Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/73
Sana18.11.2023
Hajmi1,7 Mb.
#100951
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73
Bog'liq
F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

Qulayliklar yaratadigan, ruhiy qoniqish yoki moddiy farovonlik olib 
keladigan narsalar: musiqa anjomlari va plastik oynalar, kliplar va h.k. buyumlar 
globallashtiriladi 
Axborot globallashuvi ham bir qator xarakterli xususiyatlarga ega. Bularning 
asosiylari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: 
1. 
Barcha iste’molchilarga qiziqarli, ommaviy va foydali axborotni etkazish. 
2. 
Axborotni iste’molchining ona tilida etkazish
( “Amerika ovozi” ,
“Ozodlik” - “Ozod Evropa” va Bi-bi-si radiostantsiyalari o’zbek tilida eshittirishlar olib 
boradi va shu tildagi o’z saytlariga ega). 
3. 
Ma’lumotni sayyoramizning barcha joylariga tezkorlik bilan etkazish ( 
“global qishloq” kontseptsiyasi). 
1
Панарин И.Н. Информационная война и дипломатия. – М.: ОАО “Издательский дом “Городец” , 2004. – 445-б. 


36 
4. 
Ommaviy axborotni jurnalistikaning barcha turlari orqali: matbuot 
(“Interneshnl herald tribyun”, “Faynenshl tayms”), televidenie (Si-en-en, Bi-bi-si), 
radio (“Amerika ovozi”, “Mayak”) yoki Internet yordamida tarqatish.
5. 
Axborot olishning arzonligi: 500-1000 so’m (15-30 tsent)ga internet-kafeda 
katta hajmdagi ma’lumotlarni yozib olish mumkin. Keyingi o’n yil mobaynida axborot 
narxi yuzlab marotaba arzonlashdi. 
6. 
Auditoriyaning turli qatlamlariga aynan zarur bo’lgan, ixtisoslashtirilgan 
axborotni etkazish, ushbu qatlamlarni bevosita o’zlariga kerakli ma’lumotlar bilan 
ta’minlash. 
7. 
Axborot hech qanday chegara va bojxonalarni tan olmaydi, barcha 
mamlakatlar hududiga ruxsat so’ramasdan kirib boraveradi. 
Axborot bobida globallashuvni keltirib chiqarayotgan omillar sifatida quyidagilarni 
sanab o’tish mumkin: 
1. 
Dunyo bo’yicha kompyuter texnikasi, sun’iy yo’ldoshli antennalar va 
qo’ldagi telefonlar sonining ko’payishi, Internetga kirishning osonlashgani. 
2. 
Axborot olish imkoniyatlari tobora osonlashib borayotgani, ko’p hollarda 
axborot iste’molchining bevosita uyigacha etkazilishi. 
3. 
Sayyoramiz aholisi orasida dunyoviy tillarni egallaganlar soni ko’payib 
borishi, ko’pgina odamlar bir nechta dunyo tillarini o’rganganligi.
4. 
Televizion va kino obrazlari baynalmilal xarakterga ega bo’lib, tarjimaga 
muhtoj emasligi va h.k. 
XX asr oxiri – XXI asr boshi dunyoda demokratik jarayonlarning kuchayishi bilan 
nishonlandi. Shaxs va xalqlar huquqlarining obro’yi oshishi, bir tomondan, diktaturalar 
va o’ta markazlashgan davlatlar tarqalib ketishiga (Sovet Ittifoqi, Yugoslaviya), 
ikkinchi tomondan esa – ularning o’zaro manfaatli asosda birlashuviga (Evropa Ittifoqi, 
Shanxay Hamkorligi Tashkiloti) olib keldi.
Globallashuv jarayoni axborot va tovarlarning shu qadar keng ko’lamli va qudratli 
oqimidirki, u yo’lida uchragan to’siqlarni supirib tashlab, barcha xalqlar va 
mamlakatlarni o’z domiga tortishga qodirdir. Bugungi axborot davrida globallashuv 
dunyo xalqlari turmush tarzini belgilab beruvchi asosiy omilga aylandi. Uning mayllari 
ta’sirida hatto davlatlarning qonunlari va jamiyatlarning urf-odatlari o’zgarib bormoqda. 
Shu bilan bir qatorda globallashuv jarayonida uning faollari tomonidan boshqa 
mamlakatlarga etkazib turiladigan ma’lumotlar o’z-o’zidan o’sha davlatlar uchun tahdid 
sifatida namoyon bo’lishini ta’kidlash joizdir. Chunki bu jarayon peshqadamlari boshqa 
davlatlar xududida o’z axboroti, moliyasi, tovarlari va xarbiy qurollarini tarqatar 
ekanlar, ma’lum darajada ularning suverenligini poymol etadilar. 
Globallashuvning bosh xususiyatlaridan biri – uning uzluksiz ravishda kengayib
va chuqurlashib borishidir. Turli mamlakatlarda yashaydigan xalqlar va shaxslarning 
doimiy ravishda yangiliklardan xabardor bo’lishga, ularni o’z hayotlariga tatbiq etishga 
kuchli intilishlari globallashuvga asos bo’lib xizmat qiladi. O’z navbatida, har bir 
davlat, jamiyat va shaxs psixologik jihatdan axborotni qabul qilish uchun ochiq tizim 
ekanligi bunda bosh sabab vazifasini o’taydi. 
O’zbekiston uchun globallashuvning zamonaviy (va, aytish mumkinki, asosiy) 
bosqichi 1996 yil may oyidan boshlandi. O’sha paytda O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti devonining Axborot markazi tashabbusi bilan O’zPAK deb nomlangan milliy 
provayder tashkil etildi. O’zPAK O’zbekiston Axborot agentligi, gazeta va jurnallar 
tahririyatlarini, mamlakat radio va televideniesini Internet tarmog’iga ulab berdi. Davriy 


37 
bosma nashrlarning aksariyati “Internet” ruknini ochishdi va shu yo’l bilan respublika 
aholisining keng qatlamlarini ushbu dunyoviy tarmoq bilan tanishtira boshlashdi.

Download 1,7 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73




Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish