4. Axborot oqimlari sharoitida sivilizatsiyalar holati
Dunyo miqyosida axborot almashinuviga tartib kiritish masalasi anchadan beri
dolzarb bo’lib kelmoqda. Mamlakatlar mafkuraviy jihatdan ikki tarafga bo’lingan
paytdan boshlab axborot texnologiyalari va ma’lumotlar etkazish usullari jiddiy
rivojlana boshladi. Hokimiyatlari milliy iqtisodiyotini to’g’ri boshqargan davlatlar –
AQSh va G’arbiy Evropa mamlakatlari katta yutuqlarga erishdilar va hozirgi bosqichda
asosli ravishda rivojlangan mamlakatlar deb nom oldilar. “Sovuq urush” axborotni
ommaviy hajmda va katta tezlik bilan uch yo’nalish bo’yicha: o’z davlati, g’oyaviy
raqiblar va betaraf mamlakatlar aholisiga etkazishni talab qildi. Uchinchi dunyoni er
yuzi aholisining aksariyat aholisi - Osiyoning asosiy qismi, Afrika va Lotin Amerikasi
tashkil etdi.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar rioya qiladigan axborotning erkin
oqimi (ruschasi: svobodno’y potok informatsii; 1946 y. joriy etilgan) kontseptsiyasi
mamlakatlar o’rtasida cheksiz axborot almashuvini nazarda tutadi. Bu masala bevosita
texnik imkoniyatlarga bog’liq ekanligini e’tiborga olsak, axborotning erkin oqimi
AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniyadek mamlakatlar tomonidan ishlab chiqarilgan
ma’lumotlar dunyoning har qaysi burchagiga hech qanday nazoratsiz etkazilishi
mumkinligini anglab olamiz. Bunday sharoitda boshqa davlatlar rivojlangan
mamlakatlarga axborot jihatidan (demak, mafkuraviy jihatdan ham) qaram bo’lib
qolishi aniq.
Tarafdorlarini ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlar tashkil etadigan ikkinchi -
yangi umumjahon axborot tartibi (ruschasi: novo’y mirovoy informatsionno’y
poryadok; 1976 y.) kontseptsiyasining ma’nosi har qaysi alohida jamiyatning ichki
axborot bozoriga xalqaro axborot oqimlari kirishini nazorat qilish zarurligidan iborat.
Bu tartibning maqsadi - milliy an’analarni va madaniyatni rivojlangan mamlakatlarning
axborot xurujidan saqlashdir
1
.
1
Қаралсин: Муминова Ф.И.Международная журналистика: теория и практика. – Т.: – Университет мировой
экономики и дипломатии, 2006. – Б. 18.
46
Ikkinchi kontseptsiya YuNESKO tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Ushbu bob
muallifi kontseptsiyaning amalga oshirilishiga bag’ishlab 1979 yil sentyabrda
Toshkentda bo’lib o’tgan xalqaro konferentsiyada qatnashgan. Mazkur anjumanda
YuNESKOning o’sha vaqtdagi Bosh direktori Amadu Maxtar M*Bou axborot
almashuvini tartib asosida tashkil etish zarurligi haqida ma’ruza qilgan edi. Ma’ruza
mazmuni va Bosh direktorning nuqtai nazari AQSh va uning tarafdorlariga
yoqmaganligi sababli u zot keyinchalik o’z vazifasidan ustalik bilan chetlashtirildi,
yangi Bosh direktor (Friderik Mayor) esa erkin axborot oqimining targ’ibotchisi bo’lib
chiqdi.
Tsivilizatsiyalarning zamonaviy holati haqida to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarga
o’z e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Bugungi kunda vaziyat shundayki, texnik jihatdan
kuchli bo’lgan xristianlar tamadduni butun dunyo bo’ylab o’z qadriyatlarini tarqatishga
zo’r berib intilmoqda. Aslida esa bu madaniy hujumdan o’zga narsa emas. Buddaviylik
ham (Xitoy, Yaponiya, Xindiston, Singapur, Honkong misolida) kundan-kunga
kuchayib borayotir. Islom diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar esa axborot jihatidan ular
bilan teng kuchga ega emas. Shu sababli islomiy davlatlar, vaqtincha bo’lsa-da, noiloj
o’zlarini himoya qilishga majburdirlar.
G’arbiy mamlakatlarning etakchiligi shak-shubhasiz va doimiy emas, albatta.
Buning uchun Musulmon Renessansi davrini eslashning o’zi kifoya. Darvoqe,
“Musulmon Renessansi” iborasining o’zi ham Sharqda emas, aynan G’arbda paydo
bo’lgan, shveytsariyalik olim Adam Mets mazkur sarlavha bilan barcha uchun birdek
maqbul salmoqli kitob yozganligi bunga dalillardan biridir. Amerikalik mualliflar Heydi
va Elvin Tofflerlar shunday yozadi: “G’arb dunyo iqtisodiyotida uzoq vaqt davomida
va ochiq-oydin peshqadamlik qilib kelganligi bois bundan besh asr muqaddam ilg’or
texnologiyalar sohasida Evropa emas, balki Xitoy oldinda bo’lgani nazardan chetda
qoldiriladi. O’sha vaqtlarda aynan Osiyo jahon yalpi mahsulotining 65 foizini ishlab
chiqarib, dunyoning qolgan qismiga rivojlanish yo’lini ko’rsatib turgan”
1
. Islom din va
turmush tarzi o’laroq umumsayyoraviy illatlarga (ekologiya, OITS, yadro quroli) qarshi
tura olishining yuqori samarali bo’lishi ham dunyo hamjamiyati uchun sir emas. Balki
shuning uchundir, Evropa aholisi o’rtasida islomni qabul qilish davom etmoqda.
Hozirgi siyosatshunoslar oldida muhim bir masala ko’ndalang turibdi. Bu “Sovet
ittifoqi tarqalganidan keyin dunyo miqyosida yangi umumjahon tartibi qanday bo’ladi?”
degan masaladir. Harvard universitetining professori Samyuel Xantington fikricha
2
,
xalqaro maydonda davlatlarning o’zaro munosabatlari tsivilizatsiyalar “to’qnashuvidan”
iborat bo’ladi. Olimning shu sarlavhali maqolasi 1993 yili “Foreing Affairs Reader”
jurnalining yozgi sonida e’lon qilingan edi. Keyinchalik u rus tiliga o’girilib,
Toshkentda nashr qilinadigan “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalida chop etildi
3
.
Maqolaning asosiy g’oyasi quyidagicha: mafkuralar kurashi tugaganidan keyin keng
tarqalgan dinlarga asoslangan 7-8 ta dunyo tsivilizatsiyalari o’rtasida to’qnashuvlar
boshlandi.
Jahon matbuotida ushbu maqolaga munosabat bildirilib, ko’pgina javob va sharhlar
chiqdi, ularning bir qismini “Foreing Affairs Reader” (1993 y., sentyabr-oktyabr) va
1
Тоффлер Э., Тоффлер Х.Революционное богатство. Ингл. тилидан М.Султанова, Н.Циркун. таржимаси. – М.:
АСТ: АСТ Моска: ПРОФИЗДАТ, 2008. – Б. 99.
2
“Экономическое обозрение” , 1998, январь, – Б. 67-77. Ўзбек тилига таржимаси “Интеллект” газетаси, 2005 йил 9
июндан бошлаб еттита сонида босилган.
3
“Экономическое обозрение”. 1998. Январь. – Б. 78-84. Апрель. – Б. 62-73.
47
“Ekonomicheskoe obozrenie” jurnallari e’lon qildi
4
. Javob tariqasida S. Xantington
“Foreing Affairs Reader” jurnalining 1993 yil sentyabr-oktyabrda chiqqan sonida
“Tsivilizatsiyalar bo’lmasa, unda nima?” (ruschasi: “Esli ne tsivilizatsii, to chto”?) deb
nomlangan maqolasini e’lon qildi.
Ham birinchi, ham ikkinchi maqolalarga munosabat sifatida o’nlab mamlakatlarda
turli janrlardagi asarlar chiqishi davom etdi. Natijada S. Xantington 1996 yilda ushbu
nomdagi o’z kitobini chop etdi
5
. Afsuski, bu asardan maqbul fikrlar bilan bir qatorda
ayrim noto’g’ri g’oyalar ham o’rin olgan. Kitobning oxirgi jumlasini keltiraylik: “Etib
kelayotgan davrda tsivilizatsiyalar to’qnashuvi butun dunyo uchun eng katta xavf bo’lib
xizmat qiladi. Shuning uchun tsivilizatsiyalarga asoslangan umumdunyoviy tartib jahon
urushining oldini olish uchun eng ishonarli choradir”
6
. Etib kelayotgan davrni
(bizningcha, axborot davri nazarda tutilmoqda – F.M.) tsivilizatsiyalar to’qnashuvi davri
deb baholanishini ma’qullab bo’lmaydi. Kitob chop etilganidan keyin hozirgacha o’tgan
davr tsivilizatsiyalar to’qnashuvi achchiq qismat emasligini ko’rsatdi. Yaqin Sharq
inqirozi, Iroqda bo’lib o’tgan ikkita urush va Afg’onistonda toliblarning davlat
rahbarligidan chetlashtirilishi kabi voqealarni esa bunday to’qnashuvga nisbat berib
bo’lmaydi. Aynan shu voqealar AQShdagi ayrim harbiylarni, jumladan mamlakat
rahbariyatini hushyor torttirdi, buni ularning Eronga bostirib kirishga qaratilgan qat’iy
rejalaridan qaytganliklaridan ham bilsa bo’ladi. Bu o’rinda o’zaro muloqot va
tsivilizatsiyalar tengligiga asoslangan xalqaro tartib ustun keldi.
Lekin boshqa mamlakatlarni o’ziga teng ko’rmaslik, dunyo miqyosida etakchilikka
intilish ayrim mamlakatlarga qimmatga tushmoqda. Misol tariqasida 2001 yil 11
sentyabr kuni sodir bo’lgan fojiani keltirish mumkin. Ayrim mutaxassislar fikricha,
Umumjahon savdo markazi binolariga uyushtirilgan hujumni AQShning global
etakchiligiga qarshi harakat deb baholasa bo’ladi. Ushbu hujumni ijobiy kayfiyat bilan
qarshi olganlar soni kutilganidan ko’proq bo’lib chiqdi. Londonda chop etilayotgan
«New Left Review» nashrining bosh muharriri, taniqli yozuvchi va rejissyor Tariq Ali
bu haqda shunday deb yozadi: “Men so’ramoqchimanki, nega islom dunyosiga taalluqli
bo’lmagan anchagina kishilar ushbu voqeaga befarq qoldilar, nega ko’p odamlar Usama
ben Ladenning “Qudratli Allohning irodasi bilan Amerikaning eng muhim markazlariga
zarba berildi” degan dahshatli so’zlariga xursand bo’ldilar? Nikaraguaning poytaxti
Managuada odamlar sukut aro bir-birlari bilan quchoqlasha ketdilar. Braziliyaning ichki
hududlarida joylashgan Porto-Alegreda amerikalik qora tanli jaz musiqachi o’z
kontsertini “Ey xudo, Amerikani yorlaqagin!“ degan so’zlar bilan boshlamoqchi
bo’lganida, yoshlar bilan to’lib-toshgan kontsert zali g’azabdan “Usama! Usama!” deb
baqirishga tushdi. Kontsertni bekor qilishga to’g’ri keldi. Boliviya ko’chalarida ham
odamlar xursandliklarini namoyish etishdi. Argentinada harbiy xizmatga chaqirilgan
yoshlarning onalari davlat tomonidan uyushtirilgan motam marosimida qatnashishni
xohlamadilar. Gretsiya hukumati ommaviy so’rovlar natijasini e’lon qilishga ruxsat
bermadi, chunki bu so’rovlarda aholining asosiy qismi AQShga qaratilgan zarbalarni
qo’llab-quvvatladi, futbol ishqibozlari esa fojia munosabati bilan ikki daqiqa sukut
saqlashdan bosh tortishdi. “Nyu-Yorker” muxbiri pekinlik talabalardan intervyu
olganida, ular o’z xursandchiliklarini ochiqdan-ochiq izhor etdilar. Bunga hayron
qolgan jurnalistlarga talabalardan ayrimlari NATO samolyotlari Belgradda Xitoy
4
Қаранг: “Экономическое обозрение”. 1998. Апрель. – Б. 73-77.
5
Хантингтон С. Столкновение цивилизаций. – М.: АСТ: АСТ, Москва, 2006.
6
Ўша манба, – Б. 527.
48
elchixonasini bombardimon qilganini eslatishdi. G’arb ancha befarq ekanligini
namoyish etgan o’sha voqea oqibatida bor-yo’g’i olti nafar xitoylik o’lgan bo’lsa-da,
talabalar bu qurbonlar hayoti Nyu-Yorkda o’ldirilgan uch ming nafar amerikalik
hayotidan kam emasligini uqtirdilar.
Yuqorida keltirilgan munosabatlarni tilga olishimizdan maqsad 11 sentyabrda sodir
etilgan vahshiylikni oqlash emas, albatta. Bu faqat AQSh tomonidan ilgari surilayotgan
“ular bizni ko’rolmaydilar, ular bizning erkinliklarimiz va boyliklarimizga hasad bilan
qaraydilar” kabi engil-elpi dalil-isbotlardan voz kechib, masalaga jiddiyroq qarashga
intilishdir. Gap mutlaqo bunda (ko’rolmaslikda, hasadda) emas”
1
.
Xulosa sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Yuqorida aytib o’tilganidek,
axborotning globallashuvi uzoq tarixga ega: alifboning yaratilishi, kitob ixtirosi va h.k.
yangiliklar bu boradagi dastlabki qadamlar bo’ldi. Zamonaviy bosqichdagi axborot
globallashuvi radio kashf etilganidan keyin, XX asrning 30-40 yillarida boshlandi.
Ikkinchi jahon urushi yakun topib, dunyo mamlakatlarining katta qismi ikki xil
mafkuraga tarafkashlik qila boshlaganlaridan so’ng ular o’rtasidagi axborot raqobati avj
olib, axborot asrini keltirib chiqardi.
Globallashuvning ko’p ko’rinish va turlari mavjud. Ayrim mutaxassislar
amerikalik olim T. Levitt fikridan kelib chiqib, globallashuv jarayonlariga iqtisodiy
globallashuv asos solgan, deb hisoblashadi. Lekin bunday fikrga qo’shilish qiyin.
Bizningcha, globallashuvning barcha boshqa turlariga axborot globallashuvi debocha
bo’lgan va har doim madad berib turadi.
Globallashuv Internetda o’zining eng yuksak holatiga erishdi. Falsafa qonunlariga
muvofiq, maksimal globallashuv o’z nihoyasiga etib, degloballashuv (globallashuvdan
qaytish, uni barbod qilish) jarayonlarini boshlab berdi. Bugungi kunda, bir tomondan,
globallashuv davom etayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, degloballashuv tamoyili ham
asta-sekin kuchayib bormoqda.
Axborot globallashuvining eng yorqin ko’rinishi Internetdir. Mutlaq adad (tiraj)li,
har tomonlama universal, barcha xohlovchilar uchun ochiq axborot tizimi bo’lmish
Internetning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari borligiga qaramasdan, musbat jihatlari
ustunligiga shubha qismaslik kerak.
Kuchli axborot texnologiyalariga egalik hali dunyoga egalik qilish degani emas.
Chunki ma’rifatli dunyoda bunday texnologiyalardan tashqari odamlarning go’zal
hayoti uchun nihoyatda zarur bo’lgan madaniy boylik va ma’naviy qoniqish degan
mezonlar ham barqarordir. Insonlar kelajagini axborot texnologiyalari bilan bir qatorda
tamadduniy yutuqlar ham belgilab beradi. Bunday jihatlarga esa ko’proq madaniyati
qadimiy bo’lgan davlatlar sohibdirlar. Ular safiga, shak-shubhasiz, O’zbekiston ham
kiradi.
|