Axborot quroli yordamida ta’sir ko’rsatish ta’rif-tavsifi, metodlari, uslublari




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/73
Sana18.11.2023
Hajmi1,7 Mb.
#100951
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

2. Axborot quroli yordamida ta’sir ko’rsatish ta’rif-tavsifi, metodlari, uslublari 
va usullari 
Oddiy va axborot urushining yuqorida eslatib o’tilgan farqlaridan axborot 
qurolining tavsifi va parametrlarini, shuningdek o’ziga xos xususiyatlarini chiqarib olsa 
bo’ladi. Boshqa holatlarda bo’lganidek, axborot qurolining keng hamda aniq ta’rifini 
ajratib ko’rsatish odatga aylangan. Keng ma’noda – bu o’zga davlat aholisiga uning 
tafakkuri va yurish-turishini qayta tashkil etish uchun maqsadli ta’sir etish tizimidir. 
Aniq ma’noda axborot quroli deganda, ta’sir o’tkazilayotgan mamlakat aholisiga uni 
axloqiy-psixologik jihatdan mag’lubiyatga uchratish va hujum qilayotgan tomonga 
foydali ideallarni shakllantirish maqsadida bevosita axboriy ta’sir ko’rsatish vositalari 
tushuniladi. 
Quyidagi faktga e’tibor berish lozim. Axborot urushi davrida hujumga uchraydigan 
ob’ektlarni aniqlashda mutaxassislar insonga qaraganda davlat tizimiga hamda texnik 
tizimlarga ko’proq e’tiborni qaratadilar. Masalan, I.N.Panarin shunday ettita ob’ektni 
ajratib ko’rsatadi: 1) axborot-texnika tizimlari; 2) axborot-tahlil tizimlari; 3) insonni 
ham o’z ichiga oladigan axborot-texnika tizimlari; 4) insonni ham o’z ichiga oluvchi 
axborot-tahlil tizimlari; 5) axborot resurslari; 6) ommaviy axborot va targ’ibot 
vositalariga asoslangan ijtimoiy ong va fikrni shakllantirish tizimlari; 7) inson 
psixikasi
3

O’z navbatida, “Axboriy-psixologik urush sharoitida davlatning axborot siyosati” 
kitobining mualliflari axborot quroli uchun quyidagi beshta asosiy ob’ektni sanab 
o’tadilar: 1) davlat, mintaqaviy va xususiy tuzilmalarning aloqa, boshqaruv va nazorat 
tizimlari hamda vositalari; 2) qurollar tizimi va harbiy boshqaruv organlari; 3) 
moliyaviy muassasalarning aloqa, axborot almashuv tizimlari hamda vositalari; 4) 
1
Проблемы безопасности в Центральной Азии. Материалы международной научно-практической конференции. 
Ташкент, 20-21 октября 2005 г. – Т.: “Тuron-Iqbol”, 2006. – Б. 8. 
2
Гельвеций К. Сочинения. 1-ж. – М.: “Наука” , 1973. – Б. 186-187. 
3
Қаранг: Панарин И.Н.Информационная война и дипломатия. – М.: ОАО “Издательский дом “Городец” , 2004. – 
Б. 215. 


55 
ommaviy axborot va ommaviy kommunikatsiya vositalari; 5) inson aql-zakovati, omma 
va shaxs ongi, ijtimoiy jarayonlar
1

Davlat va xususiy tuzilmalarning aloqa va boshqaruv, axborot-texnika tizimlarini 
birinchi planga qo’yish bilan inson psixikasi va aql-zakovatini ikkinchi o’ringa 
qo’yayotganliklari uchun ushbu muaaliflarga e’tiroz bildirish mumkin edi. Biroq 
bunday qilish u qadar xolislik bo’lmasdi, chunki iqtibos olganimiz kitob mualliflari uni 
o’z maqsadlari va dasturlariga binoan yozishgan. Shunday bo’lsa-da, rossiyalik 
olimlarning asarlarida axborot xavfsizligi masalasida shaxs o’rniga davlatni birinchi 
planga chiqarishdek umumiy va, nazarimizda, unchalik to’g’ri bo’lmagan qonuniyat 
uchraydiki, bunga e’tibor bermaslik mumkin emas. Rossiya Federatsiyasining 2000 yil 
sentyabrda mamlakat Prezidenti V.V.Putin tomonidan imzolangan Axborot xavfsizligi 
Doktrinasida ham shunday tendentsiya ifodalangan
2

Axborot-psixologik urushida inson, uning nuqtai nazari, qiziqishi, kayfiyati ta’sir 
o’tkazishning bosh ob’ekti hisoblanadi, deb o’ylaymiz. Ushbu fikr shu bilan ham 
tasdiqlanadiki, axborot jadal sur’atlarda tarqalib, uning hajmi ko’paygan sharoitda 
fuqarolar o’rtasida ichki va xalqaro ma’lumotlarni shaxsan o’zaro almashish keskin 
o’sdi va bu davlat monopoliyasini hamda korporatsiyalarning axborotni ishlab chiqish 
va ommaviy auditoriyaga etkazish imkoniyatlarini ham ancha orqada qoldirib ketgan 
almashuvga aylandi. 
Bevosita axborot quroli tavsifiga va mezonlariga o’taylik. Uni aniq tasniflashning 
qiyinligi axborot urushi tabiatining o’zi chalkashligi bilan izohlanadi. Mutaxassislar 
axborot qurolining turli xillari bo’lib, ulardan har biri aloqa vositalari va auditoriyaga 
ta’sir ko’rsatish bobida o’z tizimlariga ega, deb hisoblaydilar. Ularni dastlabki 
bo’lishdayoq moddiy-texnik va psixologik turlarni ajratib ko’rsatish mumkin, o’z 
navbatida, ular ham bir qator guruh va kichik guruhlarga bo’linadilar (yuqoridagi 
iqtiboslarda ularning ayrimlari keltirib o’tildi). 
Texnik va boshqaruv tipidagi ob’ektlarni ko’rib chiqish ushbu darslikning 
markaziy muammosi bo’lmaganligi bois bu xususda batafsil to’xtalmaymiz. Psixologik 
usullar biz uchun asosiy hisoblanib, mazkur bob va umuman butun darslik shunga 
bag’ishlangan. 
Jangovor harakatlarni buning uchun alohida tayyorgarlikdan o’tgan professionallar 
(ofitserlar, askarlar) olib borishadi, axborot-psixologik ta’sir o’tkazish bilan esa 
mutaxassislarning ancha keng doirasi (davlat va jamoat arboblari, siyosatchilar, 
iqtisodchilar, faylasuflar, jurnalistlar va boshq.) shug’ullanadi. Taktik quroldan 
foydalanuvchilar jang paytida muayyan joy relefini, ya’ni baland-pastliklarni, nishonga 
olingan ob’ektlar xarakterini va boshqa xususiyatlarni hisobga olgani singari 
axborot-psixologik qurol egalari ham auditoriya tarkibi va tipologiyasini, uning ong 
darajasini, omma va guruh psixologiyasi sifatini va h.k. jihatlarni chamalab chiqishadi. 
Bir qator mutaxassislar fikricha, axborot quroli axborot makonini vayron qilmaydi, 
balki unga tayanadi. Bu mutlaq ma’nodagina to’g’ridir, chunki hujum qiluvchi dastlab 
albatta birinchi tomon yaratgan axborot tizimini barbod qiladi va o’zi uchun foydali 
yangi axborot makonini vujudga keltiradi. 
1
Манойло А.В., Петренко А.И., Фролов Д.Б. Государственная информациолнная политика в условиях 
информационно-психологической войны. – 2-стереотип нашр. – М.: Горячая линия – Телеком, 2006. – Б. 213-214. 
2
Мазкур Доктрина РФ ҳукуматининг Интернет сайтида жойлаштирилган ва “Основы информационной 
безопасности” китобида эълон қилинган: Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма / Белов Е.Б., Лось В.П., 
Мещеряков Р.В., Шелупанов.А.А. – М.: Горячая линия – Телеком, 2006. – Б. 283-324. 


56 
Quyidagilar axborot-psixologik qurolning o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. 

Download 1,7 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot quroli yordamida ta’sir ko’rsatish ta’rif-tavsifi, metodlari, uslublari

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish