’ri kelmasa, insonnning yakka holda va 
shaxsan o’zini ko’zlab muvaffaqiyatga intilishi ma’qullanmaydi. Bu erda qavmning 


82 
vazifalari, jamoa miqyosidagi ijobiy natija shaxs darajasidagi yutuqqa qaraganda yuksak 
qadrlanadi. 
Shuning uchun agar xorijiy OAV mahalliy shart-sharoitlarni nazar-pisand 
qilmasdan, puxta yo’lga qo’yilgan axborot yordamida o’z ko’rsatmalarini 
o’zbekistonliklar ongiga singdiradigan bo’lsalar, vatandoshlarimiz azaliy tanlangan 
hayotiy mo’ljallarini yo’qotib qo’yadilar va bu jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Aslida, xorijiy ommaviy axborot manbalari ko’pincha ayni shu maqsadni ko’zlab 
ish olib boradilar. Lekin ular o’zbekistonliklarning aniq qadriyatlarini, masalan, 
madhiyamiz mazmunini, Toshkentning ko’rki-tarovatini yoki tarixdagi yutuqlarimizni 
maqsadli obro’sizlantirishga intilmaydilar. Yo’q, chet el OAV boshqacha yo’l tutadilar. 
Ular O’zbekistonda demokratiya yo’q, ommaviy axborotni tarqatish nazorat qilinadi, 
odamlar o’z fikrlari, orzu-umidlarini erkin izhor qila olmaydilar, degan gaplarni 
qilishadi. Haqiqatan ham bizdagi gazeta va jurnallarning muharrirlari, radioeshittirish va 
teleko’rsatuvlarni efirga chiqarish uchun mas’ul kishilar, agar behayolarcha, dag’al yoki 
axloq-odob qoidalariga to’g’ri kelmaydigan, ya’ni jamoaviy hayot tarzi an’analariga zid 
bo’lsa, bunday ishlar qilinishiga ijozat bermaydilar. Boshqa barcha masalalarda 
ommaviy kommunikatsiya vositalarida chiqish qiluvchi mualliflarga mamlakatimiz 
qonunlari amal qilish uchun zarur erkinlik berib qo’ygan.
Ma’naviy-ma’rifiy sohada xorijdan turib axborot yordamida ta’sir ko’rsatishning 
maqsadi bo’lgan O’zbekiston fuqarolarining umum tomonidan qabul qilingan 
qadriyatlari, istaklari va yo’l-yo’riqlari buzilishi jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun 
ma’lum xavf tug’diradi. Bu kategoriyalar o’zbekistonliklarning hayotiy dasturlari 
bo’lganligidan biz ularning xorijiy axborot manbalari tomonidan surbetlarcha poymol 
etilishiga befarq qarab turolmaymiz. Barcha tomonidan qabul qilingan huquqiy va 
axloq-odob me’yorlarini obro’sizlantirish maqsadida mamlakatimizga qarshi amalga 
oshirilayotgan turli hujumlarni fosh etish ma’naviy-ma’rifiy ish va axborot-psixologik 
xavfsizlikni ta’minlash sohasi har bir mutaxassisning eng muhim vazifasi hisoblanadi. 
Shu ma’noda O’zbekiston fuqarosining axborot hujumlaridan davlat va 
jamoatchilik tomonidan himoyalanishi zarurligi kunday ravshan bo’lib turibdi. 
Yuqorida tushuntirish berib o’tganimizdek, individga yopirilayotgan axborot to’lqini 
hajman kattaligi va mazmunan murakkabligi bois bu masalani uning yolg’iz o’zi hal 
qilishga ojizdir. 

Download 1,7 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Individning axborot da’vatlarning turlari va mazmunidan, ahamiyatidan

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish