• To’rtinchidan
  • Oltinchidan
  • Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/73
    Sana18.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #100951
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Birinchidan, axborot tarqatilishining sanoqli soniyada er kurrasining har qanday 
    nuqtasiga borib etadigan darajadagi favqulodda tezligi (shunga yarasha operativlik 
    ham). Ikkinchidan, auditoriyaning yoppasiga qamrab olinishi, zarur bo’lganda, 
    axborotni butun er yuzi aholisiga uzatish mumkinligi. Uchinchidan, tanlab ta’sir 
    ko’rsatish imkoniyatining yuksakligi, o’z navbatida, bu aniq nuqtalarni nishonga olib 
    ta’sir ko’rsatish, ma’lumotlarni muayyan ijtimoiy qatlamlarga aniq moslab etkazish 
    imkonini beradi. To’rtinchidan, bunday axborotni boshqarish osonligi. Beshinchidan
    axborot qurolining arzonligi (uni atom quroli bilan taqqoslab ko’rsa bo’ladi, garchi biz 
    uchun mafkuraviy poligonlar yadro poligonlaridan ko’ra muhimroq bo’lsa ham). 
    Oltinchidan, axborotning zanjirli reaktsiya printsipida bir kishidan ikkinchi kishiga 
    o’tib, o’z ta’sir doirasini tez kengaytirib borishi. Ettinchidan, axborot quroli bekitilgan 
    holda bo’lib, uni bilib olish oson emasligi. Va h.k. 
    Printsip jihatidan axborot qurolining sifatini aniqlash u qadar qiyin emas, faqat 
    bilish kerakki, bu erda hamma narsa avra-astari ag’darilgan holda bo’ladi. Uning barcha 
    sifatlari haqiqatan ham soxta va aniq teskarisi bo’lib ko’rinadi, ya’ni yolg’ondakam 
    xolislik, ishonchlilik, haqiqiylik, xalqchillik, adolat va boshqa xususiyatlar ishlatiladi. 
    Ayni bir paytda axborot quroli dolzarb voqealarga e’tiborni qaratish, teskari natijaga 
    erishish, bayonotlarning demagoglarcha shiorbozlik xarakteri kabi ob’ektiv ravishda 
    mavjud sifatlarga ham ega bo’ladi. 
    Bugungi kunda neyrolingvistik dasturlash (NLD) axborot-psixologik ta’sir 
    ko’rsatishning eng samarali vositasi deb tan olingan. Bu sohaning etakchi 
    mutaxassislaridan bo’lgan Piter Yang shunday yozadi: “NLD 70-yillarda paydo bo’lgan 
    paytdan beri odamlar voqelikni qanday qabul qilishlari va qanday o’zgarishlari haqida 
    nihoyatda katta bilim hajmiga ega bo’lish hisobiga o’z sohasini ancha kengaytirdi”
    1

    Georgiy Pocheptsov “NLD psixoanalizni qat’iy belgilab berilgan kommunikativ 
    asoslarga qo’yib, kommunikatsiya nazariyasi bilan psixoterapiyaning sinteziga o’xshab 
    qoldi”
    2
    , degan fikrda. 
    Aslida, neyrolingvistik dasturlash auditoriya tafakkurini axborot etkazuvchiga 
    qanday foydali bo’lsa, shunday o’zanga solib yuborishni anglatadi. Avvaliga maqsad 
    hamda vazifalar belgilanadi, so’ngra ta’sir ko’rsatish strategiyasi ishlab chiqiladi, ta’sir 
    o’tkazishning kerakli va qulay uslublari tanlanadi. Nihoyat, aholiga axborot vositasida 
    ishlov berish operatsiyasining o’zi o’tkaziladi. Amaliyot ko’rsatdiki, bularning hammasi 
    to’g’ri bajarilsa, auditoriya bunday ustalikka hech narsani qarshi qo’ya bilmas va 
    buyurtmachi rejalashtirgan barcha ishni itoatkorona bajarar ekan. 
    Bu neyrolingvistik dasturlash – xavfli qurol, degan xulosaga kelishimizga asos 
    beradi. Uning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish uchun kamida ikki shartni bajarish 
    darkor: birinchidan, uning qo’llanilishini zarur bo’lgan sohalar bilan chegaralash; 
    ikkinchidan, insoniy o’lchovlar undan foydalanishning bosh mezoni bo’lishi, ya’ni 
    uning insonlarga amaliy foyda keltirishi. Bu g’oyat dolzarb talab ekanligiga kuyida 
    masalaning ikkinchi yarmi haqida keladigan bayonni o’qib ishonch hosil qilish mumkin 
    bo’ladi.
    Gap shundaki, ishontirish, yolg’on xabar tarqatish, manipulyatsiya, shantaj qilish 
    axborot quroli yordamida ta’sir ko’rsatishning asosiy uslublari hisoblanadi. Ko’rib 
    1
    Янг П. НЛП. Эффективные методики влияния. Ингл. тилидан С.Степанов таржимаси. – М.: ЭКСМО, 2007. – Б. 
    14. 
    2
    Почепцов Г.Г. Теория коммуникации. – М.: “Рефл бук”, К.: “Ваклер”, 2003. – 74-б. 


    57 
    turganimizdek, ularning barchasi mazmunan salbiy, shaklan ig’vogaronadir. 
    Yolg’onchi targ’ibotning konkret usullari haqida gapiriladigan bo’lsa, ular etarli 
    darajada ko’p bo’lib, ayrimlarigagina tavsif berib o’tamiz
    3


    Download 1,7 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish