• 3-bob. AXBOROTNING GLOBALLASHUVI VA AXBORIY QARAMA-QARSHILIK. TAMADDUNLAR “TO’QNASHUVI” MUAMMOSI 1. Axborot globallashuvining mazmuni va xususiyatlari
  • Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/73
    Sana18.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #100951
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Seminar uchun savollar 
    1. XX asrning ikkinchi yarmida axborot texnologiyalarining rivojlanishi. 
    2. Axborotlashgan jamiyat nazariyalari. 
    3. Raqamli tengsizlikning mazmuni va xususiyatlari. 
    4. Axborot xavfsizligi masalasida turli mamlakatlar qabul qilgan hujjatlar. 
    3-bob. AXBOROTNING GLOBALLASHUVI VA AXBORIY 
    QARAMA-QARSHILIK. TAMADDUNLAR “TO’QNASHUVI” MUAMMOSI 
    1. Axborot globallashuvining mazmuni va xususiyatlari 
    “Globallashuv” so’zi lotincha “globus” (er shari)dan olingan. Globallashuv deb, 
    ma’lum bir g’oya yoki maxsulotning sayyoramiz bo’ylab tarqatilishiga aytiladi. 
    Aksariyat mutaxassislar nazdida, globallashuv iqtisodiy jarayonlardan boshlangan. 
    Bunga go’yo amerikalik olim Tomas Levitt 1983 yilda “Harvard biznes revyu” 
    jurnalida e’lon qilgan “Bozorlar globallashuvi” nomli maqola sabab bo’lgan. 
    Fikrimizcha, axborot globallashuvini davrlashtirishga bunday yondashuv uncha to’g’ri 
    kelmaydi.
    Aslida, bu jarayon qachon boshlangani haqida gap borar ekan, aniq bir muddatni 
    keltirish qiyin, albatta. Mazkur sohadagi globallashuv axborot tarqatishning texnik 
    imkoniyatlariga muvofiq rivojlanib kelgan. Hatto alifbo va qo’lyozmalar (varaqalar, 
    kitoblar) globallashuvning dastlabki ko’rinishlari o’laroq xizmat qildi desak, 
    adashmasak kerak. Ushbu masalaning keskin rivojlanishi sifatida bosma kitob, radio va 
    televideniening paydo bo’lishini aytishimiz mumkin. Balki, axborot globallashuvining 
    zamonaviy bosqichi XX asrning o’ttizinchi yillarida nemis radiosi boshqa 
    mamlakatlarga o’z eshittirishlarini uzatishga kirishganidan va 1942 yilda “Amerika 
    ovozi” radiostantsiyasi ochilganidan boshlangandir. 
    Axborotning globallashuvi sayyoramiz bo’ylab keng yoyilishi uchun “sovuq 
    urush” yaxshigina xizmat qilib berdi. Bunday urush davomida boshqa (sotsialistik, 
    kapitalistik, uchinchi dunyo) mamlakatlar aholisini zudlik bilan va keng ko’lamda 
    tegishli axborot bilan ta’minlab turish zaruriyati paydo bo’ldi. Mazkur raqobat natijasi 
    o’laroq keskin rivojlanib ketgan axborot etkazuvchi texnika globallashuvning nafaqat 
    axborot, shu bilan bir qatorda barcha boshqa turlari ham avj olishiga sababchi bo’ldi. 
    Binobarin, ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi axborotning keng 
    tarqalishi va globallashuvini keltirib chiqardi. Buning oqibatida esa globallashuvning 
    boshqa turlari vujudga keldi.
    Hozirgi bosqichda axboriy globallashuv qanday aniq asosga ega? XX asrning 70–
    80-yillarida televidenie global hodisaga aylanolmadi. Chunki o’sha davrdagi 
    teleko’rsatuvlar bir-biriga to’g’ri kelmaydigan to’rtta texnik tizimga asoslangan edi. 
    Rivojlangan dunyo televideniesi “PAL” rejimida ishlayotgan bo’lsa, sotsialistik 
    mamlakatlar televideniesi “SEKAM” tizimida faoliyat ko’rsatardi. Natijada bir texnik 
    tizimga muvofiq yaratilgan televizorlar boshqa tizim signallarini qabul qilolmasdi.
    Internetda esa bunday nomuvofiqlik bartaraf etildi. Bunga barcha Internetdan 
    foydalanuvchilar yagona texnik standart (protokol)lar asosida ishlashlari yordam berdi. 
    Albatta, Internet milliy sektorlarga bo’linadi. Lekin texnik jihatdan yagona tarmoq 
    bo’lgan bu faoliyat maydonida bir sektordan boshqasiga o’tish hech qanday qiyinchilik 
    tug’dirmaydi. 
    Ko’rib turganimizdek, globallashuv axborot shakliga asoslanib va undan boshlanib, 
    keyinchalik iqtisodiy va moliyaviy, so’ngra siyosiy va harbiy, bora-bora esa madaniy va 


    35 
    mafkuraviy sohalarga ham o’tib ketdi. Demak, bugungi kunda axborot globallashuvi bu 
    jarayonning barcha qolgan turlari uchun yaxlit asos, matematiklar tili bilan aytganda
    umumiy maxraj bo’lib xizmat qilmoqda.
    Axborotning texnik usullar yordamida tarqatilishini mafkuraga nisbatan ikkinchi 
    darajali ish deb hisoblash soddalik bo’lar edi, lekin, afsuski, bunday fikrlash tez-tez 
    uchrab turadi. Ushbu masalada biz rossiyalik I.N. Panarinning fikrini to’g’riroq deb 
    hisoblaymiz. Olim shunday deb yozadi: “Internetning global tarmoqlari rivojlanishi 
    axborot asri boshlanishining eng xarakterli misollaridan biridir. AQSh va Xitoyning 
    geosiyosiy yutuqlari ularning xarbiy va iqtisodiy kuch-qudratidan ko’ra eng avvalo 
    axborot sohasidagi qudrati bilan va dunyoda sodir bo’layotgan asosiy axboriy, madaniy 
    hamda IJODIY jarayonlar ustidan nazorat o’rnatganliklari bilan belgilanadi”
    1

    Muallifning yozishicha, axborot ta’siri har bir jamiyatda boshqa jarayonlarni belgilab 
    beradi. Bunday fikrga qo’shilmasdan ilojimiz yo’q. 
    Globallashuv qonuniyatlarini o’zimiz tushunganimizcha keltirishga harakat 
    qilamiz. 
    1. 
    Faqat hammaga kerak bo’lgan, ya’ni universal kontseptsiyalar, g’oyalar 
    yoki tovarlar globallashadi. Masalan, achchiq qalampirning sayyoramiz bo’ylab 
    tarqalishi er sharining o’rta kengliklarga kelib sekinlashadi va shimoliy kengliklarda 
    deyarli butunlay to’xtab qoladi, chunki bu erda yashovchi xalqlar uni unchalik xush 
    ko’rishmaydi. Jinsi shimlar kiyish esa butun er yuzi aholisi uchun urf bo’lgan. 
    2. 
    Globallashuv davomida, albatta, mamlakatlarning tsivilizatsion o’ziga xos 
    xususiyatlari emas, balki ushbu jarayonda faol mavqeni egallab turgan davlatlar uchun 
    foydali bo’lgan, masalan, g’arbiy demokratiya printsiplari singari g’oyalar keng 
    tarqatiladi. 
    3. 
    Globallashtirish tashabbuskorlari uchun ham, uning natijalarini qabul 
    qilayotgan davlatlar uchun ham xavfsiz bo’lgan g’oya yoki buyumlar (masalan, 
    kompyuterlar, lekin atom bombalari emas) globallashishi mumkin. Ayrim diniy 
    aqidalardan kelib chiquvchi shubhali g’oyalar yoki ma’lum bir xalqlar yaxshi ko’rgani 
    holda, boshqa xalqlar xushlamaydigan tadbirlar (masalan, ispaniyaliklarning korridasi) 
    globallashmaydi. 
    4. 
    Faqat ilg’or turmush tarzi va hayotiy normalar, masalan, tenglik va 
    demokratiya g’oyalari, gigiena qoidalari va h.k. globallashadi. 
    5. 

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish