3. Axborot-psixologik urushi jarayonida ommaviy axborot vositalaridan
foydalanish
Ommaviy
axborot
vositalarining
alohida
masala
sifatida
ajratilishi
axborot-psixologik urushni olib borishda g’oyat katta rol o’ynashi bilan izohlanadi.
Mutaxassislar qayd qilganlaridek, Sovet ittifoqi iqtisodiyoti va siyosati zaif bo’lganligi
uchungina emas, balki “Amerika ovozi”, “Nemis to’lqini”, Bi-bi-si va boshqa
radiostantsiyalar bu zaifliklar to’g’risida butun dunyoga jar solganliklari sababli “sovuq
urush”da mag’lub bo’ldi. Qisqacha aytganda, axborot-psixologik urushi davomida
aholiga yopirilma va har tomonlama ta’sir o’tkazish ommaviy axborot vositalari orqali
eng samarali amalga oshiriladi.
Ma’lumki, odamlarga axborot etkazish va ijtimoiy fikrni shakllantirishning uchta
asosiy manbai mavjud: rasmiy shaxslarning ma’lumotlari, ommaviy axborot
59
vositalarining xabarlari hamda mish-mishlar, g’iybatlar, latifalar. Axborot asri
boshlanishi bilan ommaviy axborot vositalari qolgan ikki kanalni ancha chekintirib,
o’ziga so’zsiz etakchilikni ta’minladi. Buning ustiga birinchi va ikkinchi manba
ma’lumotlarining kattagina qismi ham uning vositasida etkaziladi.
Bundan,
tabiiy
ravishda,
ommaviy
axborot
vositalari
hozirgi
davrda
axborot-psixologik urushda asosiy rol o’ynaydi degan xulosaga kelish mumkin. Oddiy
urushda qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar, tanklar va bronetronsporterlar,
ofitserlar va askarlar hal qiluvchi vositalar bo’lsa, axborot-psixologik urushda raqibga
shikast etkazish vazifasini Internet va matbuot xizmatlari, televidenie va radio, gazeta,
jurnallar hamda varaqalar bajaradi.
Bugungi kunda amalda har bir mamlakat rivojlangan ommaviy axborot tizimiga
ega, davlat va jamiyatning muvaffaqiyatli amal qilishini, ijtimoiy guruhlar va shaxslar
faoliyatini usiz tasavvur qilib bo’lmaydi.. Axborot-psixologik urushni boshlayotgan
mamlakat er kurrasining kerakli qismida boshqa mamlakatlar aholisiga ta’sir ko’rsatish
uchun nafaqat o’z vatani, balki xalqaro va jahon ommaviy axborot vositalarining g’oyat
rivojlangan ommaviy axborot tizimiga ham ega bo’lishi lozim. Bu tizim Internetga,
radioeshittirishlar va teleko’rsatuvlarga keng ko’lamdagi materiallar uzluksiz etkazib
berib turishi, imkon bo’lganda esa bosma mahsulotlarning tirajlarini ham ta’minlashi
lozim bo’ladi.
Aytish mumkinki, bunday rolni ancha yillardan beri AQSh muvaffaqiyatli bajarib
kelmoqda. Taniqli siyosatshunos Zbignev Bjezinskiy o’zining mashhur kitobida:
“Amerika teledasturlari va filmlari jahon bozorining qariyb chorak qismini tashkil
qiladi”
1
, deb yozadi. Butun dunyo bo’ylab Amerika ommaviy axborot vositalari
mahsulotlarining zo’ravonligi - oydin ko’rinib turgan fakt. Bu jahon miqyosida axborot
almashuvda va xalqaro munosabatlarda har xil nomutanosibliklarga va tengsizlikka olib
kelishi tushunarlidir.
Bosma mahsulot ham audiovizual mahsulotlar bilan raqobatlashish jarayonida
tobora xilma-xillashib borayapti. Agar ilgari bunday mahsulotlar gazeta, haftalik va
jurnallardangina tashkil topgan bo’lsa, axboriy-psixologik urush sharoitida turli
byulletenlar, dayjestlar, obzorlar, press-relizlar, axborot obzorlari, sharhlar,
ekspertlarning fikrlari, bir gallik nashrlar va h.k. mahsulotlar ham ancha muvaffaqiyatli
qo’llanilayotir. Amalda ommaviy axborot vositalarining birinchi, a’anaviy tizimi bilan
yonma-yon epchilroq va natija bobida ham undan qolishmaydigan ikkinchi tizim paydo
bo’ldi.
XV asr o’rtalarida matbuot paydo bo’lgan paytdan e’tiboran ommaviy axborot
vositalari samaradorligi oshib kelayati. Iogann Guttenbergning bosma dastgohi axborot
bobida inqilob yasadi. Matbuot xabarlari shungacha mavjud bo’lgan bevosita og’zaki
yuzma-yuz muloqot vositalaridan farqli ravishda bir xil, hozirjavob va, eng muhimi,
ommaviy bo’lib qoldi. Ommaviylik, operativlik va ta’sirning ishonchliligi ommaviy
axborot vositalari uchun har doim asosiy xususiyatlar bo’lib keldi.
Radio paydo bo’lishigacha o’tgan besh yuz yil mobaynida matbuot to’xtovsiz
o’sib, kengayib va tabaqalanib keldi. O’z imkoniyatlari, davri va sharoitlari darajasida
shubhasiz muvaffaqiyatlarga erishdi. Tijoriy korxona sifatida paydo bo’lgan matbuot tez
orada siyosiy va axboriy kurash vositasiga aylandi. U XVII asrdagi Ingliz, XVIII
1
Бжезинский Зб. Великая шахматная доска. Господство Америки и его геостратегические императивы. – М.:
“Международные отношения”, 2000. – Б. 38.
60
acrdagi Frantsuz va Amerika inqiloblarida bosh rolni o’ynadi. Tajribali strateg
Napoleon, minglab nayzaga qaraganda g’animlarcha kayfiyatdagi to’rtta gazetadan
ko’proq qo’rqish kerak, degan edi. Urushda yopirilib hujum qilish bilan g’alaba qilish
mumkin bo’lgani singari ommaviy axborot vositalari yordamida axborot-psixologik
urushini olib borishning eng muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biri – ta’sir
ko’rsatishning muntazam, har tomonlama xarakteridir. Matbuot mantiqiy-tahliliy
apparat yordamida ta’sir etib, auditoriyaning tafakkuri va tasavvurlarini rivojlantirish
orqali uni ko’proq egallay boradi. Keng ma’nodagi mantiq hamma narsani o’ziga
bo’ysundirib olish kuchiga ega, inson ongi to’g’ri qurilgan mantiqiy fikrlarga qarshi
turishga ojiz.
Keyingi yillarda Internet o’zbekistonliklar hayotiga tobora faol kirib kelmoqda.
Hozircha uning afzalliklari va kamchiliklarini bizdagina emas, butun dunyoda ham xolis
baholay olmayaptilar. Kimlardir uni ko’klarga ko’tarib maqtasa, boshqalar o’z
hududlarida uning faoliyatini chegaralovchi qonunlar qabul qiladi. Bu xususda omon
bo’lsak, ko’raverarmiz, deyish to’g’ri bo’ladi. Biroq hozirdayoq Internet universal
xarakterdagi ko’p funktsiyali ommaviy axborot vositasi bo’lib qolganligi va unga
murojaat qilgan har bir kishiga qudratli ta’sir ko’rsatish kuchiga ega ekanligi
shak-shubha uyg’otmaydi.
Axborot-psixologik
urushi
davomida
xabarlarning
bosma
matbuot,
radio-televidenie va tarmoq orqali kechayu kunduz uzluksiz oqim sifatida uzatib
turilishidan iborat usul ham yuqori natija berishi shubhasizdir. Ommaviy
kommunikatsiyalar, birinchi navbatda real vaqt rejimida ishlab turuvchi Internet tufayli
dunyo 24 soatli jamiyatga aylandi. Yasen Zasurskiy yozadi: “Xalqaro muloqotning
globallashuvi bilan “yigirma to’rt soatli jamiyat” degan yana bir yangi ta’rif paydo
bo’ldiki, bu jamiyat uzluksiz ishlab turadi. Uni iqtisodiy aylanish to’xtovsizlik kasb
etayotganligi: Sidney, Singapur, Tokioda boshlanib, so’ngra Moskva, Frankfurt, Parij,
Amsterdam, London, Nyu-York, San-Frantsisko tomon yo’nalgach, yana Sidneyga
qaytib kelishi taqozo qilgan”
1
. Jurnalistika sohasining otaxoni iqtisodiyot to’g’risida
yozgani ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ham mos keladi, deb o’ylaymiz.
Maqolalar sonining bunday ko’pligi vaqti kelib albatta muvofiq ravishdagi sifatga
aylanadi. Dunyo mamlakatlarida Si-en-en, Bi-bi-si ko’rsatuvlarini yuzlab marotaba
tomosha qilgan millionlab odamlar ushbu telekompaniyalar targ’ib qilayotgan
standartlarga ko’ra o’ylashga, gapirishga, harakat qilishga va yashashga boshlaydilar.
Binobarin, siyosiy tuzumga va mavjud rejimlarga qarshi urush olib borish shart bo’lmay
qoladi – har kuni nimaiki amerikaliklarniki (inglizlarniki) bo’lsa, hammasi a’lo
ekanligini gapirib va efirda ko’rsatib turish kifoya. Vaqti kelib bunday axborot
xoynahoy o’z natijasini beradi va boshqa davlatlar aholisi, o’zlari bilmagan holda,
AQShni va G’arbiy Evropani orzu qilingan zamin sifatida tasavvur qila boshlaydi. Ayni
paytda oddiy tomoshabin uzatilayotgan axborotning anchagina qismi, shunchaki
qalbakilashtirilmagan holda ham, bir yoqlama tanlanganini sezmay qoladi.
O’z kasbining ustalari bo’lgan qalamkashlar uchun bunga erishish qiyinchilik
tug’dirmaydi. Ommaviy axborot bobidagi hiyla-nayranglar ilmiy tadqiqotlarning
avvaldan ishlab kelinayotgan va hamisha dolzarb sohasi hisoblanadi ( Rustam Jumaev,
Narzulla Jo’raev, Temur Jo’raev, Shukriddin Paxriddinov, Ravshan Alimov,
shuningdek Spartak Beglov, Gerbert Shiller va boshqalarning asarlariga qarang). Bu
1
Засурский Я.Н. Искушение свободой. – М.: МГУ, 2004. – Б. 52-53.
61
masalalarga bag’ishlangan asarlarda ommaviy auditoriya psixologiyasiga qaratilgan
nayranglarning samarali uslublari ko’rib chiqilgan. Ularning ayrimlari haqida qisqacha
to’xtalamiz.
|